Mahalliy va chet eldan kirib kelayotgan dori
Dori vositalarini ro„yxatdan o‟tkazish va ularni sotish uchun litsenziyani olish
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
8-MAHALLIY VA CHET ELDAN KIRIB KELAYOTGAN DORI VOSITALARINI RO
Dori vositalarini ro„yxatdan o‟tkazish va ularni sotish uchun litsenziyani olish
CTD formati 2002 yilda ICH doirasida xuquqiy hujjat - umumiy texnik hujjat (UTH) - (obщiy texnicheskiy dokument - CTD -Common Technical Documentation) ishlab chiqildi. Mazkur hujjatda qayd etish (registratsion) dose tuzilishi va dori vositalarini sotish maqsadida tovar litsenziyasini olish talabnomasini taqdim etishning umumiy qoidalari belgilangan. SHuningdek, ushbu hujjatda doseni tayyorlash vaqtida qanday rahbariy hujjatlardan foydalanish, ularni qay tarzda tuzish kerakligi, tadqiqotlarni olib borish tartiblari bo„yicha ko„rsatmalar keltirilgan. Dori vositalarini ro„yxatdan o„tkazish va ularni sotish uchun litsenziyani olish CTD formati (“Informatsiya dlya zayaviteley”, redaksii 2001 g, tom 2 V, http/pharmacos.eudra.org/F2/eudralex/vol-2/home.htm) asosan EH davlatlari uchun ishlab chiqilgan edi. 2003 yil 1 iyuldan boshlab mazkur hujjatdan halqaro tan olingan eng yaxshi namuna sifatida foydalanish, ICH doirasi-dagi AQSH, YAponiya va EH davlatlarida dori vositalarini ro„yxatdan o„tkazish uchun hujjatlarni qayd etilgan ko„rinishda taqdim etish belgilandi. UTH 5 ta moduldan tashkil topgan. 1-modulning tarkibi Evropa Komissiyasi tomonidan EH davlatlarining mas‟ul organlari hamda Evropa Agentligi bilan hamkorlikda ko„rib chiqilgan. 2-5 modullar barcha ED uchun bir xil tarkibga ega. 1- modulda (adminstrativ ma‟lumotlar) ma‟muriy, regional va milliy ma‟lumotlar berilgan (sotish uchun litsenziyaning shakli, dori preparatining qisqacha xususiyati, arizachi taklif etgan, yorliqlash, annotatsiya - qo„shimcha varaqa, ekspertlar haqida ma‟lumotlar, sertifikatlar va b.). 2- modulga (CTD rezyumesi) dastlabki rezyume -sifat bo„yicha umumiy rezyume, malakali va tajribaga ega bo„lgan mutaxassislar tomonidan tayyorlangan klinikagacha va klinik sinovlar haqida qisqacha umumlashtiruvchi ma‟lumot, ekspertlarning qisqacha xulosasi va ularning imzosi, ekspertlarning (ichki yoki tashqi) rezyume-xulosasi (xisobotlar) va imzosi, arizachi -firma (sponsor) tomonidan tayyorlangan bo„limning qisqacha umumlashtiruvchi ma‟lumoti kabi hujjatlar kiritilgan. 3- modulda (sifat) preparatning fizikaviy, kimyoviy va biologik xususiyatlari to„g„risida ma‟lumotlar keltiriladi. Ushbu ma‟lumotlar ICH Harmonized Tripartite guideline, the CTD, Module 2: Quality Overall Summary (QOS) Module 3: Quality,2000 M4G yo„riqnomasi talablari asosida ishlab chiqilgan bo„lishi kerak. 4- modul klinikagacha bo„lgan sinovlar to„g„risidagi xisobotlarga bag„ishlangan. Toksikologik va farmakologik tadqiqotlarga tegishli hujjatlar (preparatning faol substansiya va tayyor dori shakli asosida ishlab chiqilgan) matn formatida klinikagacha bo„lgan ma‟lumotlar rezyumesi (2- moduldan) va klinikagacha bo„lgan tadqiqotlar xisobotida (4-modul) keltirilgan bo„lishi kerak. Ushbu xisobotlar ICH Harmonized Tripartite guideline, the CTD for the registration of Pharmaceuticals for human use, Safety: Nonclinical Summaries and Organisation of Modulee 4, 2000 M4S yo„riqnomasi talablari asosida taqdim etilishi kerak. 5- modul klinik sinovlar to„g„risidagi xisobotlarga bag„ishlangan. Klinik tadqiqotlarga tegishli hujjatlar (preparatning tayyor dori shakli asosida ishlab chiqilgan) matn formatida klinik sinovlar ma‟lumotlari rezyumesi (2-moduldan) va klinik tadqiqotlar xisobotida (5-modul) keltirilishi kerak. Ushbu xisobotlar ICH Harmonized Tripartite Guideline, the CTD for the Registration of Pharmaceuticals for human use, Efficacy: Module 2: Clinical Overview and Clinical Summary, Module 5: Clinical Stuc Reports, 2000 M4E yo„riqnomasi talablari asosida taqdim etilgan bo„lishi kerak. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling