Mahalliy va chet eldan kirib kelayotgan dori
Rossiya Federatsiyasida dori vositalarining sifatini nazorat etish va ro„yxatdan
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
8-MAHALLIY VA CHET ELDAN KIRIB KELAYOTGAN DORI VOSITALARINI RO
Rossiya Federatsiyasida dori vositalarining sifatini nazorat etish va ro„yxatdan
o„tkazish Rossiya Federatsiyasida dori vositalarining sifatini nazorat etish quyidagi ketma- ketlikda amalga oshiriladi: ro„yxatdan o„tkazish, ishlab chiqarish va mahsulotni sotish (realizatsiya). RF da dori vositalarini ro„yxatdan o„tkazish “Dori vositalari haqida” gi Federal qonuni (1998 y 22 iyun -86 FZ, o„zgartirishlar kiritilgan 2003 y) “Pravila gosudarstvennoy registratsii lekarstvennbix sredstv” 19 maqolasi hamda 2000 y 2 yanvardagi №5-FZ “O vnesenii izmeneniya i dopolneniya” asosida olib boriladi. Bunda ishlab chiqaruvchi dori vositasining bezararligi va faolligini kafolatlashi va isbotlashi kerak, shuningdek mahsulot ekspertiza qilinib tasdiqlangan bo„lishi kerak. Ekspertizani RF SSV qoshidagi dori vositalari va tibbiy texnika sifati, havfsizligi, faolligini nazorat etish Davlat nazorati Departamenti amalga oshiradi. Ro„yxatdan o„tgan dori vositasi reestrga kiritiladi va 5 yildan so„ng qayta ro„yxatdan o„tkazilishi kerak. Departament tarkibiga dori vositalarining davlat nazorati, ekspertiza milliy markazi, farmakologik qo„mita, farmakopeya qo„mitasi, etika bo„yicha qo„mita va boshqa ixtisoslashgan komissiyalar, shuningdek klinik sinovlar olib boruvchi bo„lim, qayd etish bo„limi, qayd etilgan dori vositalari muomalasini muvofiqlashtiruvchi bo„lim, muhim va zarur DV ning narxini qayd etuvchi bo„limlar kirgan. Ro„yxatdan o„tayotgan dori vositasi Departament tomonidan klinik sinovlardan va analitik tahlildan o„tkaziladi va shundan so„ng reestrda qayd etilib, shaxodatnoma beriladi. Oxirgi mahsulot sifatining nazorati akkreditatsiyadan o„tgan labora-toriyalar tomonidan amalga oshiriladi (sertifikatlashtirish). 1998 yil 16 aprelda sertifikatlash tizimi joriy etildi. Unga ko„ra dori vosita-larning bezararligi va faolligi ishlab chiqaruvchi tomonidan kafo-latlanishi, sertifikatlashtirish orqali tasdiqlanishi beligilab berildi. Dori vositasini sertifikatlashtirish ishlarini markaziy organ - RF SSV dori vositasini sertifikatlashtirish bo„yicha Markaz va dori vositalarining nazorati Instituti (Departament qoshidagi) olib boradi. CHetdan kirib kelayotgan dori vositasi ro„yxatdan o„tayotgan vaqtda tasdiqlangan MH asosida, maxalliy dori vositasi esa FM, VFM, KFM va ba‟zan chet el farmakopeyalari asosida sertifikatlashtiriladi. Dori vosi-tasini ro„yxatdan o„tkazish va sertifikatlashtirishdan tashqari ishlab chiqarish korxonalari doimiy ravishda tekshirib turiladi. RF da qayd etishning tezlashtirilgan jarayoni mavjud bo„lib, unga ko„ra RF da muomalada bo„lgan ilgari ro„yxatdan o„tgan dori vositalari, o„simlik xom ashyosidan yoki sintetik yo„l bilan olingan dori vositalarini olish uchun mo„ljallangan moddalar kabi mahsulotlar SSV tomonidan 3 oy muxlat ichida qayd etiladi. Qayd etish jarayoni 5 ta bosqichda amalga oshiriladi. 1 bosqich. Qayd etish dosesini tayyorlash (KFM yoki MX asosida) 2 bosqich. RF SSV ga qayd etish dosesini taqdim etish 3 bosqich. Farmakologik qo„mita va dorilarni klinikagacha va klinik ekspertizasini o„tkazuvchi Institutida dosening klinik-farmakologik ma‟lumotlarni ekspertiza qilish. 4 bosqich. Farmakopeya qo„mitasi va dori vositalarini standartlash Instituti (ISLS) tomonidan me‟yoriy hujjat (MH) loyixasi va dori vositasining sifatiga qo„yilgan talablarni ekspertiza qilish. 5 bosqich. Qayd etish shaxodatnomasini berish (5 yilga). Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling