Magistratura bosqichi 5A120102 Lingvistika (o‘zbek tili) mutaxassisligi


Download 295.08 Kb.
bet43/107
Sana05.01.2022
Hajmi295.08 Kb.
#212875
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   107
Bog'liq
1-kurslar uchun UMK. Tilshunoslik metodologiyasi.

Inkorning inkori (14- t) ham tilda keng tarqalgan hodisa. Chunonchi: ko‘rmagan emasman  ikki inkor bir tasdiq. O‘zbek tilida mohiyatan o‘zaro zid ma’noli (morfologik antonim) bo‘lgan chiqish va jo‘nalish kelishigi shakllarining gapirishga qo‘rqdi – gapirishdan qo‘rqdi holatlarida ma’nodoshligi (morfologik sinonimligi) ham shu qonun bilan izohlanishi mumkin.

Dialektikaning sanab o‘tilgan 16 tamoyili istagan til birligida namoyon bo‘ladi. Faqat shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, ilmiy dialektik bilish tamoyillari hech qachon alohidalikda, biri ikkinchisidan (aniqrog‘i, boshqa 15 tasidan) ajralgan, uzilgan holda voqelanmaydi – istagan hukmda bu 16 tamoyilning barchasi mavjud. Tadqiqotchi ularni ko‘ra olishi, ocha bilishi va sharhlay olishi kerak, xolos. Fikrni oydinlashtirish uchun suhbat nutqidan parcha olib, undagi bir hukmda (gapda) shu 16 tamoyilning voqelanishini ko‘rib o‘tamiz.

Suhbat nutqi parchasi:

Bu qiz kim?

Ammam.

Quyida dialektik tamoyillarning mana shu Ammam hukmida (bunda u nolisoniy hodisa, shaxs sifatida qaraladi) voqelanishini ochishga va ko‘rsatishga harakat qilamiz.



1- tamoyil. Ammam ta’kidi (ya’ni so‘zlovchi tomonidan) narsaning haqqoniy, mendan tashqaridagi boshqa bir mavjudlik, obyektiv borliq birligi (shaxsi) ekanligini tasdiqlaydi.

2- tamoyil. Ammam ta’kidida amma inson umumiyligi, ayollik jinsi, shaxslik, qon-qarindoshlik toifasiga mansublik va h. belgi-xususiyatlariga mansub shaxs, ya’ni majmuyi sifot ekanligi o‘z aksini topgan.


Download 295.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling