Majmua pdf
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Yordamchi tarix (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Turk”, “Tangri”
Deshifrovka noma`lum Yozuv bitilgan matnni o’qish demakdir. Buning uchun tatqiq
etilgan yozvuvdagi belgilarni o’sha belgilar bilan yozilgan tildagi so’zlarga o’xshatish, matnlashtirishdir. Noma`lum til yoki noma`lum Yozuvni o’qish uchun qandaydir bir tayanch, asos bo’lishi kerak: chunki yo’qdan bor bo’lmaydi. Agar tayanch bo’lmasa, asos topilmasa, jiddiy natija chiqishini ham kutmaslik kerak. “Deshifrovka” tushunchasi keng ma`noda aytilganda odatda yozma yodorliklar ustida ijtimoiy olib boriladigan uch xil ishni o’z ichiga oladi. Birinchi, variantda tatqiqotchi noma`lum tilda, biroq ma`lum Yozuvda bitilgan xat yoki xujjatni tushunib olishi va o’qishi kerak. Masalan, xett mixxtida yozilgan matn va etrusk tilini yoki bizga yanada tanishroq misol – Portugaliyada lotin alifbosidan foydalanishni olaylik. Agar portugal lug’ati va grammatikasi bo’lmasa, portugalcha matnni qanday qilib o’qish mumkin? Buning uchun tatqiqotchi so’zlarning ma`nosini tushunishi va gramatik formalarini bilishi lozim. Ikkinchi variantda,til aniq ma`lum yoki ma`lum deb xisoblanadiyu, lekin matn noma`lum Yozuv bilan bitilgan, masalan, Kiprning tuginli sistemasida yozilgan Yunon Yozuvi yoki oddiy misol: siz nemischani tushunasiz, biroq faqat lotincha harf (shriftni) o’qiy olasiz va got harflarini bilmaysiz. Bu erda tatqiqotchiga bir xil belgilar sistemasini boshqa xil sistemaga o’tkazishga to’g’ri keladi. Nixoyat uchinchi, oxirgi variant sizga til ham, Yozuv ham noma`lum. Bu tatqiqot eng qiyin biroq eng jozibali xol albatta. Bunda tatqiqotchi bir xil Yozuv sistemasini boshqa sistemaga o’tkazishi va ma`nosini tushunib olishi lozim. Bu vaqtda yordamchi fanlarning imkoni boricha barcha ilmiy vositalarining yordami zarur. SHuning uchun, masalan, Xett mixxatida yozilgan matnni o’qish bilan Misr ierogliflari yoki mixxatni o’qishni bir darajaga qo’yib bo’lmaydi. Noma`lum matnni o’qish, ya`ni deshifrovka qilishning eng barakali vositasi – bilingva dir, ya`ni turli tillarda yozilgan biroq ozmi-ko’pmi bir xil mazmunga ega bo’lgan ikki parallel matndir. Masalan, rus va o’zbek tillarda yozilgan e`lonlar bunga misol bo’la oladi. Agar bilingva bo’lmaganida Misr ierogliflarini ham Bobil mixxatlarini ham o’qib bo’lmas edi. Agar bilingvalar bo’lmasachi, unda nima qilish kerak? Bunda yuqorida ta`kidlaganimizdek tatqiqotchiga qo’l keladigan barcha variantlardan foydalaniladi. Lekin Shunday xolatlar ham bo’ladiki, eng ishonchli bo’lib, ko’ringan bilingva ham Yozuvni o’qishga yordam berolmaydi, masalan: Bunday bir necha yil ilgari Likiya bilingvalari topildi. mil.avv. bir necha asr davomida bu podsholik gullab yashnagan. Bilingvalarning topgan tatqiqotchilarning quvonchi ichiga sig’mas edi. Axir shu paytgacha Likiyakiliklar Yozuvni o’qish imkoni bo’lmagan edida. Biroq olimlar bexuda quvonishgan ekan, topilgan narsalar bilingva emas,balki Likiyaliklar bir necha so’zdan iborat yozib qoldirgan qabrtoshlarlar bo’lib chiqdiki, bu so’zlar lug’at tuzish uchun kamlik qilar edi. 1974 yili Turkiyaning Janubida Frantsuz arxeologlari balandligi bir metrdan sal oshiqroq tosh devorni topishadi. Dvorga ikki tilda emas, balki bir yo’la uch tilda:Likiyaliklar,qadimgi Misrliklar va Oromiy tilida bitilgan Yozuv – tirilingva ni ko’rib olimlarning sevinchi to’lib toshdi. Oromiy Yozuvi qadimgi Yunon Yozuvi kabi yaxshi o’rganilgan edi. U qadimgi Eron imperiyasida davlat tili vazifasini o’tagan. 31 Shunday qilib, tatqiqotchi Yozuvni o’qishga kirishar ekan, avvalo Yozuv sistemasining umumiy xususiyatini aniqlaydi. U oxirgi satrning to’ldirilmay qolgan qismidan, Yozuvning yo’nalishini bilib oladi, so’zlarning bo’laklarga ajralishi ajralmasligini aniqlaydi, bo’laklarga ajratilgan taqdirda bo’laklar qanday belgilar: chiziqcha, nuqta, ikkita nuqta va xokazolar bilan muntazam takrorlanayotganligiga e`tibor beradi. So’ngra belgilar sonini belgilab chiqadi. SHunga qarab, u qanday Yozuv: harfli,bo’g’inli, ideografik yoki aralash Yozuv bilan ish ko’rayotganligini bilib oladi. ? Belgilari soni 30 tadan kam bo’lgan Yozuvning harfli sistema bo’lishidan ko’ra, bir necha yuz belgidan iborat, Yozuvning esa murakkab bo’g’inli sistema bo’lishi aniqroqdir. Tatqiqotchi atoqli otlarni bilingva yordamida (agar bo’lsa) birinchi navbatda topadi. Ular olimni noma`lum Yozuvga olib kiradigan so’qmoq yo’l bo’lib xizmat qiladi,masalan, V.Tomson Urxun Enisey bitigtoshlardagi Yozuvlar ichidan birinchi bo’lib, “Turk”, “Tangri” so’zlarni o’qiydi. Bilingva bo’lmagan xollarda noma`lm tilda yozilgan tekstni o’qib tushunishi uchun quyidagi ikki usuldan foydalaniladi. Birinchi - kombinatsiyaga asoslangan usul,bunda Yozuv o’qilayotgan ( lekin tarjima qilinmagan) , tekstidan kelib chiqayotgan qonuniyatlar asosida tushuntiriladi va sharhlanadi.Turli guruxdagi belgilarning tuzilishi va o’zgarishini, umuman tekstning tuzilishini, jumlaning asosiy bo’laklari qanday o’rin egallganligini kuzata borib, keyin xulosa chiqariladi. Ikkinchsi - etimologik usul. Bu usul o’qitilayotgan tekstdagi so’zlarni taxlil qilingan qardosh tildagi so’zlarga taqqoslashga asoslangan, biroq bu usulni qo’llash uchun mazkur ikki tilning qardoshligini isbotlaydigan jiddiy dalillar zarur. Harf (belgi)lar shaklining o’xshashligi etarli dalil bo’la olmaydi, masalan: ruscha “N” bilan lotincha “N” ning shakli bir xil lekin ular har xil o’qiladi. Yozuvchi har qanday kontekstda o’qish mumkin bo’lgandagina deshifrovkani nixoyasiga etgan deb xisoblash mumkin. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling