ASOSIY QISM
Fanning amaliy mashg`ulotlari mazmuni
Psixologik praktikum (amaliy) mashg`ulotlarining mazmuni
Rivojlanishida nuqsoni bor bolalarni psixologik tekshirish Bolalarning shaxsiy hujjatlarni o`rganish, faoliyat mahsulotlarini tahlil qilish, kamchiliklarini aniqlash) .
Rivojlanishida nuqsoni bor bolalarni
psixologik tekshirish metodikalari
Bolalarning psixik jarayonlarini: sezgi, xotira, diqqat, tasavvur, tafakkurlarini tekshirish.
Rivojlanishida nuqsoni bor bolalarni o`rganish dasturi
Bola haqida umumiy ma`lumot. Rivojlanish tarixi, ota-onasi, jismoniy rivojlanishi haqida ma`lumot, bilish faoliyati, bilimlarni egallashning o`ziga xosligi; shaxs sifatida shakllanishni, hulqi haqida ma`lumotlar to`plash va tahlil qilish. Rivojlanishida nuqsoni bor bolalarning psixik rivojlanishini o`rganish; ish turlari: shaxsiy hujjatlarini o`rganish, bolaga psixologo-pedagogik tasnif yozish; kuzatish kundaligi olib borish.
Rivojlanishida nuqsoni bor bolalarga ta`lim-tarbiya berishida o`qituvchi, psixolog, shifokor va tarbiyachilarning o`zaro hamkorligi
Sinf o`qituvchisi, tarbiyachi, logoped, psixolog, maxsus muassasa shifokorining ishlarini kuzatish, suhbatlar o`tkazish, hamkorlikning samarali yo`llarini aniqlash.
Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni
Mustaqil ta`lim oliy o`quv yurtida talabalarni o`quv mashg`ulotlarining asosiy metodlaridan biri bo`lib, u o`quv-tarbiya ishlarining barcha jabhalarini qamrab oladi.
Mustaqillikning asosiy belgilariga ishning maqsadga yo`naltirilgan metodi va usullarini bilish, jadallik va faoliyatga ijodiy yondoshish, o`zini nazorat qila olish qobiliyati, faoliyatni rejalashtirish va tashkil etish kiradi.
Ana shularga bog`liq ravishda “Psixologik praktikum” fani bo`yicha talabalar mustaqil ishlarni bajarish jarayonida mavzu yuzasidan yanada kengroq ma`lumotlarga ega bo`lishlari uchun qo`shimcha adabiyotlarni o`rganadilar, taxlil qiladilar, mashg`ulotlarning ishlanmalarini, referatlar tayyorlaydilar,
“Psixologik praktikum” kursi bo`yicha mustaqil ishlar talabalarning kelajakdagi amaliy faoliyatini samarali bo`lishiga imkon yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |