Маьруза: Мушак тукимаси-2 соат


Koronar arteriyalar orqali yurakning qon bilan ta’minlanishini buzilishi natijasida


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana04.04.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1326768
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Маruza matni № 5. NERV TO‘QIMASI

Koronar arteriyalar orqali yurakning qon bilan ta’minlanishini buzilishi natijasida 
ishemiya yoki kislorodning yo‘qligi tufayli yurak mushagining jarohatlanishi ko‘p tarqalgan. 
Yetuk sut emizuvchilarda yo‘ldosh hujayralarning yo‘qligi tufayli shikastlangandan so‘ng 
yurak mushagining regenerator imkoniyati juda past. Shu bilan birga, ayrim baliqlar va 
amfibiyalar
shuningdek yangi tug‘ilgan sichqonlarda yurak mushagi qisman jarohatlanganda 
satellit hujayralarning yo‘qligiga qaramay, yangi mushaklar hosil bo‘ladi. Sut emizuvchilarda 
yurak mushagining regenerator imkoniyati bo‘yicha xulosalar xayvon modellarida amalga 
oshirilgan tadqiqotlarga, birinchi navbatda, mezenximal o‘zak hujayralarning konkret 
sohalarda yangi mushaklarni hosil qilish qobiliyatini o‘rganishga natijalariga asoslangan 
(Anthony L. Mescher, Junqueira’sBasic Histology: Text and Atlas, 13-th ed.-2013).
 
 
Xulosa:
Ko‘ndalang targ‘il yurak mushagi skelet mushagidan farqli ravishda:
1. hujayraviy tuzilishga ega. 
2. Xar xil turdagi hujayraga ega. 
3. Hujayralararo aloqa (kontakt ) murakkab bo‘lib ularning yagona to‘qima sistemasi sifatida 
shakllanishini ta’minlaydi . 
4. Regeneratsiya saqlanib qolgan kardiomiotsitlar gipertrofiyasi orqali amalga oshiriladi. 
5. Qisqaruvchi kardiomiotsitlar gipoksiyaga sezuvchanligi yuqori , atipik kardiomiotsitlarniki 
esa past bo‘ladi 
Silliq mushak to‘qimasi

Filogenetik jixatdan ko‘ndalang targ‘il mushak, yurak mushagi va somatik mushaklarga 


nisbatan eng yeshi xisoblanadi . 
Gistogenetik jixatdan fibroblast bilan umumiy kelib chikishga ega : 
o‘zak hujayra→ premioblast → mioblast → silliq miotsit. 
Tuzilishi. Silliq miotsit – cho‘ziq duksimon shaklga ega, uzunligi -20dan (tomirda) 
500mkmgacha (bachadonda), kengligi-5-8mkm.
Yadrosi - 1 ta, yirik, xujayraning markazida joylashgan. Xarakterli tomoni 
pufakchalarning bo‘lishi. U ko‘ndalang targ‘il mushakdagi T-sistema kabi vazifani bajarib 
hujayraga Ca
+2
tashilishini ta’minlaydi. 

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling