15
6. Retsession va inflyatsion uzilish.
Agarda ishlab chiqarishning haqiqiy hajmi (U0) potentsial (U*) hajmidan kam
bo`lsa, jami talab samarasiz hisoblanadi. Ya`ni, AD=AS
tenglikka erishilgan
bo`lsada, yalpi xarajatlar miqdori resurslarining to`liq
bandligi darajasini
ta`minlamaydi. Yalpi talabning yetishmasligi iqtisodiyotga depressiv ta`sir
ko`rsatadi.
E Y=E
B E2 =E1
+ ΔE
E1=C+I+G+Xn
Retsession
uzilish
E
A
Uo Y* Y
15-chizma. Ishlab chiqarishning haqiqiy va potentsial hajmi o`rtasidagi
retsession uzilish.
YAMM (YAIM)ni to`liq bandlilikning noinflyatsion darajasiga qadar o`stirish
uchun jami talab (jami xarajatlar) ko`paytirilishi zarur bo`lgan
miqdor retsession
uzilish deyiladi (15-chizma).
Ishlab chiqarishda to`liq bandlikka erishish va retsession uzilishni yo`qotish
uchun jami talabni rag’batlantirish va muvozanatni «A» nuqtadan «V» nuqtagacha
surish lozim. Bu yerda muvozanatli yalpi daromadning o`sishi ΔU quyidagiga teng
bo`ladi: