Ma`deniyat taniw uzb


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/98
Sana15.02.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1199760
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   98
Bog'liq
madaniyatshunoslik asoslari

Islomiy madaniyat. Masihiylik jamoatining mavqei evropa, Amerika va boshqa ko`plab 
qit`alardagi mamlakatlarning ijtimoiy, siyosiy va axloqiy madaniyatida qanchalik rol o`ynagan 
bo`lsa, islom madaniyati Sharqda shunchalik katta rol o`ynadi. Islom - dunyoda monoteizmga, ya`ni 
tanho xudolilikka asoslangan uchinchi va oxirgi dindir. Bu din ham Yaqin Sharqda paydo bo`ldi.
Islom faqat arab olamida emas, balki Yaqin Sharq mamlakatlarida, Eron, O`rta Osiyo, 
Hindiston, Indoneziya, Kavkaz, Volga bo`ylari, Bolqon, Afrikaning katta qismiga yoyilib, bu 
xalqlarning tarixi va madaniyatida katta rol o`ynadi. 
Islomning tarixi, ilk davrdagi faoliyati Muhammad s.a.v. va to`rt xalifa - Abu Bakr 
(hukmronlik davri 632 - 634 yillar), Umar (hukmronlik davri 634 - 644 yillar), Usmon (hukmronlik 
davri 644 - 656 yillar) va Ali (hukmronlik davri 656 - 661 yillar) bilan bog`liq. 
Islom ilk davrdayoq ikki mazhabga bo`lindi. To`rtinchi xalifa Ali shia mazhabiga asos 
soldi. Bu mazhab tarafdorlari ham, sunniylar kabi, Kur`onni ilohiy deb e`tirof etadilar, ammo 
xalifalar davrida uning ayrim qismlari tushirib qoldirilgan, deb hisoblaydilar. Shia tarafdorlari faqat 
Ali va uning tarafdorlari nomi bilan bog`liq bo`lgan hodisalarni tan olganlar va shunday 
hodisalardan iborat majmualar tuzganlar. Bu to`plamlar Axbor deb atalgan. Shia mazhabida tavhid 
(Ollohning yagonaligini e`tirof etish), adl (Ollohning odilligi), nubuvvat (payg`ambarlik), qiyomat 
yoki maod (oxirat kunining kelishi va marhumlarning tirilishi) asosan sunniylik mazhabi bilan mos 
keladi. Yana shia mazhabida beshinchi aqida ham borki, ular imomat (imomlar) hokimiyatini e`tirof 
etadilar. Bu mazhab Ali va uning avlodlaridan iborat o`n ikki imom hokimiyatini tan oladi. Shu 
munosabat bilan barcha xalifalarni, xususan, dastlabki xalifalar Abu Bakr, Umar va Usmonni 
hokimiyatni zo`rlik bilan bilan egallab olgan shaxslar sifatida qoralaydi. 874–878 yillar orasida 7– 9 
yoshida bedarak yo`qolgan o`n ikkinchi imom Muhammad al–Mahdiyni ular “yashiringan” deb 
hisoblaydilar. Zamona oxir bo`lganda, u qaytib keladi, adolat o`rnatadi, deb kutadilar. 
Ummaviylar sulolasi (661–750 yillar) xalifa Ali hukmronligi o`rniga kelgandan keyin, 
sunniylik mazhabi ham paydo bo`ldi. Sunniylik shialikka qaraganda keng tarqalgan. Sunniylar 
Qur`on bilan birga, sunnaga ham e`tiqod qiladilar. Sunna - islomda musulmonlar uchun ibrat 
hisoblangan Muhammad s.a.v.ning so`zlari va amallaridan iborat. Payg`ambarimiz hayot vaqtlarida: 
Mening so`zlarimni yozmanglar, faqat Olloh oyatlarini yozib olinglar”, deb buyurgan edilar. 
Shunday qilindi ham. Albatta, kimlardir o`z tashabbusi bilan u hazratning aytgan gaplari va qilgan 


69 
ishlari haqida aniq ma`lumotlarni qayd etib borgan bo`lishi mumkin. Ammo Ollohning kitobi but 
bo`lmay, yagona o`zgarmas matn holiga keltirilmay turib, unga boshqa so`zlar aralashib ketish 
xavfiga yo`l qo`yib bo`lmas edi. Rasulullohning so`zlarini va amallarini yozib olish 651 yili — 
xalifa Usmon davrida bajarildi. Mushaf tuzilib, undan bir necha nusxa ko`chirilib, ko`paytirildi. 
Ana shundan so`ng VII asrning II yarmidan boshlab Abu Xurayra (vafoti 676 yil), Anas ibn Molik 
(vafoti 710 yil), Abdulloh ibn Abbos (619 - 686 yillar), Abdulloh ibn Umar, Jobir ibn Abdulloh 
kabi ilk roviylardan Rasululloh so`zlari va amallari xususida minglab hadislar yozib olindi. VIII asr 
boshlarida Ummaviy xalifalaridan Umar ibn Abdulaziz (717 - 720) noiblariga Muhammad s. a. v. 
ning hadislarini jamlash haqida farmon berdi. Natijada hadis ilmi rivoj topib, yirik hadis 
to`plamlari yaratildi. Imom Malik ibn Anas (713 - 795)ning “al–Muvatta”, imom Shofe`iy (767–
820) va imom ibn Xanbal (780 - 855)larning “Musnad” nomli hadis to`plamlari bunga misoldir. 
Dastlab imom A`zam Abu Xanifa an–Nu`mon ibn Sobit (699 - 767) ta`limoti asosida sunniy 
yo`nalishida Xanafiya mazhabi shakllandi. Keyin uning shogirdlari va izdoshlari imom Malik – 
Molikiya mazhabini, imom Shofe`iy - Shofe`iya, imom Xanbal - Xanbaliya mazhablarini 
shakllantirdilar. Shia mazhabida esa payg`ambarimiz avlodidan oltinchi imom Ja`far as-Sodiq (700 
- 765) Ja`fariya mazhabini yuzaga keltirdi
1
.
Islom, o`zidan oldingi dinlar kabi, ijtimoiy qayta qurishga da`vat qilmaydi. Aksincha, bu din 
itoatkorlikka, mo`minlikka o`rgatadi. Qullar xo`jayinlariga itoat etishlari lozim, xo`jayinlar ham o`z 
qullariga muloyim munosabatda bo`lishlari kerak. Olloh oldida garchi hamma teng bo`lsa ham, 
hayotda bunday tenglik yo`q. Solih inson ijtimoiy tizim ierarxiyasiga rioya qilmog`i darkor. 
Islomiy madaniyatning yana bir muhim jihati shuki, islom zulmni qattiq qoralaydi, zulm 
kufrlikdir: “Olloh zulm qilguvchi qavmni hidoyat qilmaydi” (Ol imron, 86 - oyat). 
Axloqiy qonun - qoidalar, jismoniy va ma`naviy tomondan pok hayot kechirishga oid 
o`gitlar, nopoklik uchun beriladigan jazo, maishiy hayotning boshqa tomonlariga oid barcha yo`l - 
yo`riqlar bilan islom ijtimoiy axloqni takomillashtirishga katta hissa qo`shdi. “Zinokor ayol va 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling