Ma`deniyat taniw uzb


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/98
Sana15.02.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1199760
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   98
Bog'liq
madaniyatshunoslik asoslari

UCHINCHI BOB 
O`ZBEKISTON MADANIYATI TARAQQIYOT BOSQICHLARI 
 
10 – MAVZU 
MARKAZIY OSIYO XALQLARINING QADIMGI MADANIYATI 
 
Markaziy Osiyoning Oltoy, Janubiy Sibir`, Mo`g`uliston, O`rta Osiyo hududlaridagi ibtidoiy 
yashash tarzi deyarli umumiydir. Ibtidoiy insonning bu hududlardagi umumiyligini ko`rsatuvchi 
dalillar birinchi navbatda hayot tarziga-ovchilik, dehqonchilik, hunarmandchilik, chorvachilikka 
asoslanganidir. Shuningdek, mazkur hududlardagi qavmlarning qaysi irqlarga mansubligi ham 
masalaga ma`lum darajada aniqlik kiritishga yordam beradi. Shuni e`tiborga olish kerakki
mo`g`ullar istilosiga qadar O`rta Osiyodagi turkiy xalqlar qiyofasi mo`g`ul irqiga mansub emas edi. 
Jumladan, miloddan oldingi uchinchi ming yillikka va ikkinchi ming yillikning boshlariga oid 
Janubiy Sibirdagi mo`g`ul irqiga mansub aholi G`arbiy Turkiston (O`zbekiston, Qirg`iziston, 
Qozog`iston), Pomir o`lkalariga kelguniga qadar, bu erlarda Oqdengiz irqiga o`xshash dolikosefal
1
irqi borligi aniqlangan.
Farg`onaning tosh davriga oid madaniy yodgorliklarida va Yangiyo`ldagi Qovunchi 
madaniyatida ham bu irq uchraydi. G`arbiy Turkistonning Anov madaniyatiga oid topilmalarda
Quyi Volga bo`ylarida, O`rta Volga hududida, Proxovok qo`rg`onida ham mazkur irqlarga mansub 
odamlar suyaklari topilgan. Shuningdek, dolikosefal irqining Tangri tog` xududlariga ham kirib 
borgani to`g`risida ma`lumotlar bor. Janubiy Qozog`iston bilan Volga bo`ylariga mazkur irq 
butunlay yoyilganini tasavvur qilish mumkin. Biz irqqa oid mazkur qarashlarni 40–50–yillardagi 
arxeologik topilmalar asosida Turkiston va evropa olimlarining asarlariga tayangan holda 
aytyapmiz
2
. Qolaversa, Amudaryo bilan Sirdaryo - bugungi O`zbekiston hududidagi eng qadimiy 
insonni Turoniy irqqa mansub degan qarashlar ham bor
3
. Umuman olganda, O`rta Osiyoninggina 
emas, balki butun dunyo xalqlarining ibtidoiy davri har jihatdan, jumladan, madaniy taraqqiyoti 
jihatidan ham eng kam o`rganilgan davr hisoblanadi, O`zbekiston hududi esa yanada ko`proq 
o`rganishni talab qiladi. Chunki azaldan o`troqlashgan aholi maskani bo`lgan Farg`ona vodiysi, 
Janubiy O`zbekiston bizga ko`p madaniy yodgorliklarni qoldirdiki, bularga tayangan holda ko`p 
masalalarga, jumladan, etnik tarixiga ham aniqlik kiritish mumkin bo`ladi.

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling