"Mahalla va oila" ilmiy-tadqiqot institutining haqida
-bob. Institutning huquqlari va javobgarligi
Download 50.15 Kb.
|
hisobot institut (2)
4-bob. Institutning huquqlari va javobgarligi
10. Institut o‘ziga yuklangan asosiy vazifalar va funksiyalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Institutga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi orqali belgilangan tartibda kiritish; davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik birlashmalaridan Institut vakolatiga tegishli masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan axborotni so‘rash va olish; Institutning vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha zarur ma’lumotlarni davlat statistika organlari, davlat soliq xizmati organlari, davlat xizmatlari markazlari hamda boshqa vazirliklar va idoralardan bepul olish; Institutga yuklangan vazifalarni bajarish uchun davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlarning mutaxassislarini, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etish; mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligiga takliflar kiritish; mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlashning dolzarb va istiqbolli vazifalarini hal qilish uchun tashkil etilgan ishchi guruhlar yig‘ilishlarida, ekspert kengashlari va komissiyalar ishida ishtirok etish; mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq sohalarda dasturlar, o‘quv qo‘llanmalari, ilmiy asarlar to‘plamlari, ilmiy-amaliy konferensiyalar materiallari, metodik tavsiyalar, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha qo‘llanmalar tayyorlash va nashr qilish; mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, ko‘rgazmalar, yarmarkalar o‘tkazish, shuningdek, metodik materiallar va tavsiyalar, xalqaro loyihalar va dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish; mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, ilmiy darajalar berish uchun doktorantura va ilmiy kengash tuzish; Institut vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun shartnoma asosida mahalliy va xorijiy ilmiy muassasalar, olim va mutaxassislarni jalb qilish va xodimlar ishtirokida vaqtincha ijodiy guruhlarni tuzish; Institut xodimlarini qonunchilikda belgilangan tartibda moddiy rag‘batlantirish, muassasaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ijtimoiy masalalarni hal qilish uchun daromad shaklida olingan mablag‘larni jalb etish; o‘z vakolati doirasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikni amalga oshirish; belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq davriy ilmiy, uslubiy va amaliy nashrlar chiqarish hamda tarqatish. Institut qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 11. Institut: o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarish, shuningdek, ushbu Ustavda belgilangan asosiy vazifalar va funksiyalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash; mahalla va oila institutlarini mustahkamlash, fuqarolar yig‘inlarini aholining chinakam maslakdoshiga aylantirish, “Sog‘lom oila — sog‘lom jamiyat” g‘oyasini hayotga tatbiq etish, xotin-qizlar va keksa avlod vakillarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalarni muntazam ravishda ishlab chiqish; O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligiga har oyda kamida bir marta tahliliy materiallar va ilmiy asoslangan takliflarni taqdim etib borish; o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborot bilan tanishish erkinligini ta’minlash; qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli davlat organlariga hisobot berish uchun javob beradi. Download 50.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling