Ma`deniyat taniw uzb


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/98
Sana15.02.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1199760
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   98
Bog'liq
madaniyatshunoslik asoslari

Konfutsiylik ijtimoiy munosabatlar bilan bog`liq. Konfutsiyning (mil.ol. 551–479) bu 
ta`limoti g`ayritabiiylikka aslo aloqador emas. Shuning uchun konfutsiylikni dunyoviy ta`limot deb 
ataydilar. Konfutsiy oila - qarindoshlik aloqalarini ham davlat, ham diniy nuqtai nazardan talqin 
qildi. “Davlat - bitta oila, hukmdor, ya`ni Osmon o`g`li bir paytning o`zida xalqning otasi va 
onasidir”, deb baho bergan edi.
Daosizm qadimgi miflar, xalq inonch - e`tiqodlari, kul`tlarga asoslangan edi. Dao - “yo`l” 
degan ma`noni bildirib, uning asoschisi lao Tszidir. U Konfutsiyning zamondoshi bo`lgan edi. 
Umuman, Xitoy madaniyati tarixi dunyo madaniyati tarixida muhim rol o`ynadi. 
 
Hindiston madaniyati 
Hindiston qadimgi tsivilizatsiya o`lkalaridan biridir. Qadimgi Hindiston olamga 
“Moxobxorot”, “Ramayana” kabi epik asarlarni, Kalidasa kabi buyuk ijodkorni, “Panchatatra”ni 
bergan. Qadimgi Hindiston matematika, astronomiya, tibbiyot sohasida katta muvaffaqiyatlarga 
erishdi. Hozirgi arifmetikaga asos bo`lgan son tushunchasini ham hindlar yaratgan. 
Hindiston mamlakati va madaniyati tarixi quyidagi bosqichlarga bo`linadi: 

Xoropp tsivilizatsiyasi, 

Veda davri, 

Maur davri, 

Guptlar davri, 

Boburiylar imperiyasi, 

Zamonaviy tarix. 
Xoropp madaniyati mil.ol. 3200– 1300 yillar oralig`ida yashagan. Xoropp madaniyati 
Mesopotamiya va Misrdan keyin uchinchi o`rinda turadi. Xoropp madaniyatining eng muhim 
tomonlaridan biri erga borona bilan ishlov berishning yo`lga qo`yilgani va yozuvning yaratilganidir. 
Xoropp madaniyatining eng qadimgi markazlari Moxenjo Doro va Xoropp shaharlaridir. Bu va 
boshqa shaharlardan topilgan arxeologik yodgorliklar bronza davriga oiddir. Xoropp madaniyatida 
inson evropa irqiga mansub bo`lgan. 
Shaharsozlik madaniyati ham bugungi arxitektura talablariga javob beradi. Maxenjo Doro va 
Xoropp shaharlari bir xil reja asosida qurilgan va keyingi davrlarda ham o`zgartirilmagan. Asosiy 
ko`chalar to`g`ri to`rt burchak hosil qilib kesishgan va kvartallar hosil qilingan. Bu shaharlarda suv 
tarmoqlari va kanalizatsiya barpo qilingan. 2–3 qavatli uylar qurilgan. 
Topilgan yozuv namunalari 400 piktogramma (rasmli yozuv)dan va bo`g`inli belgilardan 
iborat. Arxeologlar topgan chizg`ichda o`nlik bo`luv sistemasi qo`llangan. Tarix yana g`or 
suratlarini, ov sahnasi tavsirini ham saqlagan. 
Veda davri ikkinchi ming yillikning o`rtasi va birinchi ming yillikning o`rtasiga aloqador 
bo`lib, boshqa mamlakatlardan Hindistonga kelgan xalqlarning madaniyati bilan bog`liq. Ariylar 
deb atalgan bu xalqlar chorvachilik bilan shug`ullanganlar. Ammo ularning kelib chiqishi 
hanuzgacha ma`lum emas. Ularning tili hind-evropa tillaridan biri sanskritning qadimgi shakliga 
mansub. 
Miloddan oldingi XV asrda ariylar Shimoliy Hindistonga bostirib kirdilar va bu erning tub 
aholisi dravidlarni janubga quvdilar. Hindiston aholisning tili asli dravid tilidir. Hind tillari 
guruhiga kiruvchi tillarning to`rtdan uch qismi ariylarning sanskrit tiliga qarindoshdir. 


60 
Ariy qavmlari Hindistonga kelganlaridan (ba`zi olimlar O`rta Osiyodan, ba`zilari Janubiy 
Rus cho`llaridan kelgan deydilar) keyin madaniy taraqqiyotda keskin o`zgarishlar bo`ldi. Vedalar 
ayni shu davrda yaratilgani uchun Hindiston tarixida veda davri deb yuritiladi. Vedalarda garchi bir 
o`rinda 3399 xudo borligi aytilsa ham, 33 xudo to`g`risida so`z yuritiladi. Xudolar zaminiy

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling