"Mahalla va oila" ilmiy-tadqiqot institutining haqida
-bob. Institutning tuzilmasi
Download 50.15 Kb.
|
hisobot institut (2)
2-bob. Institutning tuzilmasi
7. Institut tizimiga quyidagilar kiradi: - Institut apparati; - “Markaziy Osiyoda jamiyat, gender va oila” xalqaro ilmiy jurnali tahririyati. 3-bob. Institutning asosiy vazifalari va funksiyalari 8. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari hisoblanadi: - jamiyatda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyiliga asoslangan tizimni to‘laqonli va samarali joriy etish, mahalla va oila institutlarini mustahkamlash sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarni shakllantirishda ishtirok etish, fanlararo fundamental, ilmiy-amaliy tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni amalga oshirish; - mahalla va oila institutlarini mustahkamlash, xotin-qizlar va keksalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy faollikni oshirishga qaratilgan konsepsiyalarni, kompleks, maqsadli, sohaviy va hududiy dasturlarni ishlab chiqishning ilmiy-metodologik asoslarini shakllantirish; - mahallalar va oilalarda sog‘lom va barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhit hamda tinchlik, totuvlik va osoyishtalikni ta’minlash, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni, shu jumladan oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashning ilmiy asoslarini ishlab chiqish; - mahalla va oila institutlarini mustahkamlash, xotin-qizlar va keksalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy faollikni oshirish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish; - mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash sohasidagi dolzarb ilmiy muammolarga bag‘ishlangan ilmiy, ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, yig‘ilishlar tashkil etish, shuningdek, ushbu sohada yuqori malakali ilmiy kadrlarni tayyorlash, ilmiy xodimlarning kasbiy darajasini doimiy oshirib borish; - o‘z faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha respublikadagi ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshirish, xorijiy mamlakatlarning ilg‘or ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish; - ommaviy axborot vositalarida, jumladan, televideniye va Internet jahon axborot tarmog‘ida ilmiy tadqiqotlar natijalarini keng yoritish, shuningdek, aholining mahalla va oila institutlarini mustahkamlashdagi ijtimoiy faolligini oshirishda ishtirok etish. 9. Institut o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: a) jamiyatda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyiliga asoslangan tizimni to‘laqonli va samarali joriy etish, mahalla va oila institutlarini mustahkamlash sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarni shakllantirishda ishtirok etish, fanlararo fundamental, ilmiy-amaliy tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni amalga oshirish sohasida: “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilining asosiy mezonlari hamda ularga asoslangan tizimni fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatiga to‘laqonli va samarali joriy etish mexanizmlari bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqadi, bu borada huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirishga doir tahliliy materiallar tayyorlaydi; aholi muammolarini aniqlash va hal etish bo‘yicha “mahalla — sektor — Xalq qabulxonasi — mahalla” tamoyili asosida hamkorlik tizimini takomillashtirish bo‘yicha tahliliy materiallar va ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqadi; fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi mavqeyini yuksaltirishga qaratilgan takliflar va metodik tavsiyalar ishlab chiqadi; “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyiliga asoslangan tizimni to‘laqonli va samarali joriy etish, mahalla va oila institutlarini mustahkamlash va rivojlantirishga qaratilgan fanlararo fundamental, amaliy ilmiy tadqiqotlar hamda innovatsion loyihalarni amalga oshiradi; b) mahalla va oila institutlarini mustahkamlash, xotin-qizlar va keksalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy faollikni oshirishga qaratilgan konsepsiyalarni, kompleks, maqsadli, sohaviy va hududiy dasturlarni ishlab chiqishning ilmiy-metodologik asoslarini shakllantirish sohasida: mahalla va oila institutlarini mustahkamlash va rivojlantirishga qaratilgan konsepsiyalar loyihalarini ishlab chiqadi, shuningdek, kompleks, maqsadli, sohaviy va hududiy dasturlar loyihalariga ilmiy asoslangan takliflar tayyorlaydi; oila va nikoh, reproduktiv salomatlik, shuningdek, oilalarda sog‘lom turmush tarzi, ma’naviy-axloqiy tarbiya, iqtisodiy, huquqiy bilimlar, tibbiy madaniyatni oshirish, oilaviy munosabatlar psixologiyasi bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga hamda keng jamoatchilikka metodik tavsiyalar tayyorlaydi; oila institutida kutilayotgan o‘zgarishlar tahlili va prognozlarini ishlab chiqadi, demografik rivojlanish va oila farovonligining o‘sish darajasini o‘rganadi, tahlil qiladi hamda konseptual yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar va tahliliy materiallar tayyorlaydi; xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga doir davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha tahliliy materiallar va ilmiy asoslangan tavsiyalar tayyorlaydi; xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga, shu jumladan nogironligi bo‘lgan ayollarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha tahliliy materiallar va ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqadi; yolg‘iz keksalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarga moddiy ko‘maklashish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni ta’minlashda huquqiy, uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish amaliyotini tahlil qiladi; mahallalarda nuroniylarning bilim va boy hayotiy tajribasidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik ruhini mustahkamlash masalalarida samarali foydalanish tizimini rivojlantirish bo‘yicha takliflar va metodik tavsiyalar ishlab chiqadi; v) mahallalar va oilalarda sog‘lom va barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhit hamda tinchlik, totuvlik va osoyishtalikni ta’minlash, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni, shu jumladan oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashning ilmiy asoslarini ishlab chiqish sohasida: mahallalarda va oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi holatlarni o‘rganadi, tahlil qiladi hamda ularning oldini olish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi; oilalar mustahkamligini ta’minlash, oilaviy ajrashishlarning oldini olish, oilaning farzand tarbiyasi borasidagi mas’uliyatini oshirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni saqlashda oilaning o‘rnini targ‘ib qilish, shuningdek, namunali oilalarning hayotiy tajribasini ommalashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi; er-xotin, ota-ona va farzandlar, er-xotin va ularning ota-onalari o‘rtasidagi sog‘lom munosabatlarni yo‘lga qo‘yish, oila va nikohni saqlab qolishdagi o‘zaro mas’uliyatni ta’minlash masalalarini o‘rganadi; notinch va muammoli oilalardagi ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish, nizoli holatlarning oldini olish, oilaviy munosabatlarni mustahkamlash masalalari bo‘yicha takliflar va metodik tavsiyalar ishlab chiqadi; umuminsoniy va milliy oilaviy qadriyatlarni, ilg‘or xorijiy tajribani tahlil qilish asosida mahallalarda va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bilan bog‘liq metodik tavsiyalar ishlab chiqadi; yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oiladagi nizoli holatlarni hal qilishning huquqiy va psixologik asoslarini o‘rgatish, ajrashishlarning oldini olish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar tayyorlaydi; g) mahalla va oila institutlarini mustahkamlash, xotin-qizlar va keksalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy faolligini oshirish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish sohasida: mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ushbu sohadagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha tahliliy materiallar va ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqadi; fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ulardagi jamoatchilik tuzilmalari faoliyatiga oid qonun hujjatlarini ishlab chiqishda bevosita ishtirok etadi; umuminsoniy va milliy oilaviy qadriyatlarni, ilg‘or xorijiy tajribani tahlil qilish asosida oila institutini mustahkamlash bo‘yicha, eng avvalo, “Sog‘lom oila — sog‘lom jamiyat” g‘oyasini hayotga tatbiq etishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish bo‘yicha tahliliy materiallar va ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqadi; xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlash tizimini o‘rganadi, tahlil qiladi hamda sohaga oid normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi; d) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash sohasidagi dolzarb ilmiy muammolarga bag‘ishlangan ilmiy, ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, yig‘ilishlar tashkil etish, shuningdek, ushbu sohada yuqori malakali ilmiy kadrlarni tayyorlash, ilmiy xodimlarning kasbiy darajasini doimiy oshirib borish sohasida: mahallalarda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish, nuroniylar ijtimoiy faolligini oshirish, hududlarni jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirishda fuqarolar yig‘inlarining roli va mavqeyini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari bo‘yicha ilmiy seminarlar, davra suhbatlarini muntazam tashkil etib boradi; “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyiliga asoslangan tizimni joriy etish, mahallalarda aholining kundalik muammolari bilan ishlash tizimini kuchaytirish borasidagi ustuvor vazifalar kabi mavzular bo‘yicha ilmiy, ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazadi; mahallalarda oilalarni mustahkamlash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi salomatligini saqlash, xonadon va ko‘chalarning obodligini tashkil etish, ma’naviyat va ma’rifat ishlarining ta’sirchanligini oshirish kabi yo‘nalishlarga bag‘ishlangan ilmiy, ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, yig‘ilishlar tashkil etadi; o‘tkazilgan tadbir natijalari bo‘yicha tahliliy materiallar va ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqadi; Institutda mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash sohasida yuqori malakali ilmiy kadrlarni tayyorlash, ilmiy xodimlarning kasbiy darajasini doimiy oshirib borish tizimini joriy etadi; e) o‘z faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha respublikadagi ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshirish, xorijiy mamlakatlarning ilg‘or ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish sohasida: oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, xo‘jalik birlashmalari va boshqa manfaatdor tashkilotlar, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari bilan mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash sohasida innovatsiyalarni joriy etishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni hamkorlikda amalga oshiradi; mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash sohasida, shu jumladan manfaatdor vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, oliy ta’lim muassasalari hamda vazirliklar va idoralar tizimidagi boshqa ilmiy muassasalar bilan birgalikda fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqot ishlarini amalga oshiradi; Institutning asosiy vazifa va funksiyalari bilan bog‘liq yo‘nalishlarda ilmiy konferensiyalar, seminarlar, hamkorlikdagi tadqiqotlar, loyihalar, xodimlarning tajriba almashishi va ularni o‘qitish bo‘yicha xalqaro, xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalari, institutlar va markazlar bilan hamkorlikni rivojlantiradi; mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq yo‘nalishlarda bakalavr va magistrlarni tayyorlashda ilmiy-metodik jihatdan ko‘maklashadi, shuningdek, Institut bazasida bu sohada ilmiy kadrlar tayyorlaydi; mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq yo‘nalishlarda mutaxassislar tayyorlovchi ta’lim muassasalari uchun ilmiy, o‘quv, o‘quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini nashr etishga tayyorlash ishlarida ishtirok etadi; xorijiy mamlakatlarning o‘zini o‘zi boshqarish tizimi hamda oilalarni mustahkamlash sohalarida faoliyat yuritayotgan milliy institutlari bilan yaqin va faol hamkorlikni amalga oshiradi; ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari bilan birgalikda fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni tashkil etish va o‘tkazishda ishtirok etadi; Institut negizida, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda stajirovka o‘tashni, mahorat darslarini tashkil etadi va o‘tkazadi; mahalla va oila institutining dolzarb masalalari bo‘yicha yozgi va qishki maktablar, ilmiy ma’ruzalar va munozaralar maydonchalarini tashkil etadi; j) ommaviy axborot vositalarida, jumladan, televideniye va Internet jahon axborot tarmog‘ida ilmiy tadqiqotlar natijalarini keng yoritish, shuningdek, aholining mahalla va oila institutlarini mustahkamlashdagi ijtimoiy faolligini oshirishda ishtirok etish sohasida: o‘z faoliyati, shu jumladan amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari to‘g‘risidagi materiallarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritib boradi; Institut faoliyatini keng yoritish maqsadida rasmiy veb-saytlarni, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarni yaratadi, turli shakllardagi targ‘ibot materiallarini chop etadi; aholining “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyiliga asoslangan tizimni joriy etishdagi daxldorlik hissini hamda fuqarolik mas’uliyatini oshirish bo‘yicha ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytlarda, ijtimoiy tarmoqlarda tashviqot ishlarini tashkil etadi; keng jamoatchilikning oilalar mustahkamligi, aholi salomatligi, xonadon va ko‘chalarning obodligi, yoshlar tarbiyasi, bandlik, ma’naviyat va ma’rifat ishlaridagi ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan turli targ‘ibot loyihalarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi. Download 50.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling