Magistratura bosqichi 5A120102 Lingvistika (o‘zbek tili) mutaxassisligi
Download 295.08 Kb.
|
1-kurslar uchun UMK. Tilshunoslik metodologiyasi.
Tayanch tushunchalar: idialistik nuqtayi nazar, nazar ruhoniy, mashshoiya (moddiyun), obyektiv, obyektiv idealizm, idealistik materializm, dualistik qarash, ilmiy yo‘nalish, diniy yo‘nalish.
Tadqiqotchining tayanch nuqtayi nazari falsafaning bosh masalasi – nima birlamchi, materiyami, ongmi? Nima nimani yaratdi? Ong (ruh, xudo, g‘ayri moddiy kuch) borliqni yaratdimi, borliq (materiya) ongnimi? – so‘rog‘iga nisbatan qanday munosabatda ekanligiga ko‘ra ikki xil: a) idealistik (ruhoniy); b) materialistik (mashshoiy) bo‘la oladi. Na ruhoniy, na materialistik qarash tarafdorlari tayanch nuqtayi nazarlarini isbotlay olmaydilar. Buni isbotlab bo‘lmaydi ham. Materialistlar idealistlarni fahmiy bilish va nominalistik yondashish nuqtayi nazaridan turib inkor qilishsa, idealistlar (ruhoniylar) materialistlarni (mashshoiylarni) idrokiy bilish va dialektik yondashish nuqtayi nazardan turib inkor qilishadi. Inkorning asoslari har xil bo‘lganligi sababli ularning hech birini qabul qilib bo‘lmaydi. Tadqiqotchi u yoki bu nuqtayi nazarni oddiygina isbotsiz (aprior), o‘zining ishonchi sifatida qabul qiladi va shu nuqtayi nazardan turib tadqiqot olib boradi. Idealistik qarashlar ham, materialistik qarashlar ham o‘z ichida o‘nlab yo‘nalishlar, oqimu maktablarga bo‘linadi va bular falsafa kursidan, shu masalalar tahliliga bag‘ishlangan tadqiqotlardan Sizga tanish. Idealistik qarashlardan eng ashaddiysi mutaassib (mustabit va muztabit1) diniy dunyoqarash bo‘lib, xoh nasroniy, xoh buddaviy, xoh islomiy yoki idrokiy kabi dunyo dinlarida bo‘lsin, ilm-u fan taraqqiyotiga yo‘l qo‘ymaydi – din jamiyatda ijtimoiy hayotni boshqarar ekanmi, bu jamiyat tanazzul va kasodga mahkumdir, zero jamiyat taraqqiyotini ilm-u amal (ya’ni texnika) belgilaydi, din esa bunga yo‘l bermaydi.2 Birinchidan, din mutlaq taqdir tushunchasini kiritib, barcha narsa yaratuvchining irodasiga bog‘liqligi, barcha narsaning o‘tmishi va kelajagi, yaratuvchi irodasi, xohishi bilan bog‘liqligini uqtirib, ilmiy izlanishlarga, taraqqiyotga jamiyat hayotini inson iroda va xohish asosida yangilashga qattiq to‘sqinlik qiladi. Jahonda o‘z vaqtida ilg‘or davlatlarda (chunonchi, Yunoniston va Rim, O‘rta Osiyo, Kichik Osiyo, Yaqin Sharq davlatlari va h.) diniy teokratik tuzum mutlaqlashgach, bu davlatlarda taraqqiyot inkvizitsiya tomonidan bo‘g‘ildi, rivojlanish to‘xtab qoldi. IX–XIII asrlarda Sharqda, jumladan, bizning Vatanimizda ochilgan ilmiy qonuniyatlardan (jumladan, bug‘lanish, suv ostidan issiq suv va olov chiqishi, mineralogiya bo‘yicha kashfiyotlar, davolash – tib qonunlari, o‘simliklarning shifobaxsh xususiyatlari va ulardan dori-darmon tayyorlash texnologiyalari, tillarni o‘zaro qiyoslash va tillarning tipologiyasi hamda qarindoshligi bo‘yicha qonuniyatlar, qarindosh tillarda tovush mos kelishi qonuniyatlari3) amaliy foydalanishga diniy mutaassiblik – G‘arbda inkvizitsiya, Sharqda shariat va muftiylar – yo‘l bermadi, har qanday yangilik Yaratuvchiga shakkoklik, uning ishiga aralashish sifatida qoralandi va ta’qib etildi. XVIII asrgacha, ya’ni G‘arb inkvizitsiya siqig‘idan qutulgan davrgacha – jahon diniy uyquda bo‘ldi. Shunday ekan, fan taraqqiyoti ham to‘xtab qoldi, jumladan, tilshunoslik ham. Tilshunoslik Yeropada antik davr Yunon va Rim tilshunosligi (Iskandariya lingvistik maktabi) nazariy bosqichida, Sharqda VIII–XI asr islom (arab) tilshunosligi nazariy yutuqlari va tahlil usullarida – G‘arb XV asr, Sharq qariyb 8 asr davomida – depsinib turdi. Ikkinchidan, din fanning rivojlanishiga, xususan, tabiiy fanlar taraqqiyotiga tamoman qarshi edi. To‘g‘ri, biror dinda “o‘qimang, o‘rganmang” degan da’vat yo‘q. Barcha dinlar ilm va bilimga intilishga da’vat etadi. Islom dinida “Talabul ilmi farizatun ala kulli mo‘minin va mo‘minatin” – “Ilmga intilish barcha mo‘min va mo‘minalarga farzdir” mazmunida hadisi sharif bor. Bu hadisi sharif payg‘ambarimizning Madina davri hayotiga (622–632- yillar) – Islom endigina targ‘ib etilayotgan davrga oid. Lekin XIV asrdan keyin mustabitlashgan Islom (hokimiyatni qo‘lga olib, qat’iylashgan din) “ilm” deganda nimani nazarda tutardi? Bu savolga XIV asrdan XIX asr boshlarigacha musulmon davlatlarida forsiy va turkiy tillarda bitilgan, eng asosiy ommaviy darslik bo‘lgan “Chahor kitob” (“Chor kitob”) shunday javob beradi: “Ilmdan maqsad to‘rt turli ilmdur. Birinchisi tavhid ilmi. Ikkinchisi namoz ilmi. Uchinchisi ro‘za ilmi. To‘rtinchisi hayz va nifos ilmi”.1 Bu sharhdan anglashilib turibdiki, mutaassib islom peshvolari din targ‘ib davridan hokimlik mavqeiga ko‘tarilgach, o‘z hukmini Hadis va Qur’oni Karim oyatlari sharhiga ham o‘tkazib, ularni o‘z maqsadlariga bo‘ysundirgan. Vaholanki, Muhammad alayhissalom “ilm” so‘zini ilm, fan, bilim, jumladan, dunyoviy, tabiiy fanlar ma’nosida qo‘llagan. Bo‘lmasa, “Ilm Chinda (Xitoyda) bo‘lsa ham, borib o‘rganing!” kabi hadislarni aytmagan bo‘lardi. Chunki namoz, ro‘za, tahorat ilmi Chinda bo‘lmaydi. Shu sababli mutaassib ruhoniy – diniy nuqtayi nazarda turgan olim fan taraqqiyotiga hech qanday jiddiy hissa qo‘sha olmaydi. Uning qo‘lidan voqea hodisalarni oddiy bayon qilishdan boshqa ish kelmaydi. Shunda ham u ro‘y bergan hodisalar sababini axtarmaydi, “Vallohu a’lam bissavob” (“to‘g‘risini Alloh biladi”) yoki taqdiri azal deb ketaveradi. XV–XIV asrlarda Markaziy Osiyoda tabiiy fanlar taraqqiyotining so‘nishi ham bevosita shu bilan bog‘liq. Lekin idealistik (ruhoniy) nuqtayi nazarda turib fanga salmoqli hissa qo‘shgan tabiiy fanlar vakillari oz emas. Bular, asosan, haqqoniy idealizm (obyektiv idealizm) yoki dualistik (idealistik-materialistik) nuqtayi nazarda turgan olimlar. Fan taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ahmad Farg‘oniy, Ulug‘bek, Galileo Galiley, Jordano Bruno, Isaak Nyuton dualistik, Immanuil Kant, Fridrix Gegel, Plank, Albert Eynshteyn, hatto, Avgust Shleyxer, Vilhelm Gumboldt, Ivan Pavlov, Sechenov kabi olimlar obyektiv idealistik nuqtayi nazarda turishgan. Dualistik qarashning mohiyati shundaki, ular borliqni, jumladan, til va uning birliklarini, asosiy mutlaq qonuniyatlarni (chunonchi, til tabiatan ramziy sistema ekanligi, tilda shakl va mazmun, barqarorlik ~ o‘zgaruvchanlik, umumiylik ~ xususiylik, sabab ~ oqibat munosabatlarini va h.) Haq yaratganligini va belgilaganligini tan oladi. U yaratdi, qonuniyatlarni o‘rnatdi, yaxshi-yomonni farqladi, insonga aql berdi, “Tanla!” va “O‘rgan!” dedi. O‘zi esa oxiratda inson faoliyatini yana baholaydi. Haqning dunyoviy ishlariga aralashuvi shu bilan cheklanadi. Haq yaratgan qonuniyatlardan (masalan, bug‘ning suvdan yengil va siyrakligidan) foydalanish (ya’ni bug‘ mashinasi yaratish), buning uchun Haqqa hamd aytish uning qudratini namoyish qilish ne’matlaridan bahramand bo‘lish bilan teng. Ibn Sino og‘ir kasallarni o‘simliklarning shifobaxsh xossalaridan, inson ruhiyati (psixikasi) va signal sistemasidan foydalanib davolagan. Bu bilan u o‘zini Haq san’atini ochgan va uni namoyon etgan deb sanardi. Shuning uchun shayxurrais iftixor bilan: Download 295.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling