Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash


Download 349.25 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana01.03.2023
Hajmi349.25 Kb.
#1238938
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli Kurs ishi (2)

 
 
Mavzuning maqsadi: 
O’zbekiston iqtisodiyotida makroiqtisodiy muvozanatni Keyns nazariyasi asosida 
yanada yaxshilashni nazariy jihatdan asoslab berish hisoblanadi. 
Kurs ishini 
bajarishdan maqsad - kurs ishi ustida ishlash davomida talaba “Mikroiqtisodiyot” 
fanidan 
olgan 
nazariy 
bilimlarini 
mustaqil 
ravishda 
kengaytirish 
va 
chuqurlashtirishga erishadi, maxsus adabiyotlardan olingan, iqtisodiyot, moliya, 
bank, soliq va agrar sohadagi ma’lumotlar, hisobotlari materiallarini hamda ilmiy 
tezis va maqolalarni o‘rganish asosida to‘plangan, shuningdek, internet resurs 
manbalaridan olingan ma’lumotlarni qayta ishlash, umumlashtirish, tahlil qilish va 
muayyan bir tizimga keltirish bo‘yicha dastlabki bilim va ko‘nikmalarni hosil qiladi.
 
 



1. Klassik iqtisodchilarning iqtisodiy muvozanat nazariyasi xususiyatlari. 
Klassik maktab namoyondalari bozorlar va baholarning umumiy muvozanati 
nazariyasini yaratdilar. Ularning umumiy muvozanat kontseptsiyasiga ko`ra 
iqtisodiyotda faqatgina to`liq bandlik sharoitidagi muvozanat mavjud bo`lishi
mumkin. Bunday xulosa J.B.Seyning bozorlar qonuniga tayanadi. Bu qonunga ko`ra 
mexnat taqsimotiga asoslangan iqtisodiyotda har bir sub`ektning ishlab chiqarishi 
bir vaqtning o`zida boshqa sub`ektlarning ishlab chiqarish natijalariga talab 
hisoblanadi. Oxir-oqibat yalpi talab yalpi taklifga teng bo`ladi. Klassik iqtisodchilar 
fikriga ko`ra AD ≠ AS holati ro`y bermaydi, umumiy xarajatlar miqdori yetishmay 
qolgan, ya`ni AD< AS holati ro`y bergan sharoitda ham baho, ish haqi va foiz 
stavkasi kabi dastaklar ishga tushadi va natijada xarajatlar miqdorining kamayishi 
ishlab chiqarishning real hajmi, bandlik va real daromadlar miqdorining 
kamayishiga olib kelmaydi. 
Makroiqtisodiy muvozanatning klassik modeli ishlab chiqarish hajmi 
resurslarning bandligi va ishlab chiqarish texnologiyalarining funksiyasi hisoblanadi 
va egiluvchan baholar mexanizmi tomonidan potensial darajada tutib turiladi degan 
shartlarga tayanadi. Egiluvchan baholar mexanizmi hisobiga bozor iqtisodiyoti 
barcha mavjud resurslarning to`liq bandligini ta`minlab turadi. 
Klassik makroiqtisodiy muvozanat modelining o`ziga xos xususiyati- pulning 
neytralligi prinspini ko`zda tutishidir. Bu model pul massasi real ishlab chiqarishga 
hech qanday ta`sir ko`rsatmaydi degan prinspga asoslanib tuziladi. Klassiklar 
modelida pul bozor agentlariga faqatgina bitimlarga xizmat qilishi, ya`ni oldi-sotti 
jarayonida sof texnik vazifalarni bajarishi uchungina kerak. Bu asosga ko`ra 
klassiklar tomonidan klassik dixotomiya konsepsiyasi shakllantirilgan. Klassik
dixotomiya konseptsiyasida – ikki parallel bozor, real va pul bozori alohida-alohida
amal qiladi, ular o`rtasidagi muvozanat avtomatik barqarorlashtirgichlar orqali 
ta`minlab turadi deb hisoblanadi.
Pul bozori investitsiya va jamg’armalar tengligini hamda to`liq bandlik 
sharoitini ta`minlaydi. Faqatgina, ishsizlikning tabiiy darajasida «ixtiyoriy» ishsizlik 
bo`lishi mumkin, deb hisoblashadi. Bu shuni bildiradiki, AD va AS ning muvozanat 



nuqtasida ishlab chiqarish hajmi (Y) uning potensial hajmiga esa (Y*) teng. 
Iqtisodiyotda yaratilgan daromadlaning bir qismi jamg’arilishi yalpi talabning yalpi 
taklifni qoplashi uchun yetishmasligiga olib kelmaydi, chunki har bir jamg’arilgan 
so`m tadbirkorlar tomonidan investitsiyalanadi, deb ta`kidlashadi. 



I
I, S
I=S

Download 349.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling