Маьруза: Мушак тукимаси-2 соат
Sarkomer – miofibrillaning struktur birligi
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Маruza matni № 5. NERV TO‘QIMASI
Sarkomer – miofibrillaning struktur birligi. Xar bir miofibrilla ketma-ket bir xil
masofada keluvchi och va to‘k qismlarga ega bulib,xar bir miofibrilla silliq endoplazmatik to‘rning anastomozlanuvchi choklari va mitoxondriyalar bilan o‘ralgan . Xar bir sarkomer oldidagisidan Z –chiziq yerdamida ajralgan buladi. Z-chiziq bu aktin filamentlarining oxirgi uchi bilan bog‘langan fibrillyar oqsil molekulasi (asosan α aktin )dan iborat to‘r . Aktin filamenti Z- chiziq bilan aktin molekulasi orqali(bir uchi) va miozin filamentining molekulasi bilan (ikkinchi uchi) bog‘lanadi,bu bog‘lanishda nebulin oqsili xam ishtirok etadi. Miofibrillaning o‘rta qismi ya’ni ikkita Z-chiziq orasi qoramtir bo‘lib ( A-disk ) faqat miozin filamentidan tashkil topadi. A –diskning o‘rtasida ko‘ndalang joylashgan M – chiziq bo‘lib miomezin molekulasidan tashkil topadi . M-chiziqqa miozin filamentining oxirgi uchlari birikadi. Aktin va miozin filamentining nisbati 6:1 (geksoganal joylashuvda). Aktin filamenti bir uchi bilan Z-chiziqqa, miozin filamenti esa bir uchi bilan M-chiziqqa birikkan bo‘ladi. Ikkita filamentning kolgan ikki uchi bir biri bilan birikib filamentlar orasidagi tirkishga kiradi,lekin miozin filamenti Z-chizikka, aktin filamenti esa mushak tolasi bushashgan paytda M-chizikka yetib bormaydi. 3 Aktin va miozin filamentlari tropomiozin va troponin oqsili ishtirokida o‘zaro tasirlashadi. Mushak tolasining plazmollemasi och (І) va qoramtir (A)disklar chegarasida naysimon(T-naycha) uzun botiqlik xosil qiladi.Ular Ca +2 ning tolaga va undan orqaga transportida qatnashadi. Mushak tolasining qisqarishi to‘grisida signal kelganda xarakat potentsiali plazmollemaga o‘tadi va T-naycha membranasiga tarqaladi. Buning natijasida T- naychaga Sa +2 kelib tushadi. Ular silliq endoplazmatik to‘r membranasidan chiqariladi. Sa ionining kontsentratsiyasini ko‘payishi aktin va miozin filamentlarining o‘zaro ta’sirlashuvchi maydonini aktivlaydi. Natijada aktin filamentlari miozinga chuqur kirib M-chiziqqacha boradi . Aralash ikki Z-chiziq orasi ikki marta kamayadi va och I-disk yuqoladi . Xarakat potentsiali yuqolishi bilan silliq endoplazmatik to‘r va T naycha orqali Sa +2 tsitoplazmadan chiqib ketadi . Aktin filamenti miozin filamenti orasidagi tirqishdan sirgalib o‘tadi . Yana kaytadan och I va qoramtir A disklari ko‘rina boshlaydi. Mushak hujayrasi bo‘shashadi .qisqarish va bo‘shashishni ta’minlaydigan metabolik jaraenlar mioglabinda akkumulirlangan kislorodni va ATFni ADFga o‘tishida xalos bo‘lgan energiyani talab qiladi . Energiya glikogenni karbonat angidrid va suvga aylanishidan xosil bo‘ladi . Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling