MAHALLIY VA CHET ELDAN KIRIB KELAYOTGAN DORI
VOSITALARINI RO‟YXATDAN O‟TKAZISH TARTIBI
Mavzuning o‟quv maqsadi: Dori vositalarini ishlab chiqish, ularning xususiyatlarini
(fizik- kimyoviy, farmakologik) o„rganish,
ishlab chiqarish, sotish va b. sohadagi
globallashuv jarayonlari dori vositalari havfsizligi, faolligi va sifatiga qo„yilgan
halqaro
talablarni kuchayishiga, shuningdek uyg„unlashuviga olib kelmoqda.
REJA:
1.
Farmatsevtik mahsulotlarni ro„yxatdan o„tkazish
2.
Mahalliy dori vositalarini ro„yxatdan o„tkazish tartibi
3.
Chet eldan kirib kelayotgan dori vositalarini ro„yxatdan o„tkazish tartibi
4.
Mavzu yuzasidan savollar
O„zbekiston Respublikasida dori vositalari va tibbiy buyumlarni ro„yxatdan
o‟tkazish tartibi
O„zbekiston Respublikasida dori soxasidagi standartlash ishlarini tashkil etish va
muvofiqlashtirish,
tibbiyot mahsulotlari, tibbiyot buyumlari, dori vositalari hamda
Respublikada ishlab chiqarilgan va import qilingan dori vositalari
tarkibidagi inson
salomatligi uchun zararli moddalar miqdorini aniqlash masalalari bo„yicha - O„zRSSV
qoshidagi dori vositalari va tibbiyot texnikasi sifatini nazorat qilishi Bosh boshqarmasi
(DVTTSNQ Bosh boshqarmasi) tomonidan amalga oshirib kelmoqda.
DVTTSNQ Bosh boshqarmasi O„zR Vazirlar maxkamasining 1995 yilning 5
maydagi 181- sonli karori asosida tashkil etilgan bo„lib, uning zimmasiga dori va
tashxis qo„yish
vositalari, tibbiyot texnikasi, tibbiyot buyumlari ustidan davlat
nazoratini
olib borish, tibbiyot texnikasi va dori vositalarini ekspertiza qilish,
standartlash, ro„yxatga olish va sertifikatsiyalash bilan shugillanuvchi tashkilotlar
ishini boshqarish va muvofiqlashtirish ishlari yuklatilgan.
Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasi qoshida 4
ta qo„mita (farmakopeya qo„mitasi, farmakologiya qo„mitasi,
narkotik moddalarni
nazorat qilish qo„mitasi, yangi tibbiyot texnikasi qo„mitasi) va 3 ta bo„lim (farm nazorat
bo„limi, sertifikatsiya va ro„yxatga olish bo„limi) faoliyat yuritadi.