Маьруза: Мушак тукимаси-2 соат


Qisqaruvchi kardiomiotsitlar


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/10
Sana04.04.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1326768
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Маruza matni № 5. NERV TO‘QIMASI

Qisqaruvchi kardiomiotsitlar. Yuqori ixtisoslashgan hujayralarning uzunligi 100-150 
mkm, diametri 10-20 mkm., shakli tsilindrsimon. Sarkolemma plazmolemma va bazal 
membranadan iborat bo‘lib qalinligi 10-40 nm. Bazal membrana o‘z tarkibida asosiy modda 
bilan bir qatorda Sa ionlarini bog‘lovchi elastik va kollagen tolalarni tutadi. 
Qiskaruvchi kardiomiotsitlarning markazida 1 ta bazida 2 ta (10-13%) oval yadro 
joylashadi. Yadro qutbi tomonda mitoxondriya, Golji kompleksi, donador endoplazmatik to‘r 
joylashgan. 
Sitoplazmaning ko‘p qismini miofibrilla egallaydi. Ular ko‘ndalang targ‘il mushak
tuzilishiga ega.Miofibrillalar orasida kristalari yaxshi rivojlangan ko‘p mikdorda mitoxondriyalar 
joylashgan Qiskaruvchi kardiomiotsit tsitoplazmasining 35-38%ini mitoxondriyalar egallaydi.
Z-chizik oldida T sistema joylashgan bo‘lib, sillik endoplazmatik to‘r bilan aloqada diad 
va triadlar xosil qiladi. 
Atipik, impuls o‘tkazuvchi kardiomiotsitlar: 

Yurakning o‘tkazuvchi sistemasini tashkil qilib, uning ritmik qisqarishini, qisqarish va 


bo‘shashish sinxronligini taminlab beradi Ularning uch xili farklanadi: 
1. Peysmeker(impulsni generatsiya qiluvchi)kardiomiotsitlar. 
2. Oraliq 
3. Purkine tolalari. 
1.Peysmeker (R-hujayralar) bu hujayra guruxi kam hujayralararo kontaktdagi yurakning 
chap qulog‘i epikard ostidagi hujayralar bulib, ular 1 min.da 70-80 chastotada impulslarni 
generatsiya kiladi. 
Shakli: yumalok yeki ko‘p burchakli, diametri 10 mkm. Sarkolemma keng va chuqur 
invaginatsiyalar xosil qiladi diametri 1-2 mkm. T sistema yuk. 
Miofibrillalar 
kam 
sonli 
bo‘lib 
tartibsiz 
joylashgan. 
Z-chizik 
yaxshi 
ko‘rinmaydi.Mitoxondriyalar kam sonli bo‘lib, mayda va kam uchrovchi kristalari bor. Sillik 
endoplazmatik to‘r, Goldji kompleks kam lekin Sa
+2
miqdori ko‘p.
2.O‘tkazuvchi kardiomiotsitlar shakli-elpigichsimon, o‘lchami R hujayraga nisbatan 
kattarok(12 mkm atrofida), T-sistema bazi hujayralarda kalta naycha ko‘rinishda. Miofibrillalar 
ko‘p, perpendikulyar ravishda bir biri bilan burchak xosil qilib joylashadi. Mitoxondriyalar
Golji kompleksi, silliq endoplazmatik to‘r yaxshi rivojlangan. Hujayralararo kontakt ko‘p 
mikdorda. 



3. O‘tkazuvchi Purkine hujayralari- o‘tkazuv sistemasining terminal hujayralari 
xisoblanadi. Yirik bo‘lib diametri 15 mkmdan katta. Endokard va miokard o‘rtasida 1-2 qatlam 
bo‘lib joylashib miokard qalinligida zanjir xosil qiladi. Yadrosi – markazda joylashgan, aylana 
yeki oval shaklida bo‘ladi. Miofibrillalari qisqaruvchi kardiomiotsitlarnikiga qaraganda kamroq 
bo‘lib turli xil yo‘nalishli bo‘ladi. Hujayraning markaziy qismi glikogen granulalari bilan 
to‘lgan. 
Mitoxondriyalar yetarli miqdorda bo‘lib kristalari ko‘p bo‘ladi yadro qutbida sarkomer 
yaqinida namoyon bo‘ladi. Donador endoplazmatik to‘r sust rivojlangan T-sistema yo‘q. Oraliq 
disk qisqaruvchi kardiomiotsitlarga qaraganda nisbatan kamroq buralib joylashadi. 

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling