Ma`deniyat taniw uzb


Miloddan avvalgi davrda O`rta Osiyoda irqlar


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/98
Sana15.02.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1199760
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   98
Bog'liq
madaniyatshunoslik asoslari

Miloddan avvalgi davrda O`rta Osiyoda irqlar. Mayda davlatlarning goh birlashuvi, goh 
bo`linuvi qabilalarning qorishuviga ham ta`sir ko`rsatdi. Markaziy Osiyoning asosiy aholisi bo`lgan 
turkiy qavmlarning qaysi irqqa mansubligi ko`p munozaralarga sabab bo`lgan.
Markaziy Osiyo Ko`k turk xoqonligi davrida ham til jihatidan, ham tarixiy nuqtai nazardan 
turkiy qavmlar uchun muhim ahamiyatga molikligi hech qanday munozaraga sabab bo`lmaydi. Bu 
o`lkani o`rta, Sharqiy va G`arbiy qismlarga bo`lgan holda o`rganish mumkin. O`rta qism turkiy 
xalqlar tarixi nuqtai nazaridan eng diqqatga sazovor hududdir. Ko`k turk xoqonligi davrida o`rta 
qismda asosan turkiy qavmlarning katta bo`lagi qirg`izlar (xakaslar) yashagan. Bu o`lka tosh 
davrida Sharqiy va G`arbiy Sibir` hamda shimoldagi Tundra madaniyati bilan yaqin munosabatlar 
o`rnatgan. Antropologlarning tadqiqotlari shuni ko`rsatadiki, bu hududdagi xalqlar evropa va 
mo`g`ul irqlarining bir qismidan paydo bo`lgan ekan. Ayni paytda janubdagi Oltoy madaniyatidan 
bu erlarga ba`zi ta`sirlarning ham bo`lgani mumkindir. 
Qadimgi turk davrida Gobi sahrosi, bugungi Mo`g`uliston muhim hudud bo`lgani ma`lum. 
Neolit davridagi insonlar sersuv joylarda yashagani ma`lum bo`ldi. O`lkaning neolit davri 
madaniyati O`rxun daryosi va Baykal ko`li bo`ylaridagi madaniyat bilan o`xshashligi arxeologik 
topilmalar asosida aniqlandi. Umuman olganda, Markaziy Osiyoning sharqiy hududi madaniyatida 
o`zaro ta`sir aniqroq ko`zga tashlanadi. Shunday bir madaniyatga turkiylar tarixining so`nggi 
davrida ham duch kelamiz. Bu holat O`rta Osiyo turkiy qavmlari tarixiga hamohang ravishda bordi.
Irqlar to`g`risida so`z ketar ekan, miloddan oldingi uchinchi ming yillikda Oltoy tog`larida 
o`g`uz tipidagi qavmning yashagani to`g`risida ma`lumot bor. Bu qavm janubdagi mamlakatlar 
bilan, masalan, Orol dengizi sohillaridagi madaniyat bilan, hatto Xitoy bilan aloqada bo`lganini 
ko`rsatadi. Sibirda ham shu singari irqlar qadimda yashaganini arxeologlar kuzatganlar
1
. Bu davr 
madaniyati turkiy xalqlar tarixida Oltoy madaniyati deb nom olgan. Miloddan avvalgi uchinchi 
ming yillikda va ikkinchi ming yillik boshlarida hozirgi O`zbekiston va Pomir hududlarida 
1
Қаранг: Bahaeddin Ogel. Islamiyettan once turk kultur tarihi. –Ankara, 1991, s. 3


87 
Oqdengiz irqiga o`xshash dolixotsefal irqqa mansub odamlar qoldiqlari topilgan. Farg`onaning 
tosh davriga oid madaniyatida va Toshkent yaqinidagi Qovunchi madaniyatida ham bu irq 
kuzatilgan. Mazkur irq turi yana Anov madaniyatida, Quyi Volga bo`ylarida, Astraxan` atroflarida, 
O`rta Volga bo`ylarida Proxorov qo`rg`onidan ham topilgan. Bu haqda arxeologlar G.Sergi, V. 
Ginzburg, L. Oshanin, G.A.Trofimova, S. Rudenko kabi ingliz va rus olimlari XX asrda jiddiy 
kuzatuvlari natijalarini e`lon qilganlar. O`rta Osiyoning brakitsefal
2
irqi yuqorida aytib o`tilgan 
o`lkalarga ko`p ta`sir etmagan. Faqat bronza davrida O`rta Osiyo braxitsefallari Amudaryo 
bo`ylariga va Farg`onaning ichki hududlariga qadar ta`sir etgani aniqlangan.
Haqiqatan, Amudaryo bilan Sirdaryo orasidagi xalqlar irq jihatdan Amudaryo janubidagi 
turkman dashtlarida, Pomir va Afg`onistonda yashagan irqlardan keskin farqlanib chiqqan edi. Bu 
“turoniy” (V.V. Ginzburg) yoki “ikki daryo orasi” (I. Svidetskiy) irqi degan nom olgan bo`lib, 
braxitsefal kallalarga mansub edi. Shu olimlarning olib borgan kuzatuvlariga ko`ra, Oltoydagi 
braxitsefal irqlarga yaqin bo`lgan bu suyaklar keyingi davrlardagi so`g`dlarning ham ota–bobolari 
bo`lgani tahmin qilinadi.
Miloddan avvalgi 1700 yillardan e`tiboran O`rta Osiyoda ko`chmanchi va jangovar bir qavm 
madaniyatining asta–sekin hukmron bo`lgani ko`rinadi. Bu irq “Andronovo odami” deb nom olib, 
Oltoy va Tangri tog`lariga yoyilgan. Mazkur irq Xun davrida ham, Ko`k turk xoqonligi davrida 
ham davom etgan.
Ammo Ko`kturk xoqonligi davrida O`rta Osiyoda mo`g`ul irqi ko`rina boshladi. Bir 
tomondan o`g`uz qiyofasiga mansub bo`lgan turkiylar azaliy irqni davom ettirgan bo`lsa, ikkinchi 
tomondan, chinakam va aslo aralashmagan mo`g`ul unsurlari ham g`arbga siljiy boshladi. Ko`k turk 
davri boshlang`ichida Oltoy o`lkasining janubi-g`arb va shimoli-sharq hududlarida yashagan o`g`uz 
qiyofali turkiy qavmlar hamon hukmron edi. Bu davrga oid Tangri - tog`dan topilgan skeletlarda 
yirik ko`zli odamlar kuzatiladi. Bu haqda rus olimi V. Ginzburg o`tgan asrning 50–yillarida o`z 
fikrlarini bayon qilgan edi. Ko`k turk davlati barpo bo`lmasdan bir oz oldin va davlat barpo 
bo`lgandan keyingi davrlarga oid mo`g`ul qiyofali odamlar skeleti topilgan. Ayni paytda Tangri 
tog`dagi qo`rg`onlarda o`g`uz qiyofasidagi odamlar skeleti ham topilgani ma`lum. 
Milodiy VI–VIII asrlarga oid O`rta Osiyoning ayrim hududlaridagi irqlar miloddan oldingi 
brexitsefal odamlarning davomi ekanini ko`rsatadi. Umuman, O`rta Osiyo irqlari alohida irqqa – 
Turoniy irqqa mansub edi, degan ma`lumotlar o`zini oqlaydi. 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling