Ma`deniyat taniw uzb
– MAVZU QADIMGI DAVR MADANIYATI
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
madaniyatshunoslik asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qora mamlakat
7 – MAVZU
QADIMGI DAVR MADANIYATI MISR MADANIYATI Ilk tsivilizatsiya Osiyo va Afrikaning quruq tropik hududlaridagi daryo bo`ylarida paydo bo`lgan. Bulardan eng qadimiysi sifatida qadimgi Misr tsivilizatsiyasi e`tirof etilgan. Dastlabki Misr davlati qirqta shahar davlatdan iborat bo`lgan edi. Taxminan mil.ol. III ming yillikda yagona davlat tashkil topdi. Mil.ol. XVI-XV asrlarda qadimgi Misr g`aroyib ravishda gulab-yashnadi. Xozirgi Turkiyadan Efiopiyagacha bo`lgan katta hududni o`z ichiga oldi. Ammo qo`shni davlatlar bilan doimiy ravishda yuz berib turgan doimiy urushlar Misr davlatini tanazzulga olib keldi. Milodgacha V1 asrda Misr Eronga, IV asrda esa Aleksandr Makedonskiyga o`lja bo`lib qoldi. Mil. ol. I asrda esa Misr Rimning bir viloyatiga aylanib qoldi. Rim imperiyasi qulagandan keyin mil. VI asr oxirlarida Misr Vizantiya davlati tarkibiga kirdi. VII asrdan so`ng Misrda arablar hukmron bo`ldi va masihiylik o`rniga islom yoyildi. Bu paytda endi islomiy madaniyat kuchaya bordi. IX asrda Arab xalifaligi qulagach, mamlakat yana mustaqillikni qo`lga kiritdi. XII-XIII asrlarda Misr salib yurishlarini boshdan kechirdi. XVI asrda turk armiyasining hujumlari Misr davlatini qulatdi. XIX asr oxiridan esa Usmonli imperiyasi tarkibiga kirdi. 1922 yili Misr yana mustaqillikni qo`lga kiritdi. Misr hududida insoniyatning ilk hayoti izlari mil.ol. o`ninchi ming yilliklarga oiddir. Mil. ol.oltinchi - beshinchi ming yilliklarda inson o`troq yashagani kuzatiladi. Tadqiqotchilarning radiouglerod usuli bilan aniqlashlaricha, Fayum vodiysida don saqlaydigan chuqurliklar bo`lib, miloddan oldingi 4600-4300 yillarga oid ekan. Odamlar bu vodiyda cho`chqa, qoramol, qo`y va echki boqqanlar, bug`doy va arpa ekkanlar. Taxminan mil. ol. 3100 yillarda ikkita yirik shohlik – Quyi Misr (Nil daryosi del`tasida) va Yuqori Misr (Nil del`tasidan Elfantingacha bo`lgan joylar) paydo bo`ldi. Inson bu erda ilk bor yozuvni yaratdi, inshootlarni, shaharlarni barpo qildi, dehqonchilikni rivojlantirdi, davlat barqaror bo`la boshladi. Misrliklar mukammal kalendarni ishlab chikdilar. Ularning kalendari bo`yicha, yil 365 kundan iborat edi. Misrda kalendarning joriy qilingani astronomiyaning rivojlanganidan dalolat beradi. Misrliklarning aytishlaricha, mamlakatning shakliy tuzilishi ma`lum fazoviy qonuniyatlarga asoslangan ekan, qachonlardir xudolar fazoni yaratganlarida, birinchi bo`lib Misrni, keyin olamdagi boshqa mamlakatlarni barpo qilgan ekan. Odamlarning hayoti ko`p jihatdan Nilga bog`liq edi. Shuning uchun jamiyat hayoti izchil yo`lga qo`yildi, suv omborlari va kanallari rejalashtirilgan holda qurildi, yaxshi saqlandi. er taqsimlanishi, suvga egalik huquqi qat`iy boshqaruv asosida olib borildi. Fir`avnning ayonlari yuqori hosil olish uchun zurur ishlarni bajarardilar. Misrliklar qadimda o`zlarining mamlakatini «qizil va qora» deb aytganlar. Nil daryosi suvi bilan sug`orilgan viloyatlardan hosil mo`l olinardi, shuning uchun Qora mamlakat deb nom olgan edi. Bu davrlarda yomg`ir kam yog`ardi. Odamlar faqat Nilga umid bog`lardilar. Ayniqsa, Nil del`tasining botqoq joylarida papirus va nilufar gullar ko`p o`sgan. Mana shu papirus va gullar Misr arxitekturasining shakliy tomoniga katta ta`sir etdi. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling