Ma`deniyat taniw uzb
Buddaviylik davri madaniyati
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
madaniyatshunoslik asoslari
Buddaviylik davri madaniyati.
Milodiy I asrda Baqtriyaning o`ng tomoniga buddaviylik kirib kela boshladi. Shu davrda buddaviylik e`tiqodiga aloqador inshootlar asosiy o`rin egalladi. g`orlardagi Budda ibodatxonalari Ko`hna Termizdan, Qoratepadan va Chingiztepadan topilgan. Buddaviylikning Baqtriya davlatiga kirib kelishi Kushonlar imperiyasining davlati chegaralari janubga tomon kengayib borgani bilan bog`liqdir. Xitoy manbalariga ko`ra, Kushonlar imperiyasi dastlab hozirgi Bekobod va Xo`jand o`rtasida barpo etilgan. Bu davlat tezlik bilan kengayib, milodiy I asr oxirlarida (tashkil bo`lgandan keyin taxminan ellik yillar o`tgach), Hindistongacha etib bordi. Shubhasiz, ana shu tarixiy davrda Hindiston bilan Kushonlar imperiyasining madaniy aloqalari rivojlandi. Ana shu madaniy munosabatlarning mahsuli sifatida buddaviylik kirib keldi. Buddaviylik O`rta Osiyoda shunchalik mustahkam o`rnashdiki, qadimgi Vatanimizda ko`plab Budda budda ibodatxonalari barpo bo`ldi. Yozma manbalarning xabar berishicha, shu davrda eftalitlar poytaxti Badaxshonda sirti oltin bilan qoplangan Budda haykali qo`yilgan ibodaxonalar ko`p qurildi. VII asrda Xitoy sayyohi Syuan` - Tszyan Termizda ko`plab Budda ibodatxonalarini, Budda haykalchalarini ko`rganini yozadi. Samarqandda ham bunday ibodatxonalar ko`p bo`lgan edi. Ko`hna Termizdan Buddaning va bo`lg`usi Budda - Bo`disatvaning toshdan yasalgan haykalchalari topilgan. Bu haykalchalarning diqqatga sazovor tomoni – yunon-boxtariy san`ati 4 Н.Я.Бичурин (Иакинф). Собрание сведений о народах, обитавших в Средней Азии в древние времена. — Том 11, 1950, М.:–Л.: 179, 153–бетлар 83 uslubi an`analarini davom ettirganidir. Buddaviylikni targ`ib qilish, omma orasida yoyishning muhim usullaridan biri sifatida yozma matnlar, rivoyatlar, afsonalar, she`rlar ham yaratildi, sanskrit tilidan qadimgi turkiy tilga asarlar tarjima qilindi. Buddaviylikni targ`ib qilishda bu usul amaliy va tasviriy san`at orqali ifodalangan g`oyalarni to`ldirdi. “Oltin yoruq” dostoni (IX asr) shulardan biridir. Bu asarning asl matni sanskrit tilida bo`lib, milodiy I asrda - Kushonlar imperiyasi davrida yaratilgan. Dostonda ilgari surilgan asosiy g`oya – buddaviylikdagi maxayana mazhabini ilgari surish va yoyish bo`lgan. Buddaviylikning uchta mazhabi mavjud: xinayana, maxayana, vajryana. Bulardan maxyana mazhabi Janubiy O`zbekistonga Kushon imperiyasi hukmdori Kanishka davrida rasmiy diniy oqim sifatida kirib keldi. Maxyana mazhabining mohiyati shundan iboratki, unda najot topish g`oyasi asosiy o`rin egallaydi, Budda holatiga etishish imkoniyati jamiki jonzotlarga beriladi. Maxayana mazhabida asosiy o`rinni Bo`disatva timsoli egallaydi. Bo`disatva faqat o`zi najot topib qolmaydi, balki jamiki sansara (“turli holatlar orqali o`tish”) holatlaridan najot topishi kerak bo`ladi. “Oltin yoruq”dagi ikki afsona – “Shahzoda va Bars” bilan “Ku Tay” haqidagi afsonalarni kuzatar ekanmiz 1 , odamzodning vujudi, xulqi, kim bo`lishidan qat`iy nazar, ezgulikdan iborat bo`lmog`i, vujud kimgadir yoki nimagadir yaxshilik uchun xizmat qilmog`i lozim degan g`oya bor. Aksincha, odamlarga xizmat qilmaydigan odam tirik jasad, chirik bir narsa bilan barobar. Mag`astvi - Bo`disatva, ayni maxayana mazhabidagi jonzotlarning najot topishi uchun kurashib, o`z tanasini och ona yo`lbarsga qurbon qildi. Aslida maxayana ta`limoti Buddaning najotkorlik aqidasini ifoda etadi. Buddaning asosiy g`oyasi insonlarni va xayvonlarni qutqarishga mo`ljallangan. “Okean suvi bitta ta`mga-sho`r ta`mga ega bo`lganidek, mening ta`limotim ham bir yo`singa - qutqarishga mo`ljallangan, - deydi Budda. Odamzod bajarishi kerak bo`lgan eng muhim vazifa – atrof-muhitni nafs asirligidan, gunoxlardan qutqarishga erishishdir. Qo`rquvning yo`qolishi odamzodni ozod qiladi. U ozod bo`lgandagina o`z ozodligini biladi, qayta tirilishdan qutulganligini tushunadi, muqaddaslikka to`liq erishilgan va burchi bajarilgan bo`ladi, odam bu dunyoga qaytib kelmaydi”. Faqat jasad qaytib kelmaydi, bordi–yu, qaytib keladigan bo`lsa, qullikdan qutula olmaydi. Umuman, buddaviylikning asosiy maqsadi faqat odamzodning ozod bo`lishiga yo`l-yo`riq ko`rsatishdangina iborat bo`lmay, balki butun jonli mavjudotlarni qutqarishga mo`ljallangan. Irodaga ega bo`la olish va irodani birdan-bir maqsadga bo`ysundira olish buddaviylikning idealidir. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling