Ma`deniyat taniw uzb


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/98
Sana15.02.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1199760
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   98
Bog'liq
madaniyatshunoslik asoslari

“Avesto”davri madaniyati. “Avesto“ O`rta Osiyo tarixidagina emas, balki dunyo 
madaniyati tarixida muhim voqeadir. “Avesto“ to`g`risida so`z ketganda, albatta, Zardusht shaxsi 
va u yaratgan ta`limot to`g`risida so`z ketadi. Zardushtgacha ham Avesto ta`limoti bor edi. Lekin 
Zardushtning say`-xarakati bilan “Avesto” qudratli ta`limotga aylanadi.
“Avesto” Zardusht nomi bilan bog`lanar ekan, bu noyob asar bir davrning mahsuli 
emasligini ham ta`kidlamoq darkor. “Avesto” bir necha asrlar davomida shakllanib, yaxlit asar 
holiga kelgan. Bu jarayon dunyo madaniyati tarixida sinovlardan o`tgan tajriba bo`lib, “Avesto” ana 
shu tajribaning ilk mahsullaridan biridir. Sharqda bu jarayonning noyob namunalari kuzatiladi. 
Qadimgi Xitoydagi falsafiy risolalar, Bibliya ham shakllanganda, ana shu yo`lni - asrlar yo`lini 
bosib o`tgan. Ayni paytda bu jarayon “Avesto”ning asrlar osha ma`lum va mashhur bo`lganini 
yana bir bor tasdiqlaydi.
“Avesto”ning ma`lum va mashhurligi Beruniyning “O`tmish asrlardan qolgan yodgorliklar“ 
(XI asr), Tabariyning “Tarixi Tabariy” (X asr) kabi asarlarida ham bayon qilingan. Beruniyning 
yozishicha, “Avesto”ning qo`lyozmasi o`n ikki ming molning terisiga oltin harflar bilan yozilgan 
ekan. Iskandar Eronga bostirib kelgach, bu asarning Eron podsholari xazinasida saqlanayotgan eng 
nodir nusxalarini olib, tib va astronomiyaga oid qismlarini xattotlarga ko`chirtirib, qolgan qismini 
katta gulxan yoqib, yondirib yuborgan. Ko`chirtirgan qismlarini yunon tiliga tarjima qildirgan. 
Sosoniylar sulolasining ilk hukmdori Ardasher Bobak Xirbadan nomli donishmandga “”Avesto”ni 
1
Бу афсоналар ҳақида қаранг: Н, Раҳмонов. Руҳиятдаги нур муроди. — Тошкент, Абдулла Қодирий номидаги 
Халқ мероси нашриёти, 2002, 115-бет 


84 
qayta tiklash vazifasini topshiradi. Xirbadan bir qancha zardshutiylikka e`tiqod qiluvchi ulamolar 
bilan birga asarni qayta yozib olib, qaytadan tartib beradi. Shopur II davrida Ozarbod Mexrosin 
“Avesto”ning parokanda qismlarini to`plab, asardagi ko`plab nomlar, atamalarni sharhlab, “Zand 
Avesto” nomli kitob yaratadi. “Zand Avesto”ni bu ulkan asarning sharhi deb aytish mumkin.
“Avesto”ning eng qadimiy qatlami Gohlarni Zardushtning o`zi yozgan, deb aytiladi. 
Gohlar (ovrupocha - gatlar) - diniy qasida, munojot demakdir. Asarning eng qadimiy qatlamiga 
ko`ra shunday xulosa chiqarish mumkinki, zardushtiylik urug`chilik jamiyatida - hukmron tabaqa 
paydo bo`lgan davrda shakllana boshlagan. Jamiyatning keyingi bosqichlarida yana ham rivoj topdi. 
Ayniqsa, Sosoniylar (mil. III–VI asrlar) sulolasi davrida yangicha ko`rinishda paydo bo`ldi. Lekin 
qanday bo`lmasin, Zardushtning ta`limoti o`z mohiyatini saqlab, yanada mukammallashdi. Yana 
shuni ta`kidlash kerakki, “Avesto”ning eng qadimiy qatlami Gohlar va Yashtlar notiqlik san`ati 
bosqichining ilk davrida yuzaga kelgan. Notiqlik san`ati, ayniqsa, g`oyaviy kurashlar mahsuli 
sifatida yuqori cho`qqiga ko`tarilganini e`tirof etsak, Zardusht o`z davridagi kohinlar harakatiga va 
eski kul`tlarga qarshi chiqqani, shu asosda o`z ta`limotini yaratgani yanada oydinlashadi. Zotan, 
g`oyaviy kurash jamiyatdagi ikki qarama–qarshi kuchlar o`rtasidagi kurashning natijasi sifatida 
yuzaga chiqadi. 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling