Махсус фан дастури сурдо йуна
tovush kuchaytirish uskunalari
Download 1.58 Mb.
|
10068 1 мактабгача сурдопед
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tovush axborotini kuzatishning induktsiya usuli
tovush kuchaytirish uskunalari
YAkka holatda ishlatiladigan statsionar tovush kuchaytirish uskunalarining tasnifi, umumiy tavsifnomasi hamda ulardan foydalanish qoidalari. Eshitish apparatlari, ularning ahamiyati va tasnifi Umumiy tavsifnomasi va ishlatish qoidalari. Maktab va bog`chalarda mavjud bo`lgan chet el eshitish apparatlari. Tovush axborotini kuzatishning induktsiya usuli Induktsiya shleyfi va eshitish apparatining ahamiyati. Umumiy tavsifnomasi va ishlatish qoidalari. Amaliy mashg`ulotlarni tashkil etish bo`yicha ko`rsatma va tavsiyalar Talabalarga amaliy mashg`ulotlarda o`rganishlari lozim bo`lgan bilim, malaka va ko`nikmalar belgilab berilgan. Har bir amaliy mashg`ulotning belgilab olingan maqsadi, vazifasi, rejasi bilan talabalar odindan tanishtiriladi. Amaliy mashg`ulot yuzasidan topshiriqlar yozma bajariladi. Topshiriqlarni bajarishda foydalanishi uchun adabiyotlar ko`rsatiladi. Muayyan tayyorgarlikka ega bo`lgan talabalar bilan amaliy mashg`ulotlari o`tkaziladi. Har bir bo`lim bo`yicha amaliy mashg`uloti talabalarning hisoboti bilan yakunlanadi. Amaliy mashg`ulotlarning tavsiya etiladigan taxminiy mavzulari: 1. Tonal va nutqiy audiometrlarni hamda o`yin audiometriyasi uskunalarini ishlatish qoidalari. 2. Zamonaviy tovush kuchaytirish apparatlarini ishlatish qoidalarini amaliy jihatdan egallash. 3. Nutqni idrok etish va talaffuz qilish jarayonini ko`rish orqali nazoratini amalga oshirish uchun mo`ljallangan uskunalarni ishlatish qoidalarini amaliy jihatdan egallash. 4. Maxsus maktablarda qabul qilingan programmalashgan texnik vositalarni ishlatish qoidalari bilan amaliyotda tanishish. 5. O`qitishni surdotexnik vositalaridan foydalangan holdagi mashg`ulotlarni kuzatish va tahlil qilish. Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni Oliy maktab pedagogikasining o`ziga xos kategoriyasi mustaqil ta`limdir. Pedagogika oliy o`quv yurtlari talabalari uchun bu juda zarur bo`lib, ular talaba sifatidagina emas, balki kelajakdagi o`qituvchilar, tadqiqotchilar sifatida mustaqil ishlay olishlari, o`quvchilarani bu faoliyatga o`rgatishlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Ana shularga bog`liq ravishda “Surdotexnika” fani bo`yicha talabalar mustaqil ishlarni bajarish jarayonida mavzu yuzasidan yanada kengroq ma`lumotlarga ega bo`lishlari uchun qo`shimcha adabiyotlarni o`rganadilar, taxlil qiladilar. Surdotexnika kursi bo`yicha mustaqil ishlar talabalarning kelajakdagi amaliy faoliyatini samarali bo`lishiga imkon yaratadi. Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari: Eshitish analizatori funktsiyasini tekshirishga mo`ljallangan asboblar. Frontal mashg`ulotlarga mo`ljalangan ovoz kuchaytiruvchi asboblar. Zamonaviy surdotexnik asboblarini qo`llanilishi. Surdotexnik vositalarni qo`llash yordamida mashg`ulotlari. Kar va zaif eshituvchi bolalar maktabining o`quv tarbiya jarayonida har xil turdagi asboblarning qo`llanilishi. Audiometrni qo`llash metodikasini o`ziga xos xususiyatlari. Vibroskop texnik tavsifnomasi, vazifasi va ishlatilishi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling