9
3. Haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar.
Ishlab chiqarishning kamayishi natijasida mumkin bo`lgan yo`qotishlarning
oldini olish uchun jami talabni tartibga solib turadigan faol davlat siyosati zarur.
Shuning uchun ham Keynsning iqtisodiy nazariyasini ko`p
hollarda jami talab
nazariyasi deb yuritiladi. Jami talab komponentlari,
ayniqsa investitsiyalarning
o`zgarishi makroiqtisodiy beqarorlik sabablaridan biridir.
Haqiqiy investitsiyalar rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan
investitsiyalar
miqdorini o`z ichiga oladi. Rejalashtirilmagan investitsiyalarga tovar – moddiy
zaxiralariga (TMZ) investitsiyalardagi kutilmagan o`zgarishlar kiradi.
Ushbu
rejalashtirilmagan investitsiyalar tenglashtiruvchi mexanizm sifatida jamg’arma va
investitsiyalar miqdorining o`zaro bir-biriga mos kelishiga olib keladi va
makroiqtisodiy muvozanatni ta`minlaydi.
Rejalashtirilgan xarajatlarga uy xo`jaliklari,
firmalar, davlat va tashqi
dunyoning mahsulot va xizmatlarni sotib olishga mo`ljallagan xarajatlari kiradi.
Firmalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni
sotishdagi kutilmagan
o`zgarishlar tovar moddiy zaxirasiga rejalashtirilmagan investitsiyalar qilishga olib
kelsa, haqiqiy xarajatlar rejalashtirilgan xarajatlardan farq qiladi.
Rejalashtirilgan xarajatlar funktsiyasi
:E=S+ I +G+Xp ko`rinishiga ega.
Demak ,uning grafigi iste`mol funksiyasi (S=a+ v (U-T) )
grafigiga nisbatan
I+G+Xp miqdorda yuqoriga surilgan bo`ladi. Keltirilgan Xp -sof eksport bo`lib,
uning funksiyasi esa quyidagi ko`rinishga ega:
Xp = g - m’Y
Bu yerda :g – avtonom sof eksport;
m’ - importga chegaralangan moyillik; Y – daromad.
Importga chegaralangan moyillik import xarajatlaridagi o`zgarish
miqdorini
bunga sabab bo`lgan daromadlardagi o`zgarish miqdoriga bo`lib topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: