Ma`deniyat taniw uzb


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/98
Sana15.02.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1199760
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   98
Bog'liq
madaniyatshunoslik asoslari

Ommaviy madaniyatning qiyofasi quyidagicha: 
1. U millati, yoshi, joyi, ijtimoiy xususiyatlarga bog`liq bo`lmagan ommaviy 
iste`molchilarga ega bo`ladi; 
2. Bu madaniyat namunalarini yaratish jarayonining o`zi ommaviy xususiyat kasb etib, 
industriyaning maxsus ko`rinishini o`zida namoyon qiladi, ya`ni unda yuz minglab kishilar band 


78 
bo`lib, ularning «matbuot qiroli», - shou tomoshabinlari, kino, TV, estrada yulduzlari bo`ladi. 
Ommaviy madaniyat kishilarni xayotni befarq kuzatuvchi tomoshabinga aylantiradi, o`zlari 
ham mavjud xayotni go`yo sarob kabi tasavvur qiladilar. 
Ortega Gasset ommaviy madaniyatning ta`sir doirasini taxlil etib, omma o`ziga, shaxsga 
o`xshamay qolishi, kimki boshqalarga o`xshamasa, shulardek fikrlamasa taxlikada qolishini aytib, 
«Omma bu yo`riq-yo`nalishsiz oqim bilan suzayotgan odamlar. Shuning uchun ular qobiliyat 
imkoniyatlari katta bo`lishiga qaramay, xech narsa yaratmaydi. Ommaviy odam axloqdan maxrum, 
chunki uning moxiyati, ongi burchiga itoat qiladi», degan edi. 
Ommaviy madaniyat umumiy iste`molchilik extiyoji bilan bog`liq. Buning asosida iste`mol 
talab, tovar sifatida xaridorgir bo`lish extiyoji yotadi. Oqibatda xozirgi zamon madaniyatidagi 
ma`naviy qadriyatlar tor doiradagi extiyojlarni qondirish vositasiga aylanadi. Madaniyatning chuqur 
ma`no-moxiyati, xotira cheksizligi “kundalik”, “hammabop” himmatlar bilan ijod avvaldan 
ma`lum, mavjud namuna asosidagi «asarlar» yaratish va ishlab chiqarish (kinoseriallar, sayoz TV 
va adabiy asarlar) bilan almashinadi. Shaxs o`zining ijodiy qobiliyati, milliyatidan ayrilib, tayyor 
«madaniy maxsulotlar» iste`molchisiga aylanib qoladi. 
Bugungi globallashuv jarayoni iqtisodiy-texnik taraqqiyot, boshqarish tizimi, siyosiy-
xuquqiy munosabatlar, turmush tarzigagina daxldor xodisa emas. Bu zamonaviy texnologiya 
uskunalarga asoslangan kuch, guruxlar manfaati nazaridan xilma-xil vositalar yordamida boshqa 
xalq va mamlakatlarga ma`naviy-ahloqiy ta`sir ko`rsatish, mafkuraviy ustivorlikka erishish 
imkoniyati hamdir. Iqtisodiy, moliyaviy “yordam”, “demokratiya” niqobi ostida ma`naviy-ruxiy 
ekspansiya uyushtirish, millatlarni mustaqilligi va o`zligiga taxdid ko`rsatish odatiy xolga aylanib 
bormoqda. Bu hol AQSh lik olim Frensis Fukiyamaning “G`arb tarixining zavol topishi” kitobida 
amerikalik siyosatchi Patrik Dj. B`yukenenning «G`arb xalokati” (Moskva, 2004 y.) asarida ham 
ta`kidlangan.
Yoshlar, ularning ma`naviyati va axloqi uchun globallashuv jarayoni va ommaviy 
madaniyatning salbiy ta`siri va xatarli oqibatlari haqida Islom Karimov: «Dunyoda bir qarashda 
beozor, siyosatdan xoli bo`lib tuyulgan shunday mafkuraviy ta`sir vositalari ham borki, ularga
ko`pda etarlicha e`tibor beravermaymiz», televideniya orhali ko`plab namoyish etilayotgan jangarli 
filmlar, beparda asarlar yoshlar ruxiyatiga salbiy ta`sir ko`rsatib, ularni o`zligidan, tarixidan, 
madaniyatidan, iymonidan judo etishga qaratilgan. Har qanday kasallikni oldini olish uchun avvalo 
kishi organizmida unga qarshi immunitet hosil kilinadi. “Biz ham farzandlarimiz yuragida ona-
Vatanga, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sog`lom munosabatni qaror 
topdirishimiz, ta`bir joiz bo`lsa, ularning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishimiz zarur
3
», deb 
ko`rsatadi. 
Demak, har bir inson, yosh yigit-qiz ikki yo`ldan birini tanlashi, yo iste`molchi tarzda oqim 
bilan suzmog`i, yoxud o`ziga, o`zligiga nisbatan talabchan bo`lib bu girdobdan chiqmog`i lozim. 
Insoniyat tobora texnika taraqqiyoti va ommaviy kommunikatsiyaning sotsial va ekologik 
jixatdan nazoratga olish, bugungi odam ma`naviy qiyofasini bir xillashtirish (standartlash)ga qarshi 
jiddiy to`siq qo`yish zaruriyatini anglamoqda. Ushbu masalani o`ta keskinligiga e`tiborni qaratish, 
mavjud muammolarning echimlarini belgilashda 1990 yillarda BMT Bosh Assambleyasi e`lon 
qilgan Madaniyatning umumjaxon o`n yilligi muxim bosqich bo`ldi. “O`n yillik”ning asosiy 
maqsadi-iqtisod va texnika tezkor rivojlanayotgan xozirgi davrda umuminsoniy madaniy 
qadriyatlarning birinchi darajali ahamiyatini tiklashdan iborat bo`lib, bunda quyidagi vazifalarni xal 
etish ko`zda tutildi: a) taraqqiyot madaniyatning yuksalishiga xizmat qilishi, moddiy ishlab 
chiqarish bilan ijodkorlikning aloqadorligi yo`llarini belgilash; b) madaniy o`ziga xoslik va 
madaniyatlar muloqotini tan olish; v) individual va jamoa timsolida ijodiy potentsial va 
tashabbuskorlikni qo`llab-quvvatlash, g) xalqaro madaniy hamkorlikni rivojlantirish va boshqalar. 
Demak, birinchidan, Texnogen madaniyat – insoniyatni o`n asrlar mobaynida yashash tarzi, 
olamni tafsir mezoni bo`lib kelgan – qadimiy madaniyat (Misr, Yunoniston, Rumo-vizantiya) 
takomilida shakllangan, vujudga kelgan yangi davr – burjua munosabatlari davri-ijtimoiy ishlab 
chiqarish odamlar hayoti texnika asosiga qurilgan davr madaniyatidir. 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling