Makroiqtisodiyot fanining predmeti va uslubi. Reja makroiqtisodiyotga kirish. Asosiy makroiqtisodiy masalalar


Download 299.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana04.02.2023
Hajmi299.5 Kb.
#1159803
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
I MAVZU Maqroiqtisodiyotga kirish

doiraviy oqimi modeli ko’rinishida tasavvur qilish mumkin. Bu sodda model 
makroiqtisodiy tahlil asosini tashkil etadi. Faqat xususiy mulkka tayangan ( ya’ni 
davlat ishtiroki mavjud bo’lmagan) yopiq Iqtisodiyotda bunday doiraviy oqimi 
firmalar va uy xo’jaliklari o’rtasida amalga oshiriladi (1-chizma). 
Uy xo’jaliklari ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan barcha Iqtisodiy 
resurslarni resurslar bozoriga yetkazib beradilar, korxonalar esa bu resurslarni sotib 
olib turli xil mahsulotlarga, xizmatlarga aylantiradilar, so’ngra esa ularni tayyor 
mahsulotlar va xizmatlar bozoriga yetkazib beradilar. Ayni paytda “resurslar - 
tovarlar va xizmatlar” oqimiga qarama qarshi yo’nalishda “daromadlar - 
xarajatlar”ning ham doiraviy oqimi amalga oshiriladi. Ya’ni, uy xo’jaliklari o’zlari 
yetkazib bergan Iqtisodiy resurslar evaziga daromad oladi h
amda
ularni tovarlar va 
xizmatlar iste’mol qilish uchun sarflaydilar yoki aksincha korxonalar resurslar 
uchun sarf-xarajatlar qiladilar hamda tayyor mahsulotlarni sotish evaziga daromad 
oladilar. 
Resurslar hamda tovarlar va xizmatlar oqimi jami taklifni, daromadlar va xarajatlar 
oqimi jami talabni ko’rsatadi. Davlat ishtiroki mavjud bo’lmagan yopiq 
iqtisodiyotda yalpi talab va yalpi taklifning o’zaro teng bo’lishi firmalarnining yalpi 
sotuvi, yoki yalpi ishlab chiqarishi hajmi uy xo’jaliklarining yalpi daromadlari, yoki 
yalpi daromadlariga teng bo’lishi shaklida namoyon bo’ladi. 
Bu ko’rsatkichlar o’rtasidagi tenglikning buzilishi ishlab chiqarishning pasayishi, 
inflyatsiya va ishsizlik darajalarining ko’tarilib ketishiga sabab bo’ladi. Davlat 
aralashuvi mavjud bo’lgan Iqtisodiyotda bu model ancha murakkab ko’rinish oladi. 


1.1-Rasm. “Resurslar-tovarlar va xizmatlar” hamda “daromadlar – 
xarajatlar”ning davlat aralashuvi mavjud iqtisodiyotdagi doiraviy aylanishi 

Download 299.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling