Magistratura bosqichi 5A120102 Lingvistika (o‘zbek tili) mutaxassisligi


Tadqiq manbai (predmeti)ning obyektivligi


Download 295.08 Kb.
bet39/107
Sana05.01.2022
Hajmi295.08 Kb.
#212875
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   107
Bog'liq
1-kurslar uchun UMK. Tilshunoslik metodologiyasi.

Tadqiq manbai (predmeti)ning obyektivligi (1-tamoyil)3 tilshunosdan o‘rganilayotgan lisoniy hodisani rang-barang sharoitlarda, xilma-xil birikuvlarda aniqlashni, ularga o‘zidan hech bir narsani qo‘shmaslikni va hech bir narsani inkor etmaslikni, narsa qanday mavjud bo‘lsa, shunday ko‘rish va qabul qilishni talab etadi.

Til birligi xilma-xil sharoitda rang-barang xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin. Mana shu har xil belgilar narsaning o‘zida, mohiyatida, zotida birlashadi, mujassamlashadi. Har bir til birligi majmui sifot (belgi-xususiyatlar yig‘indisi) sifatida qaralishi (2-, 4-, 5-, 6-, 10-tamoyillar) shu bilan bog‘liq.

Masalan, [i] unlisi |kir| so‘zida yumshoq, |qir| so‘zida qattiq bo‘lsa, uning tabiati qattiqlik-yumshoqlikka befarqdir; uni, tilshunoslar tavsiflashganidek “old qator unlisi” deb baholash mumkin emas – bunday baho noobyektiv, yolg‘on, uydirma. Xuddi shunday egalik qo‘shimchalari 1) kitobi, 2) ukasi, 3) yo‘qligi, 4) gapirishi, 5) kechalari, 6) aftidan, 7) qaysi kabi birikishlarda xilma-xil shakl, ma’no, vazifa, mohiyatga ega. Bularning barchasi egalik qo‘shimchasida mujassamlangan va konkret sharoitda voqelanadi deb qaralishi lozim: voqelanishlar qanchalik bir-biridan uzoq va o‘zaro ziddiyatli bo‘lmasin, shu alohidalikning umumiyligidan, hodisaning mohiyatidan, voqeliklarning imkoniyatidan, oqibatning sababidan (AHVO – UMIS), tajallining zotidan, tasodifning zaruratidan va h. hech qachon xoli bo‘lmaydi.

Dialektik narsa – majmui sifot tamoyili bilan uning 4- (narsada ichki ziddiyatlar), 5- (narsa qarama-qarshiliklar butunligi, birligi), 6- (qarama-qarshi tomonlarning voqelanishi, mavjudligi) tamoyillari uzviy bog‘liq­. Bular esa, o‘z navbatida, dialektik bilishning analiz va sintez (tahlil va umumlashtirish) (7- tamoyil), narsa­ning o‘zga narsalar bilan cheksiz munosabatlarda bo‘lishi (8- t), narsa aloqador­lik­larining cheksizligi (10- t) bilan uzviy bog‘langan­. Chunon­chi, egalik qo‘shimchasi turli xil so‘zlar bilan birikkanda xilma-xil ma’nolarga ega bo‘ladi. Bu qobiliyat (birikish va xilma-xil vazifa bajarish) egalik qo‘shimchasida mujassamlangan, lekin har xil sharoitlarda voqelanadi. Bunda sharoit ma’lum bir turdagi xususiyatni (nominalistik talqinlardan farqli o‘laroq) yaratmaydi, balki narsa (UMIS, zot, tadqiq manbai) mujassamlangan imkoniyatning yuzaga chiqishiga qulay vaziyat yaratadi, xolos.

Egalik qo‘shimchalarining mohiyatini aniqlash uchun:

a) ularning rang-barang qo‘llanilish, voqelanish holatlarini fahmiy usul bilan obyektiv tadqiq qilish;

b) qo‘llanilish sharoiti, har bir sharoitda shakl, ma’no, vazifalarini;

d) egalikdan shaklan va mohiyatan farqlanadigan, lekin qaysidir jihatlari asosida ularga o‘xshash yoki mutlaqo zid bo‘lgan til hodisalari bilan o‘xshashlik, farq, zid

lanishlarini aniqlab sistema­lash­tirish (batartib joylashtirish) va tavsiflash lozim.

Egalik qo‘shimchalarining bunday aloqadorliklari esa deyarli cheksiz. Masalan,



  1. Bu mening kitobim.

  1. Bu kitob meniki.

  1. Bu kitobning egasi men (Bu kitobning egasi menman).

  1. Bu kitobning egasiman.

  1. Bu kitob mening mulkim.

  1. Bu kitob mendan.

  1. Bu kitob menga tegishli (qarashli).

Bu 7 sirada ma’lum o‘xshashlik mavjud, barchasi “kitob”ning “men”ga qarashliligini ifodalaydi. Bunday holatlar deyarli cheksiz va har bir hodisani chuqurroq o‘rganish uning yangi-yangi qirralarini ochadi hamda yana ham o‘rganish zarur ekanligini – endi yangi, avval esa xayolga ham kelmagan tomonlarni – ko‘rsatadi. Mana shuning uchun ham kishi qancha ko‘p bilsa, bilmasligini uqadi. Gyote Faust tili bilan: “Shuncha o‘rgandim, lekin nodon edim, nodonman, hamon”, – deb bejiz aytmagan.


Download 295.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling