Ma`deniyat taniw uzb
Fenomen – ko`ga tashlanib turgan aniq holat yoxud kam uchraydigan hodisa. Ziyolilik
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
madaniyatshunoslik asoslari
Fenomen – ko`ga tashlanib turgan aniq holat yoxud kam uchraydigan hodisa.
Ziyolilik – bilimlilikni anglatib, ijtimoiy tabaqa sifatida asosan aqliy mehnat bilan shug`ulanadigan xodimlar. 19 Ma`ruza – 2. MADANIY TARAQQIYOTNING ASOSIY QONUNIYATLARI REJA 5. Moddiy va ma`naviy madaniyat – madaniyatning ikki sohasi. Ularning o`zaro bog`liqligi. 6. Jamiyat hayotida madaniyatning asosiy vazifalari. Madaniyatning asosiy tizimlari. 7. Madaniyat taraqqiyotida qadriyatlarning o`rni. 8. Vorisiylik, tadrijiylik – madaniy taraqqiyotning asosiy qonuniyati. Madaniy hodisa o`rganish jarayonida shubhasiz, ikki yo`nalishga duch kelamiz. Bu ikki yo`nalish – moddiy va ma`naviy madaniyatdan iboratdir. Madaniyatning bu ikki turi bir–biri bilan o`zaro aloqada bo`lib, bir–biriga ta`sir etadi va bir–birini taqozo qilib, taraqqiy etib boradi. Moddiy madaniyat ma`naviy madaniyatning hosilasi, ayni paytda ma`naviy madaniyat ham moddiy narsalarni – belgi tasvir, buyumlarning insoniyat rivojidagi vazifasini ko`rsatadi. Shuning uchun madaniyatshunosni faqat san`at olami – sur`at, arxitektura yoki haykaltaroshlik qiziqtirib qolmaydi, balki xalq raqslari, ko`ngilochar o`yin shakllari va ommaviy tomoshalar, an`ana va odatlar, ta`lim va fan sohalariga ham e`tibor qaratish lozim bo`ladi. Ana shundagina moddiy va ma`naviy madaniyatning bir–biri bilan o`zaro aloqadorligi va bu azaliy hodisa ekani ayon bo`ladi. Buni yanada yaxshiroq tasavvur qilish uchun tarixga murojaat etaylik. Insoniyat taraqqiyotining boshlang`ich davrlarida moddiy hayot bilan ma`naviy hayot yaxlit birlikda namoyon bo`lgan. Ibtidoiy tuzum sharoitida har ikki turdagi madaniy jarayon alohida– alohida rivojlanmagan, bir-biridan ajralmagan edi. Insoniyat hodisalar va buyumlarni bir xil, turg`un holda tushungan. Ibtidoiy davr odamining bu tarzda fikrlash jarayoni ayrim xalqlarni (masalan, italiyaliklarni) “Butun olam bir mamlakatdir” degan tasavvurga olib kelgan. Hodisa va buyumlarning bir xilligi va turg`unligini inson tabiatidagi o`xshashlikda kuzatish mumkin. Ibtidoiy davr sharoitida yashayotgan qabilalar hayotini kuzatayotgan olimlar, barcha yovvoyi qabilalar bir– biriga o`xshaydi, degan xulosaga kelganlar. Masalan, muzey eksponatlaridagi dunyoning istalgan hududidan topilgan mehnat qurollari, insonning yashash sharoitiga xos buyumlar va boshpanalar bu fikrlarni yana bir bor tasdiqlaydi. Dunyoning istalgan muzeyi eksponatlaridan toshdan yasalgan bolta, cho`kich, pichoq, nayza va b. ish qurollarini topish mumkin. Davrlar o`tib ma`naviy faoliyat moddiy madaniyatdan ajralib chiqdi. Ma`lum bir davrga xos ahloqiy mezonlar shakllandi, din, san`at, xuquq, siyosat, fan paydo bo`ldi, ma`lum doiradagi kishilar bu sohalar bilan shug`ullana boshladi. Qadimda “madaniyat“ termini faqat ma`naviy mada- niyatni nazarda tutgan. Zotan, haqiqat, ezgulik, go`zallik hukmron bo`lmog`i lozim, degan qarashlar bo`lgan. Nafaqat O`rta Osiyoda, balki butun Sharqda bu g`oya va aqidalar madaniy hayotning asosi bo`lib xizmat qilgan. Industrial jamiyat vujudga kelgach, texnika taraqqiyoti va texnologiyalar tezlik bilan almashinadigan bo`ldi. Bu esa insoniyat barcha moddiy madaniyatni o`rganishiga turtki bo`ldi. Insonlarning amaliy qayta o`zgartiruvchilik faoliyati yuzaga keldi. Aslida industrial jamiyat iqtisodiy va siyosiy inqilobning mahsuli. “Iqtisodiy inqilob“ termini ostida Angliyadan kelib chiqqan buyuk industrial inqilob nazarda tutiladi. “Siyosiy inqilob” ostida esa buyuk frantsuz inqilobini nazarda tutamiz. Har ikkalasi ham XV111 asrda paydo bo`ldi. Angliya mashinasozlik ishlab chiqarishida va yangi qonunchilikda peshqadam bo`ldi. Zavod va fabrikalarning kengayishi, ishlab chiqarish sharoitining yaxshilanishi, va odamlarning o`rtacha yoshi uzayishi natijasida industriallashtirish urbanizatsiyada olib keldi, ya`ni odamlar o`z xohish–istaklari bilan qishloqlardan shaharlarga oqib kela boshladilar. Buning natijasida esa shaharlar aholisi ko`paydi, ular qulay yashash sharoitiga, madaniy xizmatlar ko`rsatilishiga, yaxshi ta`lim olishga erishdilar. Albatta, bu tarzdagi madaniy hayot dunyoning turli mamlakatlarida har xil kechdi. O`rta Osiyo respublikalarida industrial jamiyat madaniyati X1X asr oxiri– XX asr boshlariga to`g`ri keladi. Rossiyada esa industrial jamiyat madaniyati ertaroq boshlandi. XX1 asrga kelib texnologiyaning rivoji natijasida industrial jamiyat madaniyatidan axborot jamiyati madaniyatiga o`tish jadal tus oldi. Hozirgi jamiyatda axborot izlash, tahlil qilish va tatbiq etish – taraqqiyotning asosiy omiliga aylandi. Jumladan, AQSh va G`arbiy evropa mamlakatlari “axborot jamiyati”ga misol bo`la oladi. Bu mamlakatlarda ishchi kuchlarining 60 – 80 foizi 20 bevosita va bilvosita axborot yaratish, qayta ishlash va uzatish bilan band. Axborotning turli–tuman ko`rinishlari – internet, kabel` televideniesi, videodisk va uning bir qancha turlari insoniyatning madaniy hayoti darajasiga katta ijobiy ta`sir ko`rsatyapti. Insoniyat tarixiy taraqqiyot jarayonida asosan, moddiy madaniyatga ko`proq e`tibor qaratgan va madaniyatning bir qancha ko`rinishlarini bosib o`tgan. Moddiy madaniyatning bu ko`rinishlari quyidagilardir: Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling