Makroiqtisodiyot fanining predmeti va uslubi. Reja makroiqtisodiyotga kirish. Asosiy makroiqtisodiy masalalar


iqtisodiyotini bir butun holda tadqiq qiladi va uni makroiqtisodiy tartibga


Download 299.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana04.02.2023
Hajmi299.5 Kb.
#1159803
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
I MAVZU Maqroiqtisodiyotga kirish

iqtisodiyotini bir butun holda tadqiq qiladi va uni makroiqtisodiy tartibga 
solishning iqtisodiy mexanizmlarini o’rganadi. 
Keltirilgan ta’rifdan ko’rinib turibdiki Makroiqtisodiyot predmetida o’zaro bogik 
kuch jihatni ajratib ko’rsatish mumkin. Bular: 
1. milliy iqtisodiyot; 
2. davlat tomonidan iqtisodiy siyosati yuritish va iqtisodiyotni tartibga solish; 
3. jahon xo’jaligi doirasida milliy iqtisodiyotni boshqa mamlakatlar iqtisodiyoti 
bilan o’zaro munosabatlari masalasi. 1-jadvalda keltirilgan iqtisodiy nazariyaning 
ikki qismida ko’riladigan masalalar ro’yxati Mikroiqtisodiyot va Makroiqtisodiyot 
fanlari predmetlarini yaxshiroq farqlab olishga yordam beradi. Nisbatan mustaqil 


bo’lgan bu ikki fanning iqtisodiy xodisalar va qonuniyatlar to’grisidagi xulosalari
bir birini to’ldirib turadi. 
 
1.1-jadval. 
Iqtisodiy nazariyaning asosiy masalalari va tarkibi

 
Iqtisodiy nazariyaning masalalari 
Iqtisodiy nazariyaning bo’limlari 
Mikroiqtisodiyot 
Iste’molchilar bozordagi talab hajmi va 
tarkibini qanday belgilaydilar? 
Ishlab chiqaruvchilar maxsulot ishlab 
chiqarish hajmi va usullarini qanday 
aniqlashadi? 
Bozor bahosi qanday tashkil topadi? 
Milliy daromad qanday taqsimlanadi? 
Davlat 
ishlab 
chiqarish 
omillarini 
tarmoqlararo 
taqsimlash 
va 
milliy 
daromadni individlararo taqsimlashda 
ishtirok etishi kerakmi? 
Iste’molchi talabi nazariyasi 
Mahsulot ishlab chiqarish va taklif etish 
nazariyasi 
Tarmoq va umumiy
Iqtisodiy muvozanat nazariyasi
Ishlab 
chiqarish 
omillar 
bahosini 
shakllantirish nazariyasi 
Ijtimoiy farovonlik nazariyasi 
Makroiqtisodiyot 
Milliy daromad miqdorini nima belgilab 
beradi? 
Pul nima va uning roli qanday? 
Baholar 
darajasi 
nima 
va 
uning 
dinamikasini qaysi omillar belgilab 
beradi? 
Bandlik darajasini nima belgilab beradi? 
Iqtisodiy kon’yuktura o’zgarishlarinni 
qaysi omillar belgilab beradi? 
Barqaror Iqtisodiy o’sishning shartlari 
qanday? 
Mamlakatning Iqtisodiy kon’yukturasiga 
tashki dunyo qanday ta’sir ko’rsatadi? 
Davlat barqaror Iqtisodiy o’sishga 
erishishni qanday ta’minlashi mumkin?
Statik 
Makroiqtisodiy 
muvozanat 
nazariyasi 
Pul nazariyasi 
Inflyatsiya nazariyasi 
Ish bilan bandlilik nazariyasi. 
Iqtisodiy davrlat nazariyasi 
Iqtisodiy o’sish nazariyasi 
To’lov balansi va valyuta kursi 
nazariyasi 
Davlatning barqarorlashtirish siyosati 
nazariyasi 


Uy xo’jaliklari, firmalar, davlat va tashqi dunyo makroiqtisodiyot subyektlari 
hisoblanadilar.Bu subyektlar orasida davlatning roli bahsli masala hisoblanib 
kelmoqda. Keynschilar bozor tizimi mexanizmlarining iqtisodiyotni barqaror 
o’sishini ta’minlashga doim ham qodir emas va davlatning iqtisodiyotga aralashuvi 
zarur deb hisoblashishsa Iqtisodiy nazariyaning klassik maktabi namoyondalari 
bunday aralashishga qarshi fikrlar bildirishadi. 
Bugungi kunga kelib ko’pchilik mamlakatlarda davlatning iqtisodiyotdagi roli 
sezilarli darajada katta ekanligini hisobga olsak, davlatning iqtisodiy rivojlanish 
strategiyasini belgilash, bozor mexanizmlariga putur etkazmagan holda iqtisodiyotni 
tartibga solishi muhim ekanligiga iqror bo’lamiz. Davlat makroiqtisodiyotning 
boshqa subyektlari hatti-harakatini belgilovchi omillarni hisobga olgan holda, 
barqaror Iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash maqsadida, o’z tasarrufida mavjud 
bo’lgan vositalar orqali ularni yo’naltirib turadi. Bu vositalar esa fiskal (byudjet-
soliq) va monetar (pul-kredit) siyosatdir. Xulosa qilib aytganda Makroiqtisodiyot 
fani alohida mamlakatda iqtisodiy siyosatning va jahon xo’jalik aloqalarini tashkil 
etishning nazariy asosi hisoblanadi. 

Download 299.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling