"Mahalla va oila" ilmiy-tadqiqot institutining haqida
"Oila huquqi va gender tengligi" bo‘limi
Download 50.15 Kb.
|
hisobot institut (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Oilani demografik rivojlantirish” bo‘limi
- "Tahririy-noshirlik va axborot texnologiyalarini rivojlantirish" bo‘limi
"Oila huquqi va gender tengligi" bo‘limi Oila huquqi va gender tengligi bo‘limi (keyingi o‘rinlarda “bo‘lim”) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi qoshidagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish to‘g‘risidagi 2020-yil 10-iyundagi 367-sonli qaroriga muvofiq tasdiqlangan tarkibiy tuzilmaga asosan tashkil etilgan. Bo‘lim mazkur institutning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi va o‘z faoliyatida oila huquqi va gender tenglik sohasi yo‘nalishida fundamental, ilmiy-amaliy va innovatsion tadqiqotlarni olib boradi. Bo‘limning asosiy maqsadi davlat siyosatining mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlashga oid ustuvor strategik-ijtimoiy maqsadlarini mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash, “Sog‘lom oila — sog‘lom jamiyat” g‘oyasi asosida oila huquqi va gender tenglik mavzusiga tegishli meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish bo‘yicha tahliliy materiallar va ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish, ushbu sohadagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish yuzasidan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish sohasida hamda ilmiy-nazariy, uslubiy va axborot-tahliliy tadqiqot jarayonlari tashkil qilishdan iboratdir. “Oilani demografik rivojlantirish” bo‘limi Oilani demografik rivojlantirish bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi qoshidagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish to‘g‘risidagi 2020-yil 10-iyundagi 367-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan. “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutining tarkibiy qismi hisoblanadi. Demografik rivojlanish va oila farovonligining o‘sish darajasini o‘rganish, tahlil qilish hamda konseptual yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar va tahliliy materiallar tayyorlash bo‘limning asosiy maqsadini tashkil qiladi. Quyidagilar bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi: - oilalarning demografik rivojlanish darajasini o‘rganish, tahlil qilish va konseptual yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy takliflar hamda tahliliy materiallar tayyorlash; - erta turmush va erta tug‘ruq holatlarini ilmiy tahlil qilish hamda ularning oldini olish yuzasidan amaliy takliflar ishlab chiqish; - oilalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va reproduktiv salomatlikni mustahkamlashning ilmiy asoslarini ishlab chiqish; - oila va nikoh, reproduktiv salomatlik bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga hamda keng jamoatchilikka metodik tavsiyalar tayyorlash; - oilalarda tug‘ilish va reproduktiv maylning hududiy xususiyatlarini o‘rganish, tahlil qilish hamda reproduktiv maylni boshqarishni faollashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash; - chaqaloqlar va onalar o‘limini, shuningdek mehnatga layoqatli yoshdagi o‘limni kamaytirish, aholi sog‘lig‘ining muhofaza qilinishini yaxshilash va umr ko‘rish davomiyligini uzaytirish bo‘yicha tahliliy materiallar va ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish; "Tahririy-noshirlik va axborot texnologiyalarini rivojlantirish" bo‘limi Tahririy-noshirlik va axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo‘limi (keyingi o‘rinlarda “bo‘lim”) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi qoshidagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish to‘g‘risidagi 2020-yil 10-iyundagi 367-sonli qaroriga muvofiq tasdiqlangan tarkibiy tuzilmaga asosan tashkil etilgan. Bo‘limning asosiy maqsadi Institut zimmasiga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqqan holda Respublika ommaviy axborot vositalarida, jumladan, televideniye va radioda targ‘ib qilish, institut faoliyatini keng yoritish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini eʼlon qilish va nashr etish, jamoatchilikni xabardor qilish, shuningdek, aholining mahalla va oila institutlarini mustahkamlashdagi ijtimoiy faolligini oshirishdan iborat. Bo‘limning asosiy ustuvor vazifalari quyidagilardan iborat: - Institut faoliyatida amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari to‘g‘risidagi materiallarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish; - Institut faoliyatini keng yoritish maqsadida rasmiy veb-saytlarni, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini yaratish, turli shakllardagi targ‘ibot materiallarini chop etish; - aholining “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyiliga asoslangan tizimini joriy etishdagi daxldorlik hissini hamda fuqarolik masʼuliyatini oshirish bo‘yicha ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytlarda, ijtimoiy tarmoqlarda tashviqot ishlarini tashkil etish; - fanlararo fundamental, ilmiy-amaliy tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni amalga oshirish, oilalar bilan manzilli ishlarni olib borishda zamonaviy axborot texnologiyalarini faol qo‘llash bo‘yicha amaliy takliflar tayyorlash va ijrosini taʼminlash; - sohada zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha amaliy takliflar tayyorlash va ijrosini taʼminlash; - Institutda tayyorlanayotgan huquqiy-meʼyoriy hujjatlarni (Nizom, Yo‘riqnoma, rejalar va sh.o‘.) tahrirlash va chop (nashr) etishga tavsiyalar berish; - Institutda chop etilishi rejalashtirilayotgan axborot materiallarini tahrirlash va chop (nashr) etishga tayyorlash; - Institutning Web-saytiga qo‘yilayotgan axborot materiallarini tayyorlash, tahrirlash, o‘rnatilgan tartibda tasdiqlatish; - Institutda chop (nashr) etilgan axborot materiallarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda elektron darslik, qo‘llanma, uslubiy ko‘rsatmalar, videomaʼruzalar shaklida yaratish; - dolzarb masalalar bo‘yicha ilmiy seminarlar, davra suhbatlari va ilmiy-amaliy konferensiyalarni axborot texnologiyalari yordamida onlayn tarzda o‘tkazishni texnik jihatdan taʼminlash kabi bir qator vazifalarni bajaradi.
Download 50.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling