Magistratura bo’limi musiqa ta’lim va san’AT


Kurs ishining dolzarbligi


Download 40.35 Kb.
bet2/10
Sana25.01.2023
Hajmi40.35 Kb.
#1118871
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mavluda Kurs ishi

Kurs ishining dolzarbligi: Bugungi globallashuv jarayoni jadal ketayotgan davrda milliy qadriyatlarimiz, xalqimiz ma’naviyatini asrab-avaylash va yanada yuksaltirish, yoshlarimiz qalbini va ongini zararli g’oya va mafkuralardan saqlash bugungi kunning muhim masalalaridan biridir.
Biz keyingi paytda, ming afsuski, “ma'naviyat” tushunchasining obro’yini tushirib yubordik. Ma’naviyatga go’yoki keraksiz narsadek munosabatda bo’ldik. Bugun ko‘pchilik yoshlar ongini iste’molchilik kayfiyati, Vatan, el-yurt taqdiriga beparvolik, “ommaviy madaniyat” ko’rinishlari egallab olmoqda. O’zingiz ayting, o’z xalqining tarixini, ma’naviy va diniy qadriyatlarini hurmat qilmaydigan, ularni himoya qilishga qodir bo’lmagan odam vatanparvar va elparvar bo’lishi mumkinmi?
Buyuk ajdodlarimiz o’zlarining ilmiy va ijodiy kashfiyotlari bilan dunyoga ustozlik qilishgan. Boshqalarga ergashmagan, balki boshqalarni o’z ortidan ergashtirgan. Biz ham ergashuvchi emas, ergashtiruvchi kuchga ega xalq bo’lishimiz shart. Aks holda, taraqqiyot yo’lidan chekkaga chiqib, yana tanazzul botqog’iga botamiz. Ota-bobolarimiz erishgan marralarni osongina boy berib qo’yamiz. 
Kurs ishining maqsadi: tarbiyadagi muammolarni hal etishda zarur bo’lgan milliy qadriyatlardan amaliy foydalanish yo’llarini belgilab olish hamda, o’quvchi tarbiyasiga musiqa madaniyati fanining tarbiyaviy ahamiyati. Bu yo’nalishda o’ziga xos usullar tizimini ishlab chiqish.
Kurs ishining vazifalari:
- O’quvchitarbiyasigamusiqamadaniyatifaniningtarbiyaviyahamiyati.
-O’quvchilar tarbiyasini milliy qadriyatlar asosida tashkiletish bo’yicha tajriba- sinov ishlarini amalga oshirish vahokazolar.
Kurs ishining predmeti: o’quvchilarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash mazmuni, shakllari, metodi va vositalari. O’quvchilarni musiqa darslarida-o’quvchi yoshlarning ongini va milliy tafakkurini oshirish malakalarini shakllantirish mazmuni, shakl va usullari.
Kusr ishining obyekti: o’quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash jarayoni.

Download 40.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling