Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash
-chizma. Jamg’arish-investitsiya grafigi
Download 349.25 Kb. Pdf ko'rish
|
Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli Kurs ishi (2)
14-chizma. Jamg’arish-investitsiya grafigi.
Agarda, tadbirkorlar uy xo`jaliklarining jamgarmalari miqdorida investitsiya qilishsa, ishlab chiqarish hamda bandlik darajalari doimiy bo`lib qoladi. Klassik iqtisodchilar ta`kidlashlaricha, kapitalizmning o`ziga xos pul bozori mavjud va bu bozor jamg’arma va investitsiyalarning tengligini ta`minlaydi. Bunda tenglashtiruvchi omil rolini foiz stavkasi o`taydi (14-chizma). Shuning uchun ham to`liq bandlik mavjud bo`ladi. Bu iqtisodchilar davlatning iqtisodiyotga aralashuvi qisqa muddatli samara bersada, uzoq muddatga, oxir-oqibat bozor iqtisodiyotining tabiiy harakat mexanizmiga notabiiy aralashilganligi uchun, salbiy oqibatlarga olib keladi deb hisoblashadi. 7 2. Keynsning makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi asoslari. 1936 yili ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns kapitalizm iqtisodiyotiga yangi, ish bilan bandlik nazariyasini kiritadi. U o`zining «Pul, foiz va ish bilan bandlikning umumiy nazariyasi» asarida yangicha iqtisodiy muvozanat nazariyasini izohlab berdi. Keyns makroiqtisodiy muvozanatga to`liq bo`lmagan bandlik sharoitida ham erishish mumkinligini, to`la ish bilan bandlik qonuniy holat emasligini, balki tartibga solinmagan iqtisodiyotda tasodifiy ro`y berishigina mumkinligini isbotlab berdi. Shuningdek, bu nazariyada iqtisodiyotdagi tebranishlar faqat urush, tabiiy ofat va shu kabi vaziyatlargagina bog’lik emasligini, balki u tinchlik yillarida ham ichki omillarning salbiy oqibatlaridan kelib chiqishi mumkinligi asoslagan. Ishsizlik va inflyatsiyaning kelib chiqishi investitsiya va jamg’armalarga bevosita bog’liq. Narxlarning oshishi va ish haqining pasayishi boshqa salbiy omillar bilan birga iqtisodiyotning beqarorligiga olib keladi. Bunday nomutonosibliklar rejalashtirilgan investitsiyalar va jamg’armalarning bir-biriga mos kelmasligi tufayli ro`y beradi.(16-chizma). Bunga sabab birinchidan, jamgarish va investitsiyalash to`grisidagi qarorlarni har xil guruhlardagi odamlar turli maqsadlarda qabul qilishi bo`lsa, ikkinchidan, jamg’aruvchilar va investorlarni jamg’arish va investitsiyalashga turlicha sabablar undaydi. Keynschilar fikricha, jamg’arma va investitsiyalar bitta omilga bog’liq bo`lmagan holda turli sabablar asosida amalga oshiriladi. Masalan, kishilar qiymati o`zining ish haki miqdoridan ortiq bo`lgan mahsulotlarni sotib olish uchun, masalan avtomobil’ yoki televizor xarid qilish uchun jamg’arishadi. Jamg’armalar biror shaxs yoki oilaning kelajakdagi iste`molini qondirish maqsadida, ya`ni, uy xo`jaliklari oila boshlig’ining nafaqaga chiqqandan keyingi hayotini yoki bolalari kelajagini ta`minlash maqsadida amalga oshiriladi. Bundan tashqari jamg’armalar tasodifiy vaziyatlarda foydalanish maqsadida ham amalga oshiriladi. Investorlarni investitsiya qilishga undovchi sabablar esa foiz stavkasi bilan birga kutilayotgan sof foyda normasi hamdir. 8 Klassiklar nazariyasi bo`yicha jamg’arma va investitsiyalar miqdorini aniqlaydigan asosiy omil foiz stavkasi hisoblanadi. Agarda, u oshsa, uy xo`jaliklari kamroq iste`mol qilib, ko`proq jamg’arishga harakat qilishadi. Uy xo`jaliklarida jamg’armalarning ko`payishi kredit narxlarining kamayishiga olib keladi. Bu esa o`z vaqtida investitsiyaning o`sishini ta`minlaydi. Keynschilar fikricha esa, foiz stavkasi emas, balki aholining ixtiyoridagi daromadi iste`mol va jamg’arish dinamikasini belgilab beradi. Keltirilgan nazariy asoslarga tayangan holda Keyns o`zining makroiqtisodiy muvozant modelini ishlab chiqdi. Download 349.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling