Magistratura bosqichi 5A120102 Lingvistika (o‘zbek tili) mutaxassisligi


Download 295.08 Kb.
bet37/107
Sana05.01.2022
Hajmi295.08 Kb.
#212875
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   107
Bog'liq
1-kurslar uchun UMK. Tilshunoslik metodologiyasi.

Savollar:

  1. Ilmiy tadqiqotning tarkibiy qismlari haqida ma’lumot bering.

  2. Fetishizm nima?


Adabiyotlar:

  1. Нурмонов А. Лингвистик тадқиқ методологияси, методикаси ва методлари. –Т. 2010.

  2. Бушуй Т., Сафаров Ш. Тил қурилиши: таҳлил методлари ва методологияси. – Тошкент, 2007.

  3. Дадабоев Ҳ. Тилшунослик назарияси ва методологияси. -Тошкент, 2004.

  4. Маҳмудов Н., Миртожиев М. Тил ва маданият. -Т., 1992.


13-MAVZU

ILMIY DIALEKTIK TADQIQ METODOLOGIYASINING AMALIY TATBIQI MASALASI



Reja:

      1. Dialektik metodologiya.

      2. Dialektik tadqiq tamoyillari.

Tayanch tushunchalar: dialektik tadqiq tamoyillari, dialektik tamoyillar va amaliyot, narsa va uning aloqadorliklari, inkorni inkor, narsa, xossa, munosabat.

Ilmiy dialektik metodologiyaning tatbiqi juda murakkab amaliyot. Buning boisi shundaki, u, bir ko‘rinishda, aql bovar qilmaydigan, aqlga sig‘mas tavsif, xulosa va hukmlarga olib keladi. Chunki, odatda, “sog‘lom aql” degan mavhum, munosabatlari va taraqqiyotidan, zamon va makondan ajratib olingan hukmlar, tavsiflar bilan ish ko‘riladi. Dialektika nuqtayi nazaridan esa munosabat va taraqqiyot silsilasidan ajratilgan har qanday narsa mavhum. “Sog‘lom aql” tadqiq manbaining barcha qirralarini, munosabatlarini ilg‘ay olmaydi. Chunonchi, “Yomg‘ir yog‘yaptimi?” so‘rog‘iga tashqariga qarab, agar yog‘ayotgan bo‘lsa: “Yog‘yapti”, – deb javob berib qo‘ya qolinadi. Vaholanki, bundan 5 chaqirim narida u yog‘mayotgan bo‘lishi mumkin. Yoki aksincha. Shuning uchun “sog‘lom aql”ning o‘zi “nosog‘lom”. U zohirbin va hozirbin, sof fahmiy, taraqqiyot va aloqador­lik­lar­dan uzilgan. Shuning uchun u mavhum.

Rivoyat qilishlaricha, idrokiyist (idrokiy bilim tarafdori) Albert Eynshteyn va nominalist (fahmiy bilim tarafdori) tabiatshunos-lingvist Vilhelm Fridrix Myuller (1863–1930) orasida shunday suhbat-munozara bo‘lib o‘tadi:

– Do‘stim, – debdi V.Myuller, – mening sog‘lom aqlim ko‘zim ko‘rolmaydigan narsaga ishonmaydi.

– Siz haqsiz, – javob beribdi daho fizik. – Men ham shunday. Sog‘lom aqlingizni stol ustiga qo‘ying, men ham unga ishonay.

Bu latifa-rivoyat fan va maishiy (turmush) tushuncha­lar­ni­ng o‘zaro munosabatini ko‘rsatadi. Maishiy (turmush) ong muayyan, zohiriy sharoitlarga tayanib ish ko‘radi. Fanning vazifasi esa bevosita kuzatishda berilmagan qonuniyatlarni ochish. Ular esa, juda ko‘p hollarda, “aql bovar qilmas”, xayoliy va g‘ayrioddiy. Fanni, jamiyat taraqqiyoti va kelajagini mana shunday dadil, aql bovar qilmas faraz va nazariyalar belgilaydi.1

Bu mavzu bayonidan asosiy maqsad shuki, juda ko‘p ilmiy ishlarda metodologiya bilan amaliy ish (ya’ni tadqiqot) orasida juda katta uzilish bor. Bu haqda avvalgi mavzularda fikr yuritilgan edi. Sovet davrida esa dialektik materializm sovet fanining metodologik asosi sifatida rasman qabul qilingan, istagan turdagi (xoh monografiya, xoh tezis bo‘lsin) ilmiy tadqiqotning birinchi bandida dialetik materializm haqida, K.Marks, F.Engels, V.I.Lenin (60-yillargacha, albatta I.Stalin) ishlari va KPSS qarorlariga havola berish majburiy edi. Bu havola o‘rinlimi, o‘rinsizmi, uqilganmi, uqilmaganmi, buning ahamiyati yo‘q edi. Maktab, o‘rta maxsus va, xususan, oliy ta’lim tizimida dialektik materializm (bamisoli teokratik tuzumlarda diniy fanlar kabi) majburiy o‘qitilar edi. Majburiylik hamisha nafratni qo‘zg‘atganidek, dialektik materializm ham, dohiylarga havola ham tadqiqotchilar nafratini qo‘zg‘ar, inson aqlining eng oliy yutuqlaridan biri bo‘lgan dialektik tadqiq usullarini chuqur o‘rganishga, ulardan tadqiqot jarayonida yo‘lchi yulduzday, mayoqday foydalanishga kamdan-kam olim ongli, ichki ehtiyoj sezardi. Bundan tashqari, madaniy va ilmiy saviyasi o‘ta past bo‘lgan “daho”lar va tuzum peshvolari, ular tayinlagan labbaygo‘y, o‘zlariga monand, saviyasi o‘zlarinikidan past mansabdorlar va fan peshvolari1 amaliy dialektikadan, azroildan qo‘rqqandek qo‘rqishar edi, zeroki dialektika hech bir ijtimoiy tuzum va tizim mutlaqligini tan olmaydi – dialektika dialektikaning o‘zidan, ya’ni hamma narsaning nisbiy va o‘zgaruvchanligidan o‘zga hech qanday mutlaqlikni tan olmaydi va barcha holat va narsaning nisbiyligini o‘rgatadi. Bu “daho”lar va ularning maddohlari esa abadiy va mutlaq hukmronlikka da’vogar edilar. Sovet davrida dialektika og‘izda qancha ko‘p bo‘lsa, ishda, amalda shuncha oz bo‘lgani ma’qul edi. Sovet tuzumi davridagi tilshunoslik tadqiqotlarida ishning kirish qismida dialektik materializm bayroq qilinar, muqaddimadan so‘ng dialektika chetlashtirilib, nominalistik yondashuv asosida yo‘l tutilar edi.

G‘arb tilshunoslik tadqiqotlarida ham, juda ko‘p hollarda, nazariya bilan amaliyot orasida katta uzilish mavjud. R.O.Yakobson, N.S.Trubeskoy, E.Koseriu, A.Zayanchkov­skiy, Sh.Balli, L.Ligeti, Y.Kurilovich kabi o‘nlab tilshunoslar fanda nazariy tadqiqotlarning muayyan faktlardan, tavsifiy ishlarning esa falsafiy-nazariy xulosa va hukmlardan uzilganligidan shikoyat qilishgan.2

Dialektik metodologiyadan amalda foydalanish uchun bu metodologiya tadqiq manbai (narsa)da nimalarni ko‘rishni, nimalarni qidirishni va topib sharhlash­ni, boshqacha qilib aytganda, narsaning dialektik tadqiqi unda nimalarni izlash, bilish va sharhlash, ochib berishni talab qilishini bilishimiz zarur.

Ma’lumki, dialektik yondashish Sharqda, xususan, tasavvufda – ilk davrlarda qadimgi Yunon va Rim antik dunyo fanidan (jumladan, Arastu, Aflotun ta’limotlaridan) oziqlanadigan bo‘lsa-da, – IX–XI asrlarda to‘la shakllangan mukammal nazariya mavqeini kasb etdi, axloq va odob sohasida turli tariqatlarning rivojlani­shi­ga asos bo‘ldi.3

Sharqdan Ibn Rushd (1126-1198) asarlarining lotincha tarjimasi asosida dialektik talqin aberroizm yo‘nalishi orqali G‘arbiy Yevropa falsafiy fikrida qaytadan jonlanib, uning ravnaqiga – Bekon – Dekart – Kant silsilasiga katta ta’sir ko‘rsatdi va F.Hegel (1770–1831) ta’limotida o‘z cho‘qqisiga ko‘tarildi.

F.Hegel asarlari, xususan, uning “Mantiq fani” (“Наука логики”) tahlili asosida faylasuflar o‘rganish manbaiga (narsaga) dialektik yondashishning 16 tamoyilini ajratdilar.4 Bu tamoyillar quyidagilar:


1- jadval


Download 295.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling