Ma`deniyat taniw uzb
Mum surtilgan taxtachalar
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
madaniyatshunoslik asoslari
Mum surtilgan taxtachalar. Yozuv uchun taxtachalar yog`ochdan va fil suyagidan
tayorlanib, mum surtilardi. Bu taxtachalardan ossuriylar, yunonlar va rimliklar foydalanganlar. Ba`zan xalqalar bilan ikkita taxtacha birlashtirilgan. Uchi o`tkirlangan tayoqchadan yozuv quroli sifatida foydalanilgan. Papirus. Misrliklar piramidalar qurilishi davrlariga qadar qamishdan papirus tayyorlashni o`rganib olgan edilar. Qamishlar Nil daryosi bo`ylaridagi botqoqliklarda o`sib yotardi. Yo`g`on nam qamish poyalarni qator qilib terib, yupqa varaq bo`lguncha yog`och to`qmoq bilan uraverganlar. Varaqlarni quritganlaridan keyin yozish mumkin bo`lgan. Papirus qimmatbaho hisoblangan, undagi yozuvni yuvib yoki artib tashlab, yana o`rniga yozish mumkin bo`lgan. Papirus o`rama kitoblar yaratishga turtki bo`ldi. Misrliklar bizgacha qoldirgan mana shunday o`rama kitoblar qissalar, hisob–kitob yozuvlari, murakkab matematik masalalar, marhumlarga atalgan marsiyalar, lirik she`rlar, astronomik kuzatuvlar, ertaklar, tabobatga oid asarlardan iborat. Misrda eng qadimiy kutubxona miloddan oldingi 1300 yilda poytaxt shahar Fivning yaqinida bunyod etilgan. Kutobxona Ramses 11 ga qarashli bo`lgan. Kutobxona peshtoqiga: “Qalb darmonxonasi” deb yozib qo`yilgan. Ehromlarda saqlanadigan bu kitoblarga kohinlar boshchilik qilgan. Aksariyat kutubxonalar ta`lim maskani bo`lgan. Papiruslar fan sohalari bo`yicha o`ralgan. Bir o`ramda jarrohlikka oid 48 hodisa qayd etilgan. Misrliklar qamish cho`p bilan yozganlar. Siyohni o`simlik moyida yoki daraxt shirasida 52 eritilgan qurumdan tayyorlaganlar. Papirus - balandligi to`rt metrdan ortiq bo`lgan qamishdir. Papiruszorlar Nil daryosi qirg`oqlarini qoplab olgan, Isroildagi Iordan daryosi qirg`oqlarida ham uchrab turgan. Teri. Qo`y, echki, buzoq va kiyiklarning terisini quritib, qirtishlab, tozalaganlar. Keyin tarang qilib tortib, yozuv uchun yuzasi tekis bo`lsin, deb yog`och to`qmoq bilan urganlar. Pergament deb atalgan material shunday tayyorlangan. Qamishning bir tomonini o`tkirlab, tekis yozadigan qurolni yasaganlar. Qog`oz. Kitob san`atida qog`oz keng tarqaldi. Xitoyda ilk bor qog`ozdan foydalanilgan. Yunonistonda dastlabki kitoblar ko`chirilganda, bizning hozirgi odatdagi kitoblarimiz hali kashf qilinmagan edi. Odamlar o`rama qog`ozlarga yozganlar. O`rama qog`ozlarni papirus, pergament varaqlaridan yoki yupqa misdan qilganlar. Varaqlar elimlab yoki tikilib birlashtirilgan. Natijada eni o`ttiz santimetr, uzunligi o`n metrgacha bo`lgan lenta hosil bo`lgan. Lentaning ikkala oxirgi tomoni cho`pga o`rab mahkamlangan. O`quvchi bir qo`li bilan cho`pga o`ralgan o`rama qog`ozni ochib, o`qib bo`lgan qismlarini ikkinchi qo`li bilan narigi tomondagi cho`pga o`rayvergan. O`rama qog`ozni o`rab bo`lganlaridan keyin, uni latta matoga o`rab, xum idishlarga solib saqlaganlar. O`rama qog`ozlarni bir joydan ikkinchi joyga olib yurish noqulay edi: uzun o`rama qog`ozdan biror kichkina parchani topish uchun ko`p vaqt talab qilinardi. Milodiy II asrda Yunonistonda Yangi Ahd bir kitobga jamlangani ma`lum. O`rama qog`ozdan birinchi bo`lib shu paytda balki yunonlar voz kechgan bo`lishlarii mumkin. O`rama qog`ozlar o`rniga bitta daftarga bir necha papirus yoki pergament varaqlarini birlashtirish ularning xayoliga kelib qoldi. Varaqlarni buklab, taxlangan holda tikdilar. Keyin esa daftar orqasiga shunga o`xshash daftarlarni qo`shib boraverdilar. Kitobning bunday ilk shakli “kodeks” deb yuritiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling