Ma`deniyat taniw uzb


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/98
Sana15.02.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1199760
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   98
Bog'liq
madaniyatshunoslik asoslari

Me`morchilik. 
O`zbekistonning azaldan o`troqlashgan aholisi me`morchilik, amaliy 
hamda tasviriy san`at borasida ko`p meros qoldirdi. Biz yuqorida Xorazmdagi 
Tuproqqal`aning 
madaniy bosqichi to`g`risida qisqa to`xtalgan edik. O`zbekistonning janubiy hududlari ham, xuddi 
Xorazmdagi Tuproqqal`a singari, qadimgi davr me`morchiligi va san`ati to`g`risida to`laqonli 
ma`lumot beradi. Jumladan, Termizdagi me`morchilik yodgorliklari, tasviriy va amaliy san`at 
namunalari shundan dalolat beradi. Madaniy jarayonning bu ko`rinishlari paydo bo`lishiga, 
shubhasiz, ijtimoiy - siyosiy jarayonlar asosiy sabab bo`ldi.
Miloddan oldingi II asrda Yunon - Baqtriya shohi Demetriy Amudaryo qirg`og`ida shahar 
barpo qildi. Chunki Amudaryoning kechuvi azaldan aynan shu erda joylashgan edi. Natijada shahar 
dastlab Dermed nomini oldi va asta - sekin Termizga aylandi (Dermed–Termed–Termez). Termiz 
shahri barpo bo`lgandan buyon ikki ming yildan ko`proq vaqt davomida mazkur hudud har jihatdan 
rivojlanib bordi. Arxeologik tadqiqotlar bu shaharning Kushon imperiyasi davridagi tuzilishini 
tasavvur qilishga imkon beradi.
Termiz aynan Kushonlar davrida tezlik bilan rivojlanib bordi. Shaharning umumiy maydoni 
500 gektarni tashkil qilardi. Shaharning markazi harbiy qo`rg`on bo`lib xizmat qilgan. Shu 
qo`rg`ondan boshlab bir tomonda savdo-hunarmandchilik do`konlari, ikkinchi tomonda 
ibodatxonalar qurila boshlaydi. Mil.av. II asrdan boshlab Hindistondan kirib kelgan buddaviylik bu 
shahardagi diniy madaniy muhitni belgilab berdi. Chingiztepa, Qoratepadagi budda ibodatxonalari 
shundan dalolat beradi. Shahar o`rtasidan katta anhor kesib o`tgan. Bu anhor aholini suv bilan 
1
Долихоцефал (фр.) –бошнинг эни узунлигига нисбатан 75 фоиз қисқа бўлган одамлар. 
2
Бу қарашлар тўғрисида қаранг: Bahaeddin Ogal. Islamiyetten onca turk kultur tarihi. (Исломиятдан аввалги 
туркий маданият тарихи) Ankara, 1991, s. 6. 
3
В.В. Гинзбург. Материаль и исследования по археологии, 15, 248–249–бетлар. 


81 
ta`minlagan. Termiz savdo yo`li ustida bo`lib, So`g`d, Xitoy Pomirga boradigan karvonlar shu 
erdan o`tgan. Amudaryoning kechuvi esa Baqtriyaning asosiy shahri Balxga olib borgan. 
Dalvarzin tepadagi Chag`oniyon shahri ham me`morchilik jihatdan deyarli ko`hna Termiz 
shahrining me`morchiligiga o`xshaydi. Ko`p qirrali harbiy qal`a tepalik ustiga qurilgan. Janub 
tomondan shahar maydoni tutashadi. Maydon mustahkam devorlar bilan o`ralgan bo`lib, atrofi, 
xuddi harbiy qal`a atrofida bo`lgani singari, handaq bilan o`ralgan. 
Milodiy I-III asrlarda qadimiy O`zbekiston hududida shaharlarning bunchalik tez rivoj 
topgani va savdo, hunarmandchilik, harbiy - ma`muriy tuzilmaga e`tibor berilgani harbiy 
me`morchilikni yuzaga keltirdi. Qadimiy inshootlarning qoldiqlari shundan dalolat beradi. 
Me`morchilikning rivoj topishi natijasida qurilish materiallari ham takomillashdi. So`g`d, 
Xorazm, Baqtriyadagi inshootlarda foydalanilgan kvadrat shakldagi g`isht qurilish materiallarining 
takomillashuviga xizmat qildi va me`morchilik yangi bosqichga ko`tarildi. Yana shunisi diqqatga 
sazovorki, g`ishtlarning bir qismida tamg`alar bosilgan. Xorazm (Jonbos qal`a, Tuproq qal`a), 
Baqtriya (Termiz, Ayritom, Xoanaqohtepa), Marg`iyonadagi qurilish g`ishtlarida shunday tamg`alar 
uchraydi. Olimlarning taxmin qilishlaricha, bu tamg`alar ma`lum bir qabilaga tegishli bo`lib, 
qabilalar hisob-kitob olib borishlari uchun yoki qaysi hunarmandchilik ustaxonasiga tegishli ekanini 
ko`rsatish uchun ham foydalanganlar. 
O`rta Osiyoning turli hududlaridagi inshootlar me`morchiligi o`ziga xos. Ayniqsa, 
Xorazmdagi Qo`yqirilgan qal`adagi inshootning (mil. av. III asr) tuzilishi diqqatga sazovor. Bu 
inshoot dumloq shaklda qurilgan, 42 metrli tsilindr shaklidagi bino o`rtada. Binoning birinchi 
qavati butun saqlangan. Taxminlarga ko`ra, Qo`yqirilgan qal`a dafn odatlari bilan yo fazoviy 
jismlar kul`tini o`zida namoyon etadi yoki Xorazm shohlarining sulolalari kul`ti bilan bog`liq 
muhim siyosiy markazni gavdalantiradi.
Umuman, Qo`yqirilgan qal`a bu erda juda qadimgi vaqtlardayoq me`morchilik yuksak 
rivojlanganligini ko`rsatadi, shuningdek, katta ibodatxona xo`jaligi manzarasini aks ettiradi. 
Ibodatxona bilan bir qatorda ustaxonalar, yashash uylari, omborxonalar, ham bor. O`ziga xos kichik 
“shaharcha” ko`rinishidagi bu qal`ada hayot O`rta Osiyo aholisining yuksak turmush tarzini 
ko`rsatadi. 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling