"Mahalla va oila" ilmiy-tadqiqot institutining haqida


-bob. Institut faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari


Download 50.15 Kb.
bet10/13
Sana25.01.2023
Hajmi50.15 Kb.
#1122170
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
hisobot institut (2)

7-bob. Institut faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari
26. Institut faoliyatining samaradorligi muntazam baholanadi. 27. Institut faoliyatining samaradorligi va natijadorligiga berilgan baho O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Institut faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi. 28. Institut faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari bo‘yicha: Institut rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlik choralari; Institut faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish choralari ko‘riladi. 29. Institut faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
30. Institut qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
31. Ushbu Ustav talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi
"Mahalla va oila" ilmiy-tadqiqot institutidagi bo’limlar va ularning vazifalari
Obod va xavfsiz mahalla” bo‘limi “Obod va xavfsiz mahalla” bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi qoshidagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish to‘g‘risidagi 2020-yil 10-iyundagi 367-son qaroriga muvofiq tashkil qilingan. Bo‘lim mazkur institutning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi va o‘z faoliyatida oila qadriyatlarini mustahkamlash va oila psixologiyasi sohasi yo‘nalishida fundamental, ilmiy-amaliy va innovatsion tadqiqotlarni olib boradi. Bo‘limning asosiy maqsadi davlat siyosatining mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlashga oid ustuvor strategik-ijtimoiy maqsadlarini, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyilini joriy etishning 2020-2024-yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasining ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlari olib borish; "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyilining asosiy mezonlari hamda ularga asoslangan tizimni fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatiga to‘laqonli va samarali joriy etish mexanizmlari bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqish, bu borada huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirishga doir tahliliy materiallar tayyorlash; Aholi muammolarini aniqlash va hal etish bo‘yicha "mahalla-sektor-Xalq qabulxonasi-mahalla" tamoyili asosida hamkorlik tizimini takomillashtirish bo‘yicha mahallalarda (MFY) tadqiqot ishlari olib borish va shu asosda tahliliy materiallar, ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish va vazirlikka amaliyotga tatbiq etish uchun tavsiya etish; Notinch va noqobil oilalar, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar, profilaktik hisobda hamda MFY da ichki ro‘yxatda turuvchi fuqarolar bilan ishlash tizimini ilmiy o‘rganish, tahliliy materiallar tayyorlash, tavsiyalar ishlab chiqish; Jamoat tartibini saqlash va fuqarolar havfizligini taʼminlash borasida turli yot g‘oyalarga mansub barcha ichki va tashqi salbiy taʼsirlardan muhofaza qilish tizimini takomillashtirish, jinoyatdan holi muhitni shakllantirish, maʼmuriy nazoratdagi shaxslar bilan ishlash muammolarini o‘rganish va tegishli vazirliklar, davlat va nodavlat tashkilotlari uchun ilmiy asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqish; "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyili, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash sohasidagi dolzarb ilmiy muammolarga bag‘ishlangan ilmiy, ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, yig‘ilishlar tashkil etish, ushbu sohada yuqori malakali ilmiy kadrlarni tayyorlash, ilmiy xodimlarning kasbiy darajasini doimiy oshirib borish g‘oyasini hayotga joriy etish, xususan oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash va oila psixologiyasi sohasidagi ilmiy-nazariy, uslubiy va axborot-tahliliy tadqiqot jarayonlarini tashkil qilishdan iboratdir. "Mahalla institutini mustahkamlash" bo‘limi Mahalla institutini mustahkamlash bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi qoshidagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish to‘g‘risidagi 2020-yil 10-iyundagi 367-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bo‘limning asosiy maqsadi Institut zimmasiga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqqan holda Respublikada Mahalla institutini mustahkamlashning ilmiy-nazariy va metodik asoslarini ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etishdan iborat. Mahalla institutini mustahkamlash bo‘limining ustuvor ilmiy yo‘nalishlari quyidagilardir:

  • Mahalla va oila institutlarini mustahkamlash va rivojlantirishga qaratilgan konsepsiyalar loyihalarini ishlab chiqadi, shuningdek, kompleks, maqsadli, sohaviy va hududiy dasturlar loyihalariga ilmiy asoslangan takliflar tayyorlash;

  • Oila va nikoh, reproduktiv salomatlik, shuningdek, oilalarda sog‘lom turmush tarzi, maʼnaviy-axloqiy tarbiya, iqtisodiy, huquqiy bilimlar, tibbiy madaniyatni oshirish, oilaviy munosabatlar psixologiyasi bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga hamda keng jamoatchilikka ilmiy-tadqiqot natijalari bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish;

  • Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga doir davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida ilmiy-nazariy aniqlash, yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga, shu jumladan nogironligi bo‘lgan ayollarga, oilalarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatishning ilmiy asoslarini yaratish va shu asosda tegishli vazirlik va idoralarga ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish;

  • Mahallalarda nuroniylarning bilim va boy hayotiy tajribasini ilmiy o‘rganish, ulardan yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, vatanparvarlik ruhini mustahkamlash masalalarida foydalanishning ilmiy asoslarini yaratish;

  • Yolg‘iz keksalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam taʼminlangan oilalar, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni taʼminlashda huquqiy, uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatishning xorijiy ilmiy tajriba va amaliyotni o‘rganish asosida uning milliy modelini yaratish, milliy modelni joriy etish bo‘yicha takliflar va tavsiyalarni ishlab chiqish.

  • Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash sohasidagi dolzarb ilmiy muammolarga bag‘ishlangan ilmiy, ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, yig‘ilishlar tashkil etish, sohada yuqori malakali ilmiy kadrlarni tayyorlash, ilmiy xodimlarning kasbiy darajasini doimiy oshirib borish.

  • Mahalla institutini mustahkamlash bo‘limining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Mahalla va oila institutlarini mustahkamlash, xotin-qizlar va keksalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy faollikni oshirishga qaratilgan konsepsiyalarni, kompleks maqsadli, sohaviy va hududiy dasturlarni ishlab chiqishning ilmiy-metodologik asoslarini shakllantirish;

  • Mahalla va oila institutlarini mustahkamlash va rivojlantirishga qaratilgan konsepsiyalar loyihalarni ishlab chiqadi, shuningdek , kompleks, maqsadli, sohaviy va hududiy dasturlar loyihalariga ilmiy asoslangan takliflar tayyorlash;

  • Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, ulardagi jamoatchilik tuzilmalari faoliyatiga oid qonun hujjatlarini ishlab chiqishda bevosita ishtirok etish;

  • Mahalla institutini aholining chinakam maslakdoshi va ko‘makdoshiga aylantirish, uning roli va ahamiyatini oshirish yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazadi va uslubiy tavsiyalar tayyorlash;

  • Oilalar va mahallalardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sog‘lomlashtirishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan yaqin hamkorligini o‘rnatish yuzasidan taklif va tavsiyalar tayyorlash;

  • Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining jamiyatdagi o‘rni va rolini kuchaytirish, aholi kundalik muammolari bilan ishlash va taʼsirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi mavqeini yuksaltirish;


Download 50.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling