Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash
Download 349.25 Kb. Pdf ko'rish
|
Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli Kurs ishi (2)
m’ = ΔM / ΔY;
Bu yerda: ΔM - importga xarajatlarning o`zgarishi; ΔY - daromadlarning o`zgarishi. 10 Yalpi daromadlarning oshishi bilan import ham oshadi. Chunki, bunda iste`molchilar va investorlar ham milliy , xam import mahsulotlarga bo`lgan xarajatlari miqdorini oshiradilar. Ayni paytda mamlakatning eksporti hajmi shu mamlakatdagi yalpi daromadlar (Y) miqdoriga bevosita bog’liq bo`lmaydi, balki tovar olib chiqib ketayotgan mamlakatning yalpi daromadlari o`zgarishiga bog’liq bo`ladi. Shuning uchun ham mamlakatdagi yalpi daromadlar (Y) o`zgarishi bilan sof eksport (Xp) o`rtasidagi bog’liqlik salbiydir va sof eksport funksiyasida minus ishorasi bilan belgilanadi. Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modelini ko`rib chiqish jarayonini soddalashtirish uchun sof eksport miqdori yalpi daromadlar (Y) o`zgarishiga bog’liq emas deb olinadi. Shuning uchun sof eksport to`liqligicha avtonom xarajatlar miqdoriga qo`shiladi, ya`ni avtonom xarajatlar (S + I + G +Xp) yig’indisiga teng deb olinadi. 11 4. «Keyns xochi». Ishlab chiqarish hajmining muvozanat darajasiga erishish mexanizmi. Rejalashtirilgan xarajatlar chizig’i haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar bir- biriga teng bo`lgan (Y=E) chiziqni qaysidir a nuqtada kesib o`tadi. Quyida keltirilgan 14-chizmada tovarlar va xizmatlar bozorida qisqa muddatli muvozanatga erishish mexanizmi tasvirlangan bo`lib, u “Keyns xochi” nomini olgan. Y=E chiziqda haqiqiy investitsiyalar va jamg’armalar tengligi saqlanadi. a nuqtada esa daromadlar rejalashtirilgan xarajatlarga teng bo`ladi. Shuningdek, bu yerda rejalashtirilgan hamda haqiqiy investitsiyalarning o`zaro tengligiga erishiladi. Ya`ni, makroiqtisodiy muvozanat ta`minlanadi. Agarda, ishlab chiqarishning haqiqiy hajmi (Y1) uning muvozanat darajasi(Y0)dan ko`p bo`lsa, iste`molchilar mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar taklif qilganga nisbatan kam sotib oladi (AD bandlik darajalarini pasaytirishiga olib keladi. Bu esa YAIM hajmini Y1 dan Y0 gacha kamayishiga olib keladi va daromad va rejalashtirilgan xarajatlar tenglashadi. O`z navbatida yalpi talab va taklifning tenglashishiga (AD = AS) erishiladi. Aksincha, haqiqiy ishlab chiqarish (Y2) uning muvozanat darajasidan (Y0) kam bo`lgan vaziyatda esa, firmalar iste`molchilar talabiga nisbatan kam ishlab chiqarayotganligini (AD>AS) ko`ramiz. Talabning oshishi esa, firmalar zaxirasining kamayishi hisobiga qondiriladi. Natijada, YAMM asta sekin Y2 dan Y0 ga qarab o`sadi va yana AD=AS tengligiga erishiladi. Bu esa ayni paytda E=Y va I=S ayniyatlarga erishilganligini anglatadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling