Ma`deniyat taniw uzb
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
madaniyatshunoslik asoslari
74 9 – MAVZU TEXNOGEN VA ZAMONAVIY MADANIYAT (XVI-XX ASRLAR) Zamonaviy madaniyatni ayrim mutaxassislar texnika, elektron yoki axborot madaniyati deb ataydilar. Bunday munosabat xozirgi madaniyatda fan va texnikaning o`rni muximligini ko`rsatadi. Zamonaviy fan qadimgi yoki o`rta asrlardagi fandan tubdan farq qiladi. Ilgarilari fan dunyoni qanday bo`lsa shu holida, unga dahil qilmay o`rganar edi. Hozirgi fan bilish, yaratish, ihtiro qilish, loyiha tuzish kabi jarayonlarni o`zida mujassamlashtiradi va inson aql-zakovati yordamida hal bo`ladigan muammolarga e`tiborni jalb etadi. Bugungi kunda ilmiy haqiqatni ochish bilan birga insonning ehtiyoj va manfaatlariga mos keladigan imkoniyatlarni topish fanda ustuvor bo`lmoqda. Fan va madaniyatdagi yangi yo`nalish shakllanishining boshlanishi G`arbda Uyg`onish davri (XIV-XVI asrlar) bilan bog`liq. Uyg`onish davri evropa madaniyati taraqqiyotida muxim davr bo`lib, mutlaqo yangi madaniyat bosqichini boshlab berdi. Shaxarlarning ko`payishi, evropada ichki va tashqi savdoning vujudga kelishi, xunarmandchilikning rivojlanishi evropa madaniyatida yangi yo`nalishlarning paydo bo`lishiga olib keldi. Qisqa vaqt ichida moddiy madaniyat va texnologiyalar o`zgarib, ko`plab muxim ilmiy kashfiyotlar qilindi. Buyuk geografik kashfiyotlar dunyoning diniy manzarasini o`zgartirdi, aqliy va iqtisodiy xududni kengaytirib jahon savdosini vujudga kelishiga sabab bo`ldi. Antik davr merosini o`rganish yangi falsafiy yo`nalishlar paydo bo`lishiga turtki bo`lib inson va tabiatning o`zaro munosabatlarida mutlaqo o`zgacha andoza va mezonlar shakllandi. Yangi davr – fan, texnika taraqqiyoti nafaqat dunyoni, odamlarni fikr tarzini ham o`zgartiradi. Jamiyatda «gumanizm» deb nomlanuvchi yangi g`oya shakllandi. Bu nom inson xaqidagi yangi dunyoviy fandan kelib chiqqan bo`lib, ilgarigi «iloxiyat xaqidagi fanni» asta-sekin siqib chiqardi. Insonparvarlik g`oyasi quyidagi xususiyatlarga ega: 1. Tabiat qonunlarini - «tabiiy-muvofiq» tamoyili asosida g`ayri tabiiy kuchlarni qo`shmasdan tushuntirishga asoslanish; 2. Insonni hayot markazi qilib olish (antropotsentrizm) - insonga mavjudot deb emas, tabiatning gul toji sifatida qarash; 3. Aqliy tafakkur (ratsionalizm) - inson idrok va zakovat orqali atrof muxitni, o`z-o`zini biladi deb xisoblash; Insonparvarlik g`oyalarining rivojlanishi dunyo va insonning diniy kontseptsiyasi buzilishiga va XVIII asrda inson shaxsining o`zini qadrlash xaqidagi ta`limot paydo bo`lishiga olib keldi. Gumanistlar o`z ta`limotining ishonch mezoni deb emprik-tajriba va ratsionallikni xisobladi. Bu xulosa ularni cherkovni Reformatsiya qilish (M. Lyuter, J. Kal`vin), utopik sotsializm (T. Mor, T. Kampanella) va ijtimoiy pragmatizm (N. Makkiavelli) kabi g`oyalarni nazariy asoslashga olib keldi. Uyg`onish davri gumanistlari dunyo va inson paydo bo`lishidagi iloxiy g`oyalarni butunlay inkor qilmadi, balki olam doimiy va qat`iy qonunlarga muvofiq ravishda bunyodga kelishini tasdiqladilar. Idrok insonga bu qonunlarni tushunib o`z jamiyatini tuzishda qo`llashi uchun berilgan. Shu hayotda baxt-saodat qaror topsa oxirat ham obod bo`lishi mumkin deb takidladilar. Ular nazarida inson tabiat qonunlariga mos ravishda rivojlanuvchi aqlli mavjudot xisoblanib, nafaqat moddiy dunyo markazida turadi, u shuningdek, badiiy ijod va rang tasvirining ob`ekti hamdir. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling