Mioid hujayralar.
Genetik jixatdan xar xil hujayralar tuzilishini umumiyligi buyicha birlashtirilgan:
tsitoplazmada silliq yeki ko‘ndalang targ‘il mushak to‘qimasining qisqaruvchi filamentlari
uchraydi.
Miod hujayrasining rivojlanish manbalari: entomezenxima, ektoderma, neyroektoderma,
prexordal plastinka.
1) Jaroxat bitaetgan joyning granulyar to‘kimasida uchraydi. Silliq miotsit kabi tsitoplazmada
qisqaruvchi filamentlar ko‘p (tsitoplazmaning1/3-1/2qismini). Sitoplazmada Golji kompleksi va
donador endoplazmatik to‘r yaxshi rivojlangan (kollagen sintezi uchun). 2) Miod
hujayralar urug kanallarining devori tuzilish tarkibida.
3) Mioendokrin hujayralar- YuGA apparatning yukstaglomerulyar hujayra lar tarkibida .4)
Mioepiteloid hujayralar (ektodermal)-sulak, ter va sut bezlarining sekretor bo‘limining oxirgi
qismida.
5) Mioid hujayralar timusning mag‘iz qismida (prexordal plastinkadan).
Leyomioma deb ataluvchi yaxshi sifatli o‘smalar odatda silliq mushakdan rivojlanadi.
Bunday o‘smalar ko‘pincha bachadon devorida uchraydi va bu yerda ular mioma deb ataladi.
Mioma kattalashib, og‘riq va kutilmagan holda qon ketishiga olib kelishi mumkin (Anthony
L. Mescher, Junqueira’sBasic Histology: Text and Atlas, 13-th ed.-2013).
.
Xulosa:
Mioid hujayralar:
1.muskul tuzilishga ega bo‘lmagan azolar tarkibiga kiradi.
2. mavjud to‘qimaning o‘zak hujayrasi xisoblanadi.
3.Silliq yoki ko‘ndalang targ‘il mushakning aktin va miozin filamentini saqlaydi.
XULOSA
Mushak to‘qimasi tananing fazodagi xarakati, yurak qisqarishlari va qonning tomirlar
bo‘ylab xarakati, ximusni ichak bo‘ylab surilishi, siydik ajralishi, tug‘ilish va x.k.larni
ta’minlaydi. Bundan tashqari mushak to‘qimasi energetik material deposi xisoblanadi. Mushak
to‘qimalarining tuzilishi va funktsiyalaridagi buzilishlar oqibatida turli kasalliklar rivojlanishi
mumkin.
Nerv to‘qimasi nerv sistemasining asosiy struktur va funktsional elementi bo‘lib, u
ta’sirotlarni qabul qilish, qo‘zg‘alish va impulslar o‘tishini taxminlaydi. Nerv to‘qimasi
gistofiziologiyasini bilish nerv sistemasining tuzilishi va funktsiyasini tushunish, tibbiy-biologik
va klinik fanlar (normal fiziologiya, patofiziologiya, patanatomiya, farmakologiya, asab
kasalliklari, psixiatriya) ning tegishli bo‘limlarini egallash uchun asos bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |