"Mahalla va oila" ilmiy-tadqiqot institutining haqida


Download 50.15 Kb.
bet13/13
Sana25.01.2023
Hajmi50.15 Kb.
#1122170
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
hisobot institut (2)

Umumiy xulosa
Men Ergashev Muhammadyusuf "Mahalla va oila" ilmiy-tadqiqot institutida amaliyot olib bordim hamda institut haqida juda ko’plab tushunchalarga ega bo’ldim. Institut o‘z faoliyati davomida quyidagi vazifalarni amalga oshirishini o’rgandim:

  • mahallalarda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish, nuroniylar ijtimoiy faolligini oshirish, hududlarni jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirishda fuqarolar yig‘inlarining roli va mavqeini yana-da mustahkamlashning dolzarb masalalari bo‘yicha ilmiy seminarlar, davra suhbatlarini muntazam tashkil etib borish;

  • "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyiliga asoslangan tizimni joriy etish, mahallalarda aholining kundalik muammolari bilan ishlash tizimini kuchaytirish borasidagi ustuvor vazifalar kabi mavzular bo‘yicha ilmiy, ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazish;

  • mahallalarda oilalarni mustahkamlash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni taʼminlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi salomatligini saqlash, xonadon va ko‘chalarning obodligini tashkil etish, maʼnaviyat va maʼrifat ishlarining taʼsirchanligini oshirish kabi yo‘nalishlarga bag‘ishlangan ilmiy, ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, yig‘ilishlar tashkil etish;

  • o‘tkazilgan tadbir natijalari bo‘yicha tahliliy materiallar va ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish;

  • institutda mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash sohasida yuqori malakali ilmiy kadrlarni tayyorlash, ilmiy xodimlarning kasbiy darajasini doimiy oshirib borish;

  • o‘z faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha respublikadagi taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshirish, xorijiy mamlakatlarning ilg‘or ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish;

  • manfaatdor vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, oliy taʼlim muassasalari hamda vazirliklar va idoralar tizimidagi boshqa ilmiy muassasalar bilan birgalikda fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqot ishlarini amalga oshirish;

  • institutning asosiy vazifa va funksiyalari bilan bog‘liq yo‘nalishlarda ilmiy konferensiyalar, seminarlar, hamkorlikdagi tadqiqotlar, loyihalar, xodimlarning tajriba almashishi va ularni o‘qitish bo‘yicha xalqaro, xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalari, institutlar va markazlar bilan hamkorlikni rivojlantirish;

  • mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq yo‘nalishlarda bakalavr va magistrlarni tayyorlashda ilmiy-metodik jihatdan ko‘maklashadi, shuningdek, Institut bazasida bu sohada ilmiy kadrlar tayyorlash;

  • mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq yo‘nalishlarda mutaxassislar tayyorlovchi taʼlim muassasalari uchun ilmiy, o‘quv, o‘quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini nashr etishga tayyorlash ishlarida ishtirok etish;

  • xorijiy mamlakatlarning o‘zini o‘zi boshqarish tizimi hamda oilalarni mustahkamlash sohalarida faoliyat yuritayotgan milliy institutlari bilan yaqin va faol hamkorlikni amalga oshirish;

  • ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari bilan birgalikda fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni tashkil etish va o‘tkazishda ishtirok etish;

  • mahalla va oila institutining dolzarb masalalari bo‘yicha yozgi va qishki maktablar, ilmiy maʼruzalar va munozaralar maydonchalarini tashkil etish.


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
Internet saytlari:
1. http://www.gov.uz - O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rasmiy sayti
2. http://www.soliq.uz - O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi rasmiy sayti
3. http://www.lex.uz (O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi)
4. http://www.press-service.uz - O’zbekiston Respublikasi Prezidenti axborot markazi sayti


Download 50.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling