Magistratura bo’limi musiqa ta’lim va san’AT
Tashkilotchilik faoliyati
Download 40.35 Kb.
|
Mavluda Kurs ishi
Tashkilotchilik faoliyati: O’qituvchi tarbiyalanuvchilar orasidan iqtidorlilarini tanlab oladi va ular bilan alohida ishlar olib boradi, o’zi rahbarlik qilayotgan sinfda pedagogik ishlarni amalgaoshiradi. Otaonalar va keng jamoatchilik o’rtasida mahnaviy-mahrifiy ishlarni to’ri tashkil etadi. Musiqa o’qituvchisining pedagogik mahorati O’quvchilarning aqliy va axloqiy kamolotida musiqa o’qituvchisi shaxsi alohida o’rin tutadi. Uning dunyoqarashi keng, qalbi pok, shirin so’z, bolajon bo’lmog'i lozim. Bunday fazilatlarni har qanday shaxsda ham tarbiyalab bo’lmaydi. U ma'lum ma'noda tuma bo’ladi. Pedagogik mahorat yoki san'at – bu qandaydir qo’l bilan tutib bo’lmaydigan, fahm-farosat bilan amalga oshiriladigan jarayon, izlanishlar, kechinmalar, ko’pdan-ko’p kundalik ishlar, bolalar bilan olib boriladigan daqiqalar demakdir. Bu–bilimlarning ilmiyligi, tarbiyadagi muammolarni yechishga qodirlik, bola shaxsiga ehtiborbilan yondashish, rivojlangan tasavvur va hokazolar yig'ndisidir. Hozirgi zamon musiqa o’qituvchisining ijodiy faoliyatida pedagogik mahorat quyidagilarda yaqqol namoyon bo’ladi:
- musiqa tarbiyasida yangi usul va vositalarni izlashda, ularni anhanaviy usullar bilan mohirona bolab olib borishda; - hayot va musiqa sanhati o’rtasidagi boliqlikni ko’rsata olish vao’rgatishda; - musiqaning mazmuni va mahnosini bolalarga yetkazishda,fanlararo aloqani amalga oshirishda; - musiqa o’qituvchisining o’z ustida doimo ishlashi va ijodiy izlanishida. O’qituvchining yuqori professional tayyorgarligi musiqa darslarining takomillashuvida hamda musiqa sanhatining tarbiyaviy potentsialini amalga oshirishda katta ahamiyat kasb etadi. XULOSA. Har xil mazmundagi matnlarni o’ziga xos usullar bilan o’zlashtirish qabul qilinganligi uchun o’rgatishning qanday bo’lishi uning mazmunidan kelib chiqadi, bu esa o’rganishni tashkil etuvchi, ya'ni o’rgatuvchiga bog’liq. Xulosa qilib aytganda, didaktik tafakkur bu - o’rganish, o’rgatish va ta’lim mazmunining doimiy aloqalari, munosabatlarini izlash, aniqlash demakdir. O’qituvchi o’quvchilarni faollashtiradigan, o’zi va o’rganuvchi uchun qulay bo’lgan yo’llarni, usul va uslublarni, o’qitish shakllari, metod va vaziyatlarni izlaydi, zamonaviy pedagogik texnologiyaga suyanib, o’quv jarayoni samaradorligini oshiradi. O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatib, o’quv jarayonining yuqori sifat va samaradorligiga erishadi. Shu boisdan ham, pedagogik texnologiya, didaktik texnologiya, ta’lim texnologiyalariga o’quv jarayonidagi eng samarali vositalar deb qaralmoqda. Ulardan dunyo pedagogik amaliyotida keng foydalanilmoqda. Xozirgi kundagi eng dolzarb masala va vazifa ta’lim standarilarini o’quv jarayoniga tatbiq etishdan iboratdir. Shuningdek, musiqaning jamiyat ijtimoiy xayotidan roli ham beqiyos kattadir.U jamiyat miqyosidagi bayram tadbirlari, siyosiy va ijtimoiy tadbirlar hamda sport tadbirlari o’tkazishda o’zining muxim hissasini qo’shadi. Insonlarni jamiyatning chaqiriqlariga javob berishga da’vat etadi. Bundan tashqari musiqa insonlarni jamiyat ijtimoiy axloq normalariga rioya qilishga chaqiradi. Jamiyat axloq normalari ichida kishi-kishiga do’st, o’rtoq va birodar bo’lishi lozim. Musiqa esa avvalo insonlar o’rtasidagi, qolaversa elatlar, millatlar o’rtasida do’stlik va birodarlikka chorlaydi. Bunga xayotdan juda ko’p misollar keltirishimiz mumkin. Bu ishda asosiy rolni davlat radio va televideniyasi, qolaversa o’tkazilayotgan ijtimoiy-siyosiy va musiqiy tadbirlar teatr va kino san’ati o’ynaydi. Download 40.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling