Ma`deniyat taniw uzb
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
madaniyatshunoslik asoslari
Fetishizm (fr. fetichisme-sehrgarlik) ibtidoiy diniy shakllarga asoslardan biri bo`lib, alohida
2 Б.Д.Греков, А.Ю.Якубовский. Олтин ўрда ва унинг қулаши. Тошкент, 1956, 138–бет 47 buyumlarda magik kuch bor, deb qarashdan paydo bo`lgan. Magik kuch voqealarning borishiga ta`sir ko`rsatib, kutilgan natijalarga erishtirdi. Fetishizm butlar yaratish - yog`ochlardan, loy va boshqa qattiq materiallardan tumor yasash jarayonida paydo bo`ldi. Bunday buyumlarni ko`pincha afsungar shomonlar ishlatganlar va bular orqali sehr - jodu qilganlar. Umuman, shomonlik ruhga topinish ko`rinishlaridan bo`lib, bu diniy oqimning maqsadi shuki, ruhlarning ko`rinmas olami bilan insonni aloqaga kiritadi, insonlar ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishi uchun ruhlardan madad oladi. Shomonlikning ilk ko`rinishi mil. av. V asrdan boshlab Yunonistonda amal qila boshlagan. Bugungi kunda Markaziy va Shimoliy Osiyoda, Koreya, Yaponiya, Indoneziya, Tibet, Shimoliy va Janubiy Amerika hamda boshqa joylarda amal qiladi. * * * Mifologiya xalq og`zaki ijodining kelib chiqishida ham ilk bosqichdir. Xalq og`zaki ijodi insoniyatning madaniy taraqqiyotida muhim voqeadir. Ilk xalq og`zaki ijodi namunalari ma`lum bir xalqning ilk badiiy tafakkuri, yashash tarzi, orzu - umidlari, dunyoqarashini o`zida mujassamlantiradi. Eng qadimgi xalq og`zaki ijodining namunalari sifatida shumerlarning “Gilgamish“ dostonini ko`rsatish mumkin. Shumerlar miloddan oldingi to`rtinchi ming yillikda Mesopotamiyada yashaganlar. “Gilgamish“ dostoni sopol lavhalarga mixxatlar bilan yozib qoldirilgan. Doston Gilgamishni va u hukmdorlik qilayotgan Uruk shahrini madhiya qilish bilan boshlanadi. Gilgamish singari kuchli odam hali er yuzida yo`q edi, shuning uchun u odamlarga zulm o`tkazaveradi. Odamlar xudolarga iltijo qiladilar. Xudolar er yuziga buyuk ayol «xudo» Aruruni yuboradilar. Aruru loydan Enkidani yaratadi. U insondan ko`ra, hayvon (arslon) qiyofasiga va qudratiga ega edi. Rejaga ko`ra, Enkida Gilgamishni mag`lub qilishi, bu kurashda unga hayvonlar yordam berishlari kerak edi. Ammo Enkida fohisha ayolning makriga uchadi va hayvonlar undan qochib ketadilar. Fohisha ayol Enkidaga insonlarday ovqat eyishni, ichimlik ichishni va kiyinishni o`rgatadi. Enkida shundan keyin Gilgamish bilan do`stlashib birgalikda er yuziga yovuzlik urug`ini tarqatayotgan kedr o`rmonining hukmdori Xuvavni o`ldiradilar. Shundan keyin osmon «xudosi» Anudan samoviy ho`kizni yuborishni so`raydi. Samoviy ho`kiz Gilgamishni o`ldirishi kerak edi. Enkida bilan Gilgamish bu samoviy maxluqni ham o`ldiradilar. Xalq ikkala qahramonni madh qiladi. Xuvavni va samoviy ho`kizni o`ldirganlari uchun «xudolar» Enkidani xastalikka yo`liqtiradilar. Enkida o`n ikki kun kasal bo`lib, o`n uchinchi kuni Gilgamishning ko`z oldida olamdan o`tadi. Gilgamish ham o`lim muqarrar ekanini, abadiy hayot yo`qligini tushunib etadi. Oxiri, Shuruppakning hokimi, solih odam Utnapishtimning maslahati bilan abadiy hayot ato etadigan gul-giyohni dengiz tubidan olib chiqadi. Gilgamish cho`milayotganda, ilon o`sha giyoh o`tni o`g`irlab ketadi. Telba holatga tushib qolgan Gilgamish Urukka qaytib keladi va u erdan boshpana izlaydi, shu erda vafot etadi. Shumerlar qishloq xo`jaligi, matematika, tibbiyot, pedagogika fanlariga oid yodgorliklar yaratganlar. Bu fanlarga oid parchalar orasida xalq maqollari, hikmatli so`zlari ham bor. Bular shumer xalqining sharqona donoligidan, ijodkorligidan dalolat beradi: “Agar mamlakat yaxshi qurollanmagan bo`lsa, dushman hech qachon darvoza oldidan ketmaydi“, “Yovvoyi ho`kizdan qochib, yovvoyi sigirga duch keldi“. Olti–etti ming yillar ilgari yaratilgan bu hikmatlarga hamohang o`gitlarni bugun ham o`zbek xalqida uchratish mumkin. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling