"Mahalla va oila" ilmiy-tadqiqot institutining haqida


-bob. Institut faoliyatini moliyalashtirish


Download 50.15 Kb.
bet9/13
Sana25.01.2023
Hajmi50.15 Kb.
#1122170
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
hisobot institut (2)

6-bob. Institut faoliyatini moliyalashtirish
20. Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari quyidagilardan iborat: O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari (xodimlar mehnatiga haq to‘lash, binolar va inshootlarni saqlash xarajatlarini moliyalashtirish hamda ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini amalga oshirish uchun); ilmiy faoliyatga oid dasturlarni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlar natijalari bo‘yicha ajratiladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari; O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari; xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy tashkilotlarning grantlari; respublika ilmiy-tadqiqot loyihalar grantlari; xo‘jalik faoliyatidan hamda shartnoma asosida tadqiqotlar o‘tkazishdan tushadigan tushumlar; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 21. Institut o‘zining ko‘chmas va ko‘char mol-mulkiga, pul mablag‘lariga, shu jumladan chet el valyutasidagi pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlari va boshqa mol-mulkiga ega bo‘lishi mumkin. Xo‘jalik, ilmiy-texnik faoliyatdan tushgan daromadlar, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari hisobiga sotib olingan mulk va vositalar Institut mulki hisoblanadi. 22. Barcha tadqiqot materiallari, shuningdek, tuzilgan shartnomalarga muvofiq bajarilgan tadqiqotlar Institut faoliyatining intellektual mulki obyektlari hisoblanadi. 23. Institut direktori belgilangan ish haqi fondini tejashdan hamda budjetdan tashqari tushgan, shuningdek, xodimlarning tasdiqlangan shtatlar jadvalida nazarda tutilgan shtat birliklari yetishmasligidan iqtisod qilingan mablag‘lardan xodimlarni moddiy rag‘batlantirishda, Institutning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashda foydalanishga haqlidir. 24. Institut xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari tatbiq etiladi. Institut xodimlarining avvalgi uzoq yillik ish staji uchun oladigan qo‘shimcha haqlari va ustamalari saqlab qolinadi. 25. Institut direktori O‘zbekiston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri bilan kelishgan holda, Institutning o‘z mablag‘lari hisobidan xodimlar o‘z xizmat vazifalarirni tashabbus ko‘rsatib va vijdonan bajarishini rag‘batlantirish maqsadida ularga belgilangan tartibda lavozim maoshining 100 foizgacha miqdorda oylik ustamalar belgilashga, har chorakda mukofotlashga, biryo‘la moddiy yordam tayinlashga haqli.

Download 50.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling