Magistratura bosqichi 5A120102 Lingvistika (o‘zbek tili) mutaxassisligi


Download 295.08 Kb.
bet35/107
Sana05.01.2022
Hajmi295.08 Kb.
#212875
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   107
Bog'liq
1-kurslar uchun UMK. Tilshunoslik metodologiyasi.

Diniy yo‘nalish barcha narsa-hodisalar yaratuvchisi taqdir deb biladi. Inson va borliq – oddiy qo‘g‘irchoq. Sharqda ham, G‘arbda ham bu yo‘nalish hamisha ilmiy yo‘nalishning ashaddiy dushmani edi.

Materialistik nuqtayi nazar oddiy (vulgar), ilmiy kabi yo‘nalishlarga ega. Juda ko‘p hollarda u ateizm bilan bog‘liq. Uning idealistik qarash bilan bog‘langan yo‘nalishi yuqorida ko‘rib o‘tilgan dualistik nuqtayi nazarni beradi.

Oddiy, ongsiz (intuitiv) materializm borliqdagi narsa, voqea, hodisalarni qanday bor bo‘lsa, shunday tasvirlashda realizm, mexanisizm, nominalizm, sensualizm kabi yondashuvlarda namoyon bo‘ladi.

Materializmning dialektik usul bilan bog‘langan ko‘rinishi dialektik materializm sifatida sovet fani va siyosatida asosiy metodologik asos sifatida qabul qilingan edi. Lekin 20–80- yillarda materialistik asosni, xususan, uning ateistik mohiyatini mutlaqlashtirish, dialektikani og‘izda tan olib, amalda undan chekinish – fetishizmga – fan va iqtisodga biryoqlama yondashishga, ulkan imperiyada bozor va tovar ishlab chiqarish qonuniyatlarining buzilishiga, toptalishiga olib keldi. Buning oqibatida SSSRda parchalanishga, iqtisod, siyosat va mafkurani batamom yangilashga, bozor iqtisodiyotini yangi asoslarda tiklashga zarurat paydo bo‘ldi.



Savollar:

  1. Tilga idealistik va materialistik yo‘l bilan qarash nima?

  2. Ilmiy, diniy yo‘nalishlarni farqlang.


Adabiyotlar:

  1. Нурмонов А. Лингвистик тадқиқ методологияси, методикаси ва методлари. –Т. 2010.

  2. Бушуй Т., Сафаров Ш. Тил қурилиши: таҳлил методлари ва методологияси. – Тошкент, 2007.

  3. Бушуй Т. Язык в истории развития человеческой мысли. -Ташкент: Фан, 2011.

  4. Нурмонов А. Структур тилшунослик: илдизлари ва йўналишлари.

Андижон, 2006.

  1. Степанов Ю.С. Методы и принципы современной лингвистики. М., 2001.



Download 295.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling