Magistratura bosqichi 5A120102 Lingvistika (o‘zbek tili) mutaxassisligi
Download 295.08 Kb.
|
1-kurslar uchun UMK. Tilshunoslik metodologiyasi.
Dialektik tadqiq tamoyillari
Mazkur tamoyillarga diqqat qilinsa, ular asosida tadqiq manbai (narsa)ni o‘rganish jarayonida: a) dialektikaning uch asosiy qonuni (qarama-qarshiliklar birligi, inkorni inkor, miqdor o‘zgarishlarning sifat o‘zgarishlariga o‘tishi) ham; b) dialektik mantiqning oddiy (formal) mantiq “uchinchisi mustasno” qonuniga qarama-qarshi turgan “oraliq uchinchi” qonuni ham;1 d) shakl-mazmun, umumiylik-alohidalik (xususiylk, yakkalik), mohiyat-hodisa, imkoniyat-voqelik, sabab-oqibat, zarurat-tasodif, sifat-miqdor, harakat-turg‘unlik kabi kategoriyalari ham o‘zinig amaliy tatbiqini topishiga amin bo‘lish mumkin.2 Tadqiq manbaida mana shu tamoyillarda o‘z aksini topgan tomonlarni – shu tamoyillarga xos hodisalarni ko‘rish, ochish va tavsiflash narsaning ilmiy dialektik talqini mohiyatini tashkil etadi. Tilshunos, xazina yoki qazilma boyliklar qidiruvchisi kabi, o‘z tadqiq manbaida mana shu tamoyillar voqelanishini izlashi, ochishi, kashf etishi va tavsiflashi, shu bilan ilmu fan xazinasini yangi duru gavhar bilan boyitishga intilishi zarur. Shubhasiz, bu tamoyillarning har biri tilning har bir hodisasida o‘ziga xos ravishda voqelanadi. Quyida shu xususida so‘z yuritiladi.
Download 295.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling