Magistratura bosqichi 5A120102 Lingvistika (o‘zbek tili) mutaxassisligi


-MAVZU ILMIY TADQIQ METODOLOGIYASI TARKIBIY QISMLARI ORASIDAGI MUNOSABAT. FETISHIZM HAQIDA


Download 295.08 Kb.
bet36/107
Sana05.01.2022
Hajmi295.08 Kb.
#212875
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   107
Bog'liq
1-kurslar uchun UMK. Tilshunoslik metodologiyasi.

12-MAVZU

ILMIY TADQIQ METODOLOGIYASI TARKIBIY QISMLARI ORASIDAGI MUNOSABAT. FETISHIZM HAQIDA

Reja:

  1. Ilmiy tadqiqotning tarkibiy qismlari.

  2. Fetishizm.

Tayanch tushunchalar: fetishizm, metodologik tamoyillarning tatbiqi chegaralari va o‘rinlari, grammatik fetishizm, milliy grammatika, tilshunoslikda go‘l (vulgar) materializm, yafetik nazariya, til haqida yangi ta’limot

Ilmiy tadqiq metodologiyasi bilish bosqichi (fahmiy, idrokiy), yondashish usuli (nominalistik, dialektik), tadqiqotchining tayanch nuqtayi nazari) kabi tarkibiy qismlari ko‘rinishlariga ko‘ra 8 mantiqiy-riyoziy turga ega bo‘lishini sanab o‘tgan edik. Bular mantiqiy-riyoziy usul bilan chiqarilgan turlar. Haqiqatda esa bilish bosqichi, yondashish usuli, tadqiqotchi tayanch nuqtai orasida uzviy bog‘lanish mavjud. Bu asosan ikki ko‘rinishda bo‘ladi:

1) fahmiy-nominalistik-materialistik;


  1. 2) idrokiy-dialektik-idealistik.

Birinchi bog‘lanish tadqiqotchiga narsaning zohiriy, tashqi tomonlarini tavsiflashda, ikkinchi majmua uning ichki, botiniy munosabat va aloqadorliklarini ochishda qo‘l keladi. Narsada (o‘rganish obyektida) bu tomonlarni bir-biridan uzish mumkin emas. Xususan, shakl va mazmun butunligi tabiatli til birliklarini o‘rganish jarayonida buni esdan chiqarmaslik lozim. Ilmiy tadqiq jarayonida tadqiqotchi ilmiy tadqiq metodologiyasining biror tarkibiy qismini mutlaqlashtirmasligi kerak. Har bir qismning o‘z xususiyati, narsaning ma’lum qirrasini haqqoniy tavsiflashda ilmiy ahamiyati bor. Metodologiya tarkibiy qismilaridan birortasini mutlaqlashtirish, uni qat’iy, mutlaq, buzilmas qonun deb tatbiq etilishi, mumkin bo‘lgan va bo‘lmagan o‘rinlarda zo‘rma-zo‘rakilik bilan tatbiq etishga intilish fetishizm, fetishizatsiyaga olib keladi. U istagan turdagi tadqiqotga, xususan, amaliyot bilan bog‘liq izlanish va xulosalarga katta ziyon yetkazadi. Bu zarar, asosan, ikki ko‘rinishda:

a) nazariy hukmlar noto‘g‘riligida;

b) amaliyotda obyektiv ijtimoiy ontologik qonuniyatlarning buzilishida, jamiyatni, jumladan, fanni tanazzul (krizis)ga olib kelishda namoyon bo‘ladi.

Fan va madaniyatda, ijtimoiy munosabatlarda fetishizm, ko‘p hollarda, teokratik (din hukmronligi), monarxik (yakka hokimiyat) va partokratik- fashistik (ma’lum bir guruhning mutlaq hokimiyati) boshqarish usullari davri uchun xos bo‘lib, jamiyat, uning fani va madaniyati, iqtisodi va rivoji uchun fojea. VIII–XVIII asrlarda G‘arbda xristian (nasroniylik), XIV–XIX asrlarda Sharqda islomiy teokratiyaning xunuk oqibatlari bo‘yicha jild-jild tahlillar va tavsiflar yaratilgan.1 Germaniyaga va butun jahonga fashizmning keltirgan zarari hammaga ayon.2

19271929- yillarda Moskvada Kommunistik akademiyaning tilshunoslik sho‘basi tarixiy, qiyosiy va tavsifiy grammatik tadqiqotlarga qarshi va yafetik nazariya himoyasiga bag‘ishlab qator munozaralar o‘tkazdi. Ilmiy tilshunoslik o‘rnini tilning ustqurma va sinfiy ekanligi, dehqon, ishchi, hatto, ziyoli va hukmron tabaqa vakillarining tili boshqa-boshqa ekanligi, butun dunyodagi tillar, ularning so‘z va qo‘shimchalari to‘rtta unsur – yon, rosh, sal, ber dan kelib chiqqanligi, dunyodagi barcha tillarning kelib chiqish manbai bir ekanligi, shuning uchun tillar oilasi va qarindoshligi haqidagi ta’limot yolg‘on va marksizmga bo‘hton, sinfiy dushman mafkurasi ekanligi haqida uydirma “nazariya” tilshunoslikda hukmron bo‘ldi. I.A.Boduen de Kurtenening shogirdi, butun dunyo tan olgan tilshunos, yangi davr yapon, koreys, o‘zbek va qirg‘iz tilshunosligi poydevori bunyodkori Y.D.Polivanov (1891-yilda tug‘ilgan, 1937-yil martida qamalgan, 1938-yil 25- yanvarda otilgan)ning Kommunistik akademiya o‘tkazgan mazkur munozaralarining birida bunday soxta “ilmiy” uydirmlarga qarshi chiqishi o‘sha davr matbuotida “bir vaqtlar ruhoniy tilshunos sifatida fosh etilgan qoraguruhchilar namoyandasi, Boduen de Kurtene asoslagan subyektiv-idealistik tilshunoslik maktabining sodiq davomchisi Yevgeniy Polivanovning ko‘ngilni aynitadigan, jonchiqarar holatdagi chinqiriqlari” deb baholangan edi.3 Bu uydirma “nazariya”, soxta materialistik tilshunoslik SSSRda 50-yillar boshlarigacha hukmron bo‘ldi. Uning tazyiqini yo‘qotish, 20-yillardagi Boduen de Kurtene tilshunosligi an’analarini tiklash uchun “xalqlar dohiysi” I.Stalinning aralashuvi zarur bo‘ldi.

Demak, o‘zbek grammatik talqinlari, o‘zbek grammatikalari rus tili grammatikalari namunalarida, ularni fetishizatsiyasi asosida yaratilgan. Buni bartaraf etish, milliy grammatikani milliy mafkurani o‘z ustida ko‘tarib turadigan mustahkam poydevorga aylantirish bo‘lajak tilshunoslarning burchi. Buning uchun tilshunos sinalgan, uqilgan, onglilik bilan izchil, hech qanday mutlaqliksiz tatbiq etiladigan metodologik tamoyillarga ega bo‘lishi, har bir tamoyilni o‘z o‘rnida mohirona ishlatishni bilishi kerak.




Download 295.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling