Ma`deniyat taniw uzb


) Olamni o`zlashtirish va qayta o`zgartirish vazifasi


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/98
Sana15.02.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1199760
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   98
Bog'liq
madaniyatshunoslik asoslari

1) Olamni o`zlashtirish va qayta o`zgartirish vazifasi.: inson dunyoni o`z maqsad-
manfaatiga mos holda o`rganish ehtiyoji hayotiy talablarni qondirish zarurati bilan bog`liq bo`ladi. 
2) Himoya-moslashuv vazifasi: jamiyat va tabiat o`rtasidagi muvofiqlikni saqlashdan 


22 
iborat. Inson uzoq vaqt qiyin tabiiy sharoitlarda barcha yangi himoya vositalarini ishlab chiqishg 
majburiyat sezadi, o`zini shunga ko`niktiradi (olov, turar joy, kiyim, dexqonchilikni va h. kashf 
etadi). Shu tariqa odam omon qolgan. Madaniyatning bu vazifasi zamonlar o`tishi bilan insoniyat 
ehtiyojiga moslashib boradi. Masalan, keyingi vaqtlarda insoniyat oldida turgan muammolardan biri 
ekologiya bo`lib, inson o`zini himoya qiluvchi vositalarni yaratishga ehiyoj sezadi. 
3) Signifikativ (belgilash, ko`rsatish) vazifa: ma`no, nom, belgilar ko`lamini paydo qilish 
vositasida dunyoning qiyofasi, voqelikning belgilari tizimini (raqam, yozuv) yaratadi. Sezgilar ham, 
idrok ham, ong ham yo`nalishni aniqlash tizimini insonga ta`minlab bermaydi. Bu vazifani 
ma`lumotlarni o`zida saqlamasdan, nazariy modellar va axborotlar bilimini to`plashni vujudga 
keltirish uchun faqat material bo`lib xizmat qiluvchi mazmun bajaradi. 
4) Axborotlarni yaratish va yig`ish vazifasi – xabarlarni yig`ish va saqlash, xotira yoki 
xabarlarni biror buyumlarga yozish (qo`lyozmalar, suratlar, plastinkalar, kitoblar, kinotasmalar, 
magnit tasmalari yoki raqamli yozuvlar)dan iborat. Har qanday holatda ham axborot yaratish, uning 
ahamiyati va mazmunini tartibga solish bo`yicha ma`lum usul va belgilar tizimi zarur. Hozirgi 
davrda keng ko`lamli va o`ta ahamiyatli belgilar tizimi til bo`lib qolmoqda. 
5) Kommunikativ (aloqa almashuv) vazifa - mohiyatni aniqlash uchun bilimlar, fikrlar, 
ma`naviy omillarni o`zaro almashuvdir. Ijtimoiy hayot doimiy ravishda energiya, axborot, o`zaro 
amaliy hamkorlikni taqozo qiladi. Zotan, faqat turli tiplarning (an`anaviy, funktsional, shaxslararo, 
ishlab chiqaruvchi, madaniy - ma`rifiy) munosabati jamiyatning mavjudligini va uning keyingi 
taraqqiyotini ta`minlashga qodir. 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling