Makroiqtisodiyot fanining predmeti va uslubi. Reja makroiqtisodiyotga kirish. Asosiy makroiqtisodiy masalalar
Download 299.5 Kb. Pdf ko'rish
|
I MAVZU Maqroiqtisodiyotga kirish
modeli
Bunda: 1. Yer, mehnat, kapital. 9.Iste’mol xarajatlari. 2. Resurslar. 10.Sotishdan tushgan daromad. 3. Tovar va xizmatlar. 11.Resurs xarajatlari. 4. Tovar va xizmatlar. 12.Soliqlar. 5. Resurslar. 13.Soliqlar. 6. Tovar va xizmatlar 14.Xarajatlar. 7. Transfertlar. 15.Xarajatlar. 8. Pul daromadlar (ish haqi, renta, foiz, foyda) 16.Subsidiyalar. Bunday iqtisodiyotda resurslar - tovarlar va xizmatlar, daromadlar- xarajatlarning uzluksiz harakati ham bozor mexanizmlari orqali, ham davlat aralashuvi bilan ta’minlanadi. Bunda hukumat ishlab chikaruvchilar va iste’molchilarning xarakatini bevosita boshqarmaydi, balki resurslar va tovarlar bozorlarida qatnashish orqali ularning iqtisodiy faoliyatiga qulay asarlarida ko'rsatib o'tadi.Davlat korxonalar va uy xo’jaliklarini soliqqa tortish bilan birga korxonalarga subsidiyalar berish, aholiga transfert to’lash orqali ularning ishlab chiqarish imkoniyatlari va xaridga qodir talablariga ta’sir etadi. Ayni paytda davlat resurslar Resurslar bozori Uy xu’jaligi Korxonalar Tovar va xizmatlar bozori Davlat 1 2 3 4 5 6 7 8 10 11 12 13 14 15 16 bozoridan hamda tovarlar va xizmatlar bozorida sotib oluvchi sifatida ishtirok etadi. Davlat o’z ishtiroki bilan firmalarning ishlab chiqarish hajmlari va uy xo’jaliklarining tovarlar va xizmatlar xarid qilish miqdorlari to’grisidagi qarorlari o’zaro mos kelmagan hollarda ro’y beradigan iqtisodiy tebranishlarni tartibga solib turadi.Ochiq iqtisodiyot sharoitida doiraviy oqimlar modeli yanada murakkablashadi. endi unda to’rtinchi Makroiqtisodiy subyekt-tashqi dunyo ham paydo bo’ladi. Chet el investisiyalarinig kiritilishi va xorijga investisiya qilish, eksport va import operasiyalari shu jumladan moliyaviy bozor orqali jamg'armalarning investisiyalarga oqib o’tishi va moliyaviy rivojlanib qayta taqsimlanishini e’tiborga olsak ko’rib o’tilgan model mukammal emasligiga iqror bo’lamiz. Ammo shu ko’rinishda ham bu model Makroiqtisodiy jarayonlarni yaxlit holda tasavvur qilishga imkon beradi. Doiraviy oqimlar modelidan chiqariladigan xulosa shuki, davlat, firmalar, uy xo’jaliklari va tashki dunyoning yalpi xarajatlari yalpi ishlab chiqarish hajmiga teng bo’lishi resurslar, tovarlar va xizmatlar oqimlari(ya’ni real oqim) bilan daromadlar va xarajatlar oqimlari ( ya’ni pul oqimlari) o’zaro teng bo’lishining asosiy shartidir Yalpi xarajatlar hajmining oshishi ishlab chiqarish hajmlari va ish bilan bandlilik darajasining o’sishiga olib keladi. Bu esa o’z navbatida yalpi daromadlarning oshishiga sabab bo’ladi. Kattaroq hajmdagi yalpi daromadlar unga mos hajmdagi yalpi xarajatlarni belgilab beradi. Sabab oqibat bog'lanishlari o’rin almashishi tufayli doiraviy oqimlar modeli doiraviy aylanish ko’rinishini oladi. Iqtisodiyot barqaror rivojlanib borishi uchun yalpi xarajatlar to’xtovsiz o’sib borishi shart. Bu vazifa byudjet-soliq siyosati vositalari bo’lgan soliqlarni hamda davlat xarajatlarini o’zgartirish hamda pul-kredit siyosati vositalari yordamida mul massasini o’zgartirish orqali bajariladi. O`zlashtirish va muxokama uchun savollar 1.Makroiqtisodiy nazariyaning ikki ko’rinishi o’zaro farqlanishiga tushuncha bering 2.Makroiqtisodiyotni tatqiqot usullarini taxlil qiling 3.Asosiy makroiqtisodiy masalalarini tushuntirib bering 4. doiraviy oqimi modeliga ta`rif bering Download 299.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling