2.6
“Ona tili va adabiyot” fanidan “Adabiy til me`yorlariga amal qilmaslik
sabablari va oqibatlari ” mavzusi bo’
yicha kеys-stadi.
Nabiyeva M., Tayloq maishiy xizmat kasb-hunar kolleji
I.Pedagogik annotatsiya
O’quv fani : Ona tili.
Mavzu: Adabiy til me`yorlariga amal qilmaslik sabablari
Keysning asosiy maqsadi:
Adabiy til me`yorlariga amal qilmaslik sabablari va oqibatlari hamda bunga
ta’sir etuvchi omillar haqida. Bugungi kundagi dolzarb muammolardan
biri ekanligini
ko`rib chiqish.
O’quv faoliyatidan kutiladigan natijalar:
•
adabiy til me`yorlarini ko`rsatib berish,
•
nutq madaniyatini bilmaslik sabablarini aniqlash;
•
til elementlarini ishlatilishida adabiy til me`yorlariga amal
qilmaslik nutqning
toza bo’lishiga to’sqinlik qilishi;
•
muammoli vazifalarni yechishda nazariy bilimlarini qo’llash;
•
muammoni aniqlab, uni hal qilishda yechim topish.
Ushbu keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun oldindan o’quvchilar
quyidagi bilim va qunikmalarga ega bo’lmoqlari zarur:
O’quvchi bilishi kerak:
Adabiy til me`yorlari nutq madaniyati, oldiga qo`yiladigan
talablar mantiqiylik,
to`g`rilik, notiqlik san`ati, tasirchanlik, jozibadorlik, obrazlilik, nutqning tozaligi,
savodxonlik, orfoepiya, nutqiy mashq.
O’quvchi amalga oshirishi kerak: mavzuni mustaqil o’rganadi; muammoning
mohiyatini
aniqlashtiradi; g’oyalarni ilgari suradi; ma`lumotlarni
tanqidiy nuqtai
nazardan ko’rib chiqib, mustaqil qaror qabul qilishni o’rganadi; o’z nuqtai nazariga
ega bo’lib,
mantiqiy xulosa chiqaradi; o’quv ma`lumotlar bilan mustaqil ishlaydi;
ma`lumotlarni
taqqoslaydi, tahlil qiladi va umumlashtiradi.
O’quvchi ega bo’lmog’i kerak: kommunikativ ko’nikmalarga; taqdimot
ko’nikmalariga; hamkorlikdagi ishlar ko’nikmalariga; muammoli holatlar tahlil
qilish
ko’nikmalariga.
Do'stlaringiz bilan baham: