Ma`deniyat taniw uzb
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
madaniyatshunoslik asoslari
Zardushtiylik ta`limoti. Zardusht shaxsi to`g`risida turli qarashlar mavjud. Ba`zi ovrupolik
olimlarning aytishlaricha, Zardusht o`z davrida ta`qibga uchragan. Lekin u buyuk payg`ambar, insoniyat najotkori deb e`tirof etilgan. Miloddan oldingi VII–VI asrlardagi siyosiy vaziyatda Zardushtning muhim rol o`ynagan faoliyati uni najotkor sifatida talqin qilishga sabab bo`lgan. Kohinlar xalqqa qarashli yaylovlarni tortib olib, xalq jamoa bo`lib sig`inadigan ibodatxonalarni vayron qilib, o`zlarining siyosatini yurgizar edilar. Buning ustiga eski kul`tlarga sig`inish oqibati ham kohinlar va zodagonlarning manfaati uchun mos edi. Mana shunday tarang vaziyatda Zardusht keng ommaning manfaatlarini himoya qilib, o`troq chorvador qabilalarning vakili sifatida maydonga chiqdi va payg`ambar deb e`tirof etildi. Sosoniylardan besh - olti asr avval o`tgan Axmoniylar davriga oid matnlarda, garchi Zardushtning nomi eslanmasa–da, uning g`oyalari, jumladan, Xurmuzdni sharaflash g`oyasi bosh o`rin tutadi. Aksariyat manbalarda Zardusht miloddan oldingi XIII - VII asrlar oralig`ida yashagan deb e`tirof etiladi. Zardusht ta`qibga uchragani uchun ham, ongli ravishda unutilgan bo`lishi mumkin. Yangilik va yangi g`oyalarning taqdiri har doim ham oson kechavermagan. Xo`sh, Zardusht yaratgan ta`limot nimadan iborat? U qanday shakl va mazmundagi ta`limot edi? Uning ta`limoti - ezgulik yovuzlik, nur va zulmat ruhiy kuchlari o`rtasidagi kurashdan iborat edi. Zardushtiylik jamiyatdagi mutanosiblikni buzadigan nomutanosiblikka qarshi kurash edi. Zardushtiylik ta`limoti dastlab yaratilgan paytda diniy emas, balki ijtimoiy–siyosiy qarashlarning maajmui sifatida yuzaga kelgan. Zardusht o`z ta`limotini yaratgan paytda ezgulik va yovuzlikni ijtimoiy muammo sifatidagina ilgari surib qolmadi, balki axloqiy qarashlarini fazo bilan, xususan, olamning yaratilishi va tuzilishi bilan bog`ladi. Oqibatda bu qarash asta–sekin ilohiy tus oldi. Uning ta`limoti faqat davrlar sinovidan o`tish bilan birga, jug`rofiy jihatdan ham kengaya bordi. Bizning zaminimizdan tortib Midiya, Fors, Armaniston, Kichik Osiyo, Hindiston (xususan, Panjob) kabi qator mamlakatlarga yoyildi. Barcha diniy oqimlarning vazifasi ma`lum bir hududda madaniy va ma`naviy yuksalishni yuzaga keltirganiday, zardushtiylik ham bu mamlakatlarda madaniyat o`choqlarini barpo qildi. Zardusht shaxsi asrlar osha shunchalik mashhur bo`lganki, u afsonaviy qahramon kabi dong taratgan. Miloddan oldingi I asrda yashagan Rim tarixchisi Pompey Trog “Filippin tarixi” asarida Zardushtni Baqtriya podshohi deb yozgan. Zardusht Xo`rmuzddan muhim qonun so`rar ekan: “er yuzida eng yaxshi joy qaerda?” deydi. Xo`rmuzdning Zardushtga bergan javobi shu bo`ldi: “Qaerda solih - Xo`rmuzdning muxlisi erga yaxshi ishlov bersa, chorva tuyoqlarini ko`paytirsa, yaxshi joy o`sha erdir.” Zotan, mehnatning bu turlari insonning farovon yashashi uchun kafolat. Ayni paytda Xo`rmuzdning bu javobidan agrotexnika qoidalarining ilk ildizlari to`g`risida xabardor bo`lamiz. Darvoqe, Zardusht Xo`rmuzddan qonun so`ragan edi, Xo`rmuzd qonunning ijrosi sifatida mehnatni berdi. Garchi qonun tushunchasi bugungi kunda o`z mazmuni va mohiyatini o`zgartirgan bo`lsa–da, “Avesto” qonuni va hozirgi qonun tushunchalari o`rtasida faoliyat jihatidan uyg`unlikni ko`ramiz. Hamma davrda ham qonun inson manfaatlariga xizmat qilib, insoniyatni ezgulikka da`vat qilishini, 85 yovuzlikning har qanday ko`rinishiga zarba berishini xalqlar umid qilganiga e`tiborga olsak, Zardushtning savoliga Xo`rmuzdning bergan javobi ham o`z davrida muhim qonun ekaniga amin bo`lamiz. Xo`rmuzdning quyidagi javobi bu fikrlarni yana bir bor tasdiqlaydi: “Kimki chap qo`li va o`ng qo`li bilan, o`ng qo`li va chap qo`li bilan erga ishlov bersa, foyda kelitiradi. Shunda er solihga aytadi: “Ey inson! Sen menga chap qo`ling va o`ng qo`ling bilan, o`ng qo`ling va chap qo`ling bilan ishlov beryapsan. Darhaqiqat, men toliqmasdan tug`aman. Har turli egulikni, mo`l hosilni etishtiraman.” Kimki chap qo`li va o`ng qo`li bilan, o`ng qo`li va chap qo`li bilan erga ishlov bermasa, unga er aytadi: “Ey inson! Sen menga ishlov bermayapsan, sen shubhasiz tilanchilar orasida bo`lasan, begona eshiklar oldida mung`ayib turasan.” Uzoq vaqt ishlov berilmasdan, ekuvsiz qolib ketgan er - turmushga chiqolmay, befarzand o`tgan qariqiz bilan baravardir, degan hikmatli fikr «Avesto» zamonidan bizgacha etib kelgan. Bu esa turli davrlar madaniyatning vorisiyligini va uzluksizligini ko`rsatdi. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling