"Mahalla va oila" ilmiy-tadqiqot institutining haqida
-bob. Institut faoliyatini tashkil etish
Download 50.15 Kb.
|
hisobot institut (2)
5-bob. Institut faoliyatini tashkil etish
12. Institut o‘z faoliyatida bevosita O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligiga bo‘ysunadi va unga hisobot beradi. 13. Institutga O‘zbekiston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining tavsiyasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi. 14. Institut direktorining uning tavsiyasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan ikki nafar o‘rinbosari bo‘ladi. Institut direktori bo‘lmagan vaqtda, uning vakolatlarini vazifalar taqsimotiga muvofiq o‘rinbosarlari amalga oshiradi. 15. Institut direktori: Institut faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi; O‘zbekiston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri bilan kelishgan holda boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida Institutning shtat jadvalini tasdiqlaydi; O‘zbekiston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri bilan kelishgan holda, zarur nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar bilan belgilangan tartibda mehnat shartnomalarini tuzadi va bekor qiladi; Institut xodimlari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruq va yo‘riqnomalarni qabul qiladi; Institut direktorining o‘rinbosarlari va bo‘lim boshliqlarining hisobotlarini Ilmiy kengashda eshitadi; Institut xodimlarini qonun hujjatlariga muvofiq rag‘batlantirish shakllarini belgilaydi, lavozim maoshlariga ustama va qo‘shimcha to‘lovlarni belgilaydi, xodimlarga moddiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha buyruqlar chiqaradi, ularni intizomiy jazoga tortish masalalarini hal qiladi; Institutning tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni, bo‘lim boshliqlari va xodimlarining funksional vazifalarini tasdiqlaydi; har yili 25-dekabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri bilan kelishgan holda, Institut tadbirlari kalendar rejasini, ilmiy-tadqiqot ishlarining mavzuli rejalarini shakllantiradi va tasdiqlaydi; Institutning hisobotlarini tasdiqlaydi; Institutning xarajatlar smetasini tasdiqlaydi; Institutning aktivlarini tasarruf etadi, mol-mulkni boshqarish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi, moliyaviy, to‘lov-hisob-kitob va boshqa hujjatlarni imzolaydi, zarur hollarda Institut mas’ul mansabdor shaxslariga ishonchnomalar beradi; Institut nomidan yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarning ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda boshqa mutasaddi tashkilotlari bilan shartnoma va memorandumlar tuzadi; zarur hollarda, Institut tuzilmasiga xodimlarning belgilangan cheklangan umumiy soni va ish haqi fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziriga takliflar kiritadi. Institut direktori qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 16. Institut direktori: Institutga yuklangan asosiy vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha sifatli tadqiqot ishlarini amalga oshirish hamda ta’sirchan, ilmiy asoslangan, amaliy taklif va tavsiyalarni, tahliliy materiallarni ishlab chiqishga; mahalla va oila institutlarini mustahkamlash, xotin-qizlar va keksalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan konsepsiyalarni, kompleks, maqsadli, sohaviy va hududiy dasturlarni ishlab chiqishning ilmiy-metodologik asoslarini shakllantirishga shaxsan javobgardir. 17. Institut xodimlarining huquq va majburiyatlari mehnat qonunchiligi, lavozim yo‘riqnomasi, ichki mehnat qoidalari, jamoa va mehnat shartnomalariga muvofiq belgilanadi. 18. Institut direktorining o‘rinbosarlari: tarkibiy bo‘linmalar faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi, ushbu bo‘linmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etadi; O‘zbekiston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining buyruqlari, qarorlari va farmoyishlari, Institut direktorining buyruqlari va topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlaydi; tarkibiy bo‘linmalarga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi; tarkibiy bo‘linmalar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va ularni ko‘rib chiqish uchun Institut direktoriga kiritadi; Institut direktoriga tarkibiy bo‘linmalarda xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha takliflar kiritadi, ularning kasbiy mahoratini, malakasini, amaliy tajribasini, ishchanlik va axloqiy fazilatlarini yuqori darajada ta’minlash, ularning kasbiy malakalarini oshirish, tarkibiy bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish choralarini ko‘radi; Institutning tarkibiy bo‘linmalari xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tizimli tanqidiy tahlil qiladi, yig‘ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitadi, yakunlari bo‘yicha zarur choralar ko‘radi. 19. Institut huzurida direktor (Ilmiy kengash raisi), faoliyatning asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi uning o‘rinbosarlari (lavozimiga ko‘ra), Ilmiy kotib, Institut tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi mas’ul xodimlari, Fanlar akademiyasi vakillari, shuningdek, turdosh ilmiy-tadqiqot institutlarida va tashkilotlarda ishlovchi yetakchi olimlar, malakali mutaxassislar hamda fuqarolar yig‘inlari xodimlaridan iborat tarkibda Ilmiy kengash tashkil etiladi. Institut Ilmiy kengashining shaxsiy tarkibi, a’zolari soni va nizomi Institut direktori taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Institut Ilmiy kengashining ish tartibi Institutning ish rejalariga muvofiq belgilanadi. Download 50.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling